Bosh sahifa > KUTUBXONA FAOLIYATI > Kutubxona tarkibiy bo‘linmalari

Huquqshunos-maslahatchisi


  Zokirov
 Muqimjon
  Huquqshunos-maslahatchisi

  Tel: (998971) 232-83-93
  Fax: (998971)
  Toshkent, 100017, ul. Navoiy 1
  E-mail: info@natlib.uz

  huquqshunos-maslahatchisi lavozim yo‘riqnomasi (.pdf 184 Kb)

 

Huquqshunos-maslahatchining asosiy vazifalari:

Milliy kutubxonaning huquqshunos-maslahatchisi Milliy kutubxona va uning tarkibiy xizmatlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashda qatnashadi, Milliy kutubxona va uning tarkibiy xizmatlari xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirishda qatnashadi, Milliy kutubxona va uning tarkibiy bo‘linmalari mulkining saqlanishini huquqiy vositalar orqali ta’minlash ishlarini tashkil qiladi, Milliy kutubxonada shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritishda qatnashadi, sudlarda va boshqa idoralarda Milliy kutubxonaning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qiladi, Milliy kutubxonada va uning tarkibiy xizmatlarida qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish hamda ularning oldini olish yuzasidan takliflar kiritadi, Milliy kutubxonada mehnat haqidagi qonunlarga rioya etilishini ta’minlashda, shu jumladan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoaviy shartnoma, jamoaviy bitimlar va boshqalarni) ishlab chiqishda qatnashadi, ushbu hujjatlar loyihalarini qonunchilikka muvofiqlik yuzasidan tekshiradi va huquqiy xulosa beradi, Milliy kutubxonaning kasaba uyushmasiga o‘z vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam ko‘rsatadi.

Huquqshunos-maslahatchi vazifasining asosiy yo‘nalishlari:

  • Quyidagilar Milliy kutubxonaning huquqshunos-maslahatchisining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:Milliy kutubxona va uning tarkibiy xizmatlari xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida takliflar kiritadi, bunday tadbirlarni o‘tkazishda qatnashadi;
  • Milliy kutubxona xodimlarining murojaatlari bo‘yicha ularga Milliy kutubxona faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishda ko‘maklashadi, zarur hollarda ushbu hujjatlar bo‘yicha tushuntirishlar beradi;
  • mulkning saqlanishini huquqiy vositalar orqali ta’minlash sohasida;
  • mulkni saqlash masalalari bo‘yicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi;
  • direktor ko‘rsatmasiga asosan boshqa tarkibiy xizmatlar bilan birgalikda Milliy kutubxonada mulkning talon-taroj qilinishi, kamomad va noishlab chiqarish xarajatlarining kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi, mulkning talon-taroj qilinishi va kamomad holatlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun rasmiylashtiradi;
  • moddiy boyliklar va pul mablag‘larini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi hujjatlar loyihalari, shuningdek qonun buzilishlari va suiiste’mollar aniqlangan auditorlik tekshiruvlari va xatlovdan o‘tkazish dalolatnomalari bo‘yicha huquqiy xulosalar beradi.

Ish vaqti:

Dushanba-juma: 9.00-18.00

Toshkent shahar, 100017

 

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM