Bosh sahifa > MUTAXASSISLAR UCHUN > Konferensiya va seminarlar

“INFOLIB – 2016” V Milliy axborot- kutubxona haftaligi

INFOLIB – 2016

V Milliy axborot- kutubxona haftaligi

2016 yil  24-28 oktabr

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 yanvardagi 33-f-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi”ga asosan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2016 yil 24-28 oktabr kunlari “INFOLIB – 2016” V Milliy axborot-kutubxona xaftaligini o‘tkazadi.

Haftalik respublikadagi axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini zamonaviy, yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan xolda axborot olishning manbai, shakl va metodlari hamda mavjud uslublar va imkoniyatlar asosida aholining, ayniqsa yoshlarning intellektual, bilim, ma’naviy-ahloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish hamda soha mutaxassislari bilan axborot-kutubxona faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha fikr almashish maydonchasi hisoblanadi.

Haftalik tashkilotchilari - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus ta’lim markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmasi Federatsiyasi kengashi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi.

Milliy axborot-kutubxona haftaligining asosiy maqsadi- axborot madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish hamda respublika milliy madaniy merosini asrash, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish, axborot-kutubxona foydalanuvchilariga internet orqali xizmat ko‘rsatish  imkoniyatlarini kengaytirish, yangi zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish kabi ilmiy bilimlarni ommalashtirish; aholining turli qatlamlariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda kutubxonalarning ijtimoiy-madaniy rolini oshirishdan iboratdir.

Haftalik doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda:

kasbga oid tadbirlar: «Betgerxonlik o‘qishlari-2016: Mustaqillikning 25 yili: mintaqalar rivojlanishi dinamikasi» (mintaqalar bilan videoko‘prik tashkil etiladi), «Eng yaxshi axborot-kutubxona muassasasi mutaxassisi - 2016» (Tanlovning respublika bosqichi), «O‘quvchining axborot madaniyati» - 1-4-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan o‘quv metodik kompleksi taqdimoti (O‘zbekiston Milliy kutubxonasi – O‘zbekistondagi YuNESKO vakolatxonasi – Xalq ta’limi vazirligi), «Axborot-kutubxona resurslarining katalogizatsiyasi dolzarb muammolari» mavzusida axborot-kutubxona mutaxassislari uchun katalogizatsiya bo‘yicha trening, «O‘zbekiston axborot-kutubxona muassasalarining bibliolgrafik faoliyati: rivojlanish istiqbollari» mavzusida o‘quv seminari, «Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida axborot-kutubxona resurslarini saqlash, restavratsiya va konservatsiya qilish, elektron bazasini yaratish» mavzusida o‘quv seminari, «Axborot-kutubxona sohisida marketing» - o‘quv treningi (AQSh elchixonasi) ;

taqdimotlar: Tuyg‘un Nishonboevning «Servisga yo‘naltirilgan arxitektura» nomli kitobi taqdimoti, «Moxov qiz» soqov filmi namoyishi.

ijodiy uchrashuvlar: Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada va Paraolimpiada chempionlari bilan uchrashuv, O‘zbekiston xalq artisti Yo.Sa’diev,  Q.Do‘stmuhamedova,  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G.Melnikova bilan ijodiy uchrashuv, O‘zbekiston xalq shoiri O.Matchon ijodiy kechasi, O‘zbekiston xalq artisti, «Zvezda Vostoka» jurnali tahririyati bilan musiqiy-adabiy kecha;

taqdimotlar: O‘qituvchilar, talabalar va o‘quvchilar uchun ta’limiy dasturlar taqdimoti, jamoat, yoshlar, xalqaro va ijtimoiy tashkilotlar (AQSh, Isroil, Rossiya elchixonalari, Koreya Respublikasi elchixonasi, Fransiya elchixonasi, Britaniya kengashi, Toshkentdagi Gyote instituti) taqdimotlari;

va usta-xunarmandlardan mahorat darslari, shuingdek, shaxmat va tasviriy san’at bo‘yicha mahorat darslari;

kitob-rasmli ko‘rgazmalar: kutubxona o‘qish zallarida yangi adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi, nashriyotlar va kitob savdosi tashkilotlarining mahsulotlari yarmarkasi;

tanlovlar: Toshkent shahar umumta’lim maktablari, kollej va akademik litseylar o‘quvchilari o‘rtasida “Kitob ummoni bo‘ylab sayohat” - kollej o‘quvchilari uchun adabiy savol-javob o‘yini, «Ta’lim sohasidagi huquqingizni bilasizmi?» - kollej va akademik litseylar o‘quvchilari o‘rtasida viktorina, «Yurtim mening rasmlarimda» - bolalar rasmlari tanlovining natijalari, «O‘zbekiston kelajagi mening tasavvurimda» - adabiy tanlov natijalari,  hamda «Mustaqil yutr manzaralari» fototanlovi natijalari

xalq amaliy hunarmandchiligi namunalari ko‘rgazmasi va usta-xunarmandlardan mahorat maktabi;

kutubxona bo‘ylab mavzuli ekskursiyalar.

INFOLIB – 2016 DASTURI

 

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM