Bosh sahifa > KUTUBXONA HAQIDA > Kutubxona matbuot xizmati

Kutubxona matbuot xizmati

 
    Homidova Gulchehra Lyutfiddinovna

    Matbuot kotib

   Tel: (998971) 232-83-96
   Mob: (99894) 657-94-27
   E-Mail:  g.homidova@natlib.uz
 
 
 
Vazifalari
1. Ommaviy axborot vositalari uchun Milliy kutubxona faoliyatiga doir materiallarni (press-relizlar, press-paket, byulletenlar, mavzuli daydjest, obzorlar va shu kabilarni) tayyorlash va tarqatish.
2. Amaldagi huquqiy hujjatlarga muvofiq mavzulashtirilgan axborot kampaniyalarini tashkil etish va o‘tkazish.
3. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati va xodimlarining ommaviy axborot vositalari vakillari bilan matbuot konferensiyalari, brifinglari, musohabalari va boshqa uchrashuvlarini tashkil etish va o‘tkazish.
4. Tele- va radioeshittirishlar va elektron ommaviy vositalari reportajlari uchun materiallar tayyorlash.
5. Davriy nashrlar uchun maqola va sharxlar tayyorlash.
6. Kutubxona rahbariyati va tadbir tashkilotchilari bilan intervyular tashkil etish.
7. Ommaviy axborot vositalari jurnalistlari va muhbirlari bilan hamkorlikda ishlash, ularni kerakli ma’lumot bilan ta’minlash.
8. Davriy nashrlarda kutubxona to‘g‘risida chop etilayotgan maqolalarning monitoringini olib borish.
9. Matbuot-kotibiyati vakolati doirasida milliy va xorijiy axborot agentliklariga Milliy kutubxona to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tayyorlashda ularning talab va ehtiyojlarini ko‘rib chiqish.
 
Tarjimai hol
1970 yilda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan.
Millati-o‘zbek.
Ma’lumoti-oliy. 1993 yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan.
1993-2014 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti nemis filologiyasi fakulteti leksika va stilistikasi kafedrasida o‘qituvchi.
2014 yil sentabrdan  Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron buyurtmalarni muvofiqlashtirish va resurslarni masofaga yetkazib berish xizmati 1–toifali mutaxassisi.
Oilali, bir qiz va uch o‘g‘il farzandlari bor.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM