Bosh sahifa > KUTUBXONA FAOLIYATI > Hamkorlik

Halqaro hamkorlik

 

O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Halqaro aloqalarni tashkil etish xizmati 1956 yilda Xorijiy adabiyotlar bo‘limi asosida tashkil etilgan va O‘zbekiston Milliy kutubxonasining xalqaro faoliyatini tashkiliy, texnik va axborot-metodik tarafdan amalga oshirishni ta’minlashga mo‘ljallangan. Xizmatning asosiy vazifalari xorijiy axborot-kutubxona va talim muassassalari, tashkilotlar va nashriyotlar, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar, jamg‘armalar, shuningdek, xorijdagi mansabdor va xususiy shaxslar bilan samarali va o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish  va rivojlantirishdan iborat. Axborot-kutubxona faoliyati, talim va madaniyat sohalarida, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, ko‘rgazmalar o‘tkazishda, shuningdek, kutubxonaning muhim xalqaro loyihalarda ishtirok etishi bo‘yicha ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik dasturlari amalga oshiriladi.

Xalqaro aloqalarning asosiy turi xalqaro kitob almashish bo‘lib, u turli xil yo‘nalishlar bo‘yicha hamkor mamlakatlarning yutuqlari to‘g‘risidagi malumotlarni almashishga yordam beradi. O‘tgan yuz yillikning 50-yillaridan boshlab kutubxona xorijiy mamlakatlarning kutubxonalari va ilmiy muassasalari bilan adabiyotlar almashinuv aloqalarini amalga oshirdi. Kutubxona Yevropa, Osiyo va Amerikaning yirik kutubxonalari bilan aloqalarni muntazam ravishda olib bordi. Va haligacha xalqaro kitob almashish kutubxonaning xorijiy adabiyotlar bo‘limi fondining muhim manbasi hisoblanadi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi AQSh Kongress kutubxonasi, Misr Arab Milliy kutubxona va arxivlar Bosh boshqarmasi, Koreya Milliy kutubxonasi, Yaponiya Milliy Parlament kutubxonasi, Fransiya Milliy kutubxonasi, Chexiya Milliy kutubxonasi, Rossiya Davlat kutubxonasi, Rossiya Milliy kutubxonasi, Rossiya Fanlar Akademiyasi Sibir bo‘limining Davlat ommaviy ilmiy-texnikaviy kutubxonasi, Qozog‘iston Milliy kutubxonasi, Belorussiya Milliy kutubxonasi, Ozarbayjon Milliy kutubxonalari bilan xalqaro kitob almashinuvini olib boradi.

Xorijiy adabiyotlar fondi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tkan diplomatik xizmatlar ham salmoqli yordam ko‘rsatadi. 2012-2017 yillarda Milliy kutubxona AQSh, Koreya Respublikasi elchixonalari, Izrail, Germaniya, Bangladesh, Eron, Pokiston, Vengriya va boshqa Davlat elchixonalaridan madaniyat, ananalar, sanat, adabiyot va turli tillar haqida axborot-kutubxona resurslarini sovg‘a tariqasida muntazam ravishda qabul qilgan.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 13 ta (Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Xitoy, Qirg‘iziston, Misr Arab Respublikasi, Ozarbayjon, Koreya, Turkmaniston, Latviya, Chexiya, Turkiya, Qozog‘iston) xorijiy davlatlarning 19 ta kutubxonalari bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlarni imzolagan.

2012 yil Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va V.I.Vernadskiy nomidagi Ukraina Milliy kutubxonasi shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturi bilan besh yil muddatga hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

2013 yilda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Shanxay kutubxonasi bilan Memorandum imzolandi.

2014 yillarda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Kyonxi Universiteti Markaziy kutubxonasi (Koreya Respublikasi)  o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi. Ushbu Memorandum dorasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Xalq talimi Vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus talim Vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasining Fundamental kutubxonasi va Sog‘liqni saqlash Vazirligiga qarashli bo‘lgan O‘zbekistonlik kutubxona mutaxassislarining bir guruh jamoasiga  Kyonxi Universiteti Markaziy kutubxonasiga malaka oshirish dasturlari uyushtirildi.

2014 yil 22 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Koreya Milliy kutubxonasi va O‘zbekistondagi Koreya elchixonasi bilan birgalikdagi loyiha “Koreyaga nigoh”  o‘quv zali ochildi. Loyihaning asosiy maqsadi-foydalanuvchilarni Koreya ta’limi, tarixi, an’analari, siyosiy islohotlar va yangi o‘zgarishlar bilan tanishtirishdan iborat.

2017 yilda Latviya Milliy kutubxonasi, Chexiya Respublikasi Milliy kutubxonasi, O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi, Turkiya Milliy kutubxonasi, Belorussiya Milliy kutubxonasi hamda Korneliy Kekelidze nomidagi Gruziya Milliy qo‘lyozmalar markazi bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolandi.

2017 yil 18 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Latviya Milliy kutubxonasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi va u 2017-2022 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zaro davlatlar o‘rtasidagi xamkorlikni rivojlantirish va do‘stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

2017 yil 25 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Chexiya Milliy kutubxonasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida, hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkmanistonga Davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 28 mart, №R-4882 sonli farmoyishiga asosan 2011 yilda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Turkmaniston Milliy madaniy markazining Milliy kutubxonasi bilan (hozirda Turkmaniston Davlat madaniy markazining Davlat kutubxonasi) tuzilgan hamkorlik shartnomasining 8-bandiga muvofiq, xujjatning amal qilish muddati avtomatik tarzda keyingi besh yilga uzaytiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 8 aprel,  №P-4896 sonli farmoyishiga ko‘ra qabul qilingan («Yo‘l haritasi»)ga asosan, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Qozog‘iston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari» 2017 yil 12 aprel,  №PQ-2885 sonli qaroriga asosan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Rossiya Davlat kutubxonasi bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 aprel №1766-xdfu sonli buyrug‘i hamda, Vazirlar Mahkamasi Prezidiumining 2017 yil 6 may №42-a sonli «O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi 2017 yil uchun ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha rejalar Dasturini («Reja haritasi») amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi bayoniga asosan Milliy kutubxona va Toshkentdagi AQSh elchixonasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Memorandum loyihasi ishlab chiqildi.

2017 yilning 22 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Toshkentdagi AQSh elchixonasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum loyihasini imzolash tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

2018 yilning 25 yanvar kuni shu Memorandum doirasida ishlab chiqilgan «Amerikaga nigoh» o‘quv zalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. «Amerikaga nigoh» o‘quv zalida eng qimmatli va foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p so‘raladigan nashrlar, jumladan, ensiklopediyalar, lug‘atlar, badiiy adabiyot, o‘quv qo‘llanmalar (TOEFL, IELTS, GRE, GMAT, SAT, LSAT, MCAT, ACT) nashrlari va elektoron kitoblardan ochiq foydalanishni tashkil etadi.

Ushbu loyiha doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi bilan birgalikda  har oyda ingliz tilida Amerikaga oid taqdimotlar, seminarlar va so‘zlashuv klublari o‘tkaziladi.

2017 yilning 18 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Belorussiya Milliy kutubxonasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida, hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 10 oktyabr kuni,  №PP-3363 sonli farmoyishiga ko‘ra qabul qilingan («Yo‘l haritasi»)ga asosan, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Turkiya Milliy kutubxonasi bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum ishlab chiqildi. Prezident Sh. Mirziyoevning Turkiya Respublikasiga Davlat tashrifi davomida 2017 yilning 25 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Turkiya Milliy kutubxonasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 sentyabr 5651-xdfu sonli buyrug‘i hamda, Vazirlar Mahkamasi Prezidiumining 2017 yil 9 oktyabr 98-sonli «2017 yil 20 sentyabr kuni Nyu-York shaxrida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Gruziya Bosh vaziri B.Kvirikashvili bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirishni ta’minlash chora tadbirlari to‘g‘risida»gi  bayoniga asosan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Korneliy Kekelidze nomidagi Gruziya Milliy qo‘lyozmalar markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum loyihasi ishlab chiqildi hamda 14 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati, shuningdek, YuNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, BMT taraqqiyot loyihasi, YuNISEF, Toshkentdagi Gyote instituti va ko‘plab boshqa tashkilotlar bilan birgalikda hamkorlik olib boradi. 2012-2017 yillardagi “INFOLIB” Milliy axborot-kutubxona xaftaligi doirasida  Britaniya Kengashi, AQSh, Koreya, Izroil, Ozarbayjon, Germaniya, Yaponiya va boshqa Respublikalar elchixonalari bilan birgalikda talimga doir tadbirlar o‘tkazilib kelinadi.

 

 

 

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM