Bosh sahifa > MUTAXASSISLAR UCHUN > Uslubiy faoliyat

Mutaxassislikka oid kasbiy jurnallar to‘g‘risida ma’lumot

Mutaxassislikka oid davriy nashrlar axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislariga zamonaviy bilimlarni olishga, boshqa kutubxonalar tajribasini o‘rganishga, foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmat ko‘rsatishdagi yangiliklar va kutubxonalarda joriy qilingan innovatsion loyihalar bilan tanishishga yordam berishi mumkin. Jurnallarda axborot-kutubxona ishiga doir ko‘pgina dolzarb masalalar va muammolar bo‘yicha munozaralar bilan tanishishingiz mumkin.

 

INFOLIB - axborot-kutubxona xabarnomasi [Matn] : Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining madaniy-ma’rifiy, ilmiy-ommabop jurnali. - Toshkent : Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti.
2014 yili tashkil qilingan. Har chorakda chiqadi.

Nashrning vazifalari quyidagilarni yoritishdan iborat:
qonunchilik, tartibga solish va uslubiy bazani takomillashtirish asosida O‘zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona siyosati rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari;
O‘zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona muassasalarini jadal rivojlantirishga qaratilgan standartlarning bir butun tizimini ishlab chiqish, tadqiq qilish va ularni jahon axborot makoniga teng huquqli qiritish; 
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatining birinchi darajadagi ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarini ilmiy va metodik ta’minlash;
O‘zbekiston kutubxonalari yig‘ma elektron katalogini tuzishda baza sifatida bibliografik yozuvlarning milliy formatini joriy qilish; kutubxona-bibliografik jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish; korporativ kutubxona-axborot tarmoqlarini shakllantirish; axborot-kutubxona amaliyotida Internet-texnologiyalardan foydalanish; elektron kutubxonalarning milliy tizimini yaratish asosida axborot-kutubxona muassasalarini axborotlashtirish;
hujjatlar oqimi monitoringi uchun baza sifatida milliy axborot tizimni ishlab chiqish va joriy qilish va bu asosda axborot-kutubxona fondlarini komplektlashning samarali tizimini ishlab chiqish va xalqaro kitob almashinuvini jonlantirish;  
axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar va kitob savdosi tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
axborot-kutubxona muassasalarini avtomatlashtirishning dasturiy ta’minoti tahlili; 
axborot-kutubxona ta’limi va kadrlarni qayta tayyorlashni takomillashtirish, axborotlashgan jamiyat sharoitida axborot-kutubxona kasbining rivojlanishi; 
chet el kutubxonalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlarining tahlili; 
Jurnal o‘zining tasarrufida axborot-kutubxona muassasalari bo‘lgan turli vazirlik va idoralarning axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari uchun, axborot-kutubxona fan sohalari o‘qituvchilari, olimlari, “Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” mutaxassisligi yo‘nalishi talabalari, axborot-kutubxona muassasalari foydalanuvchilari, fuqarolik jamiyati vakillariga mo‘ljallangan.  

 

Kutubxona.uz [Matn] : axborot-kutubxona va o‘zaro bog‘liq soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan choraklik ilmiy-amaliy jurnal.

2009 yili tashkil qilingan. Har chorakda chiqadi.

«Kutubxona.uz» ilmiy-ommabop jurnali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi PQ-381 qarori va O‘zbekiston Aloqa va axborot qo‘mitasining 2008 yil 31 dekabrdagi № 367 qaroriga muvofiq nazarda tutilgan.  

Ushbu jurnalning maqsadi - respublika axborot sohasini AKTni qo‘llash bilan takomillashtirish va modernizatsiyalashda mutaxassislar uchun yangi kasbiy bilimlarni va jahon tajribasini ommalashtirish.

 

 

 

 

 

 

Вестник Библиотечной Ассамблеи Евразии [Matn] : ilmiy-amaliy jurnal. - Moskva.

1993 yilda tashkil qilingan. - Dastlabki nomi - «Informatsionniy byulleten Bibliotechnoy Assamblei Yevrazii» (1993 yildan 2000 yilgacha). - 2000 yildan 2001 yilgacha «Vestnik BAE» nomi bilan ilmiy-amaliy jurnal sifatida chop etilgan.

Har chorakda chiqadi.

Jurnalda globallashtirish muammolari bo‘yicha YUNESKO, IFLAning hujjatlari e’lon qilinadi. MDH mamlakatlari kutubxona jarayonlarini aks ettiradi, madaniyatlararo va kutubxonalararo aloqalarni ochib beradi, kutubxonalarni axborotlashtirish jarayonlarini yoritadi, yangi axborot texnologiyalarini, o‘zgarib borayotgan ijtimoiy-madaniy va axborot makoni sharoitida kutubxonalar ishi ommalashishini yoritadi.

 

 

 

  

Библиография  и книговедение [Matn] : bibliografiyashunoslik va kitobshunoslik bo‘yicha ilmiy jurnal. - Moskva : Buk Chember Interneshnl.
1929 yilda «Bibliografiya» nomi bilan tashkil qilingan, 1930 yilda nomi «Bibliotekovedenie i bibliografiya», 1933 yildan - «Sovetskaya bibliografiya”, 1992 yildan - «Bibliografiya», 2015 yildan «Bibliografiya i knigovedenie» ilmiy jurnali deb qayta nomlangan.
Bibliografiyashunoslik va kitobshunoslik bo‘yicha ilmiy jurnal.
Jurnal rejalashtirilayotgan va ishlab chiqilgan standartlar, me’yorlar va bibliografik tavsif qoidalari, nashriyotchilik atamashunosligi, nashrlar statistikasi va chiqish ma’lumotlari, xalqaro standart nomerlari va nashrlarning tizimlarini rasmiylashtirish to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Shuning bilan birga yangi qabul qilingan me’yoriy hujjatlarning matnlari (odatda foydalanuvchilarga unchalik tushunarli bo‘lmagan) aksariyat qismi Rossiya Kitob Palatasida mehnat qiladigan mutaxassislarning to‘liq sharhlari va tushuntirishlari bilan beriladi.

 

 

 

 

 

Библиосфера [Matn] : kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik, kitobshunoslik va informatika bo‘yicha choraklik ilmiy jurnal. - Adabiyotlarning ro‘yxati va maqolalarga referatlar beriladi.

2004 yilda tashkil qilingan. - Bir yilda 4 marta chiqadi.

Kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik, kitobshunoslik va kutubxona informatikasi muammolari bo‘yicha ilmiy jurnal.

Jurnalda OAK tavsiyasi bilan diplom loyihalarining ilmiy natijalari nashr qilinishi mumkin. 

 

 

 

 

 


 

Библиотека [Matn] : hamma turdagi kutubxonalar uchun mo‘ljallangan ommabop kasbiy jurnal. - Moskva : Libereya.

1910 yilda tashkil etilgan. - 1923 yildan 1946 yilgacha nomi «Krasniy bibliotekar». - 1946 yildan nomi «Bibliotekar». - 1992 yildan «Biblioteka».

Bir yilda 12 marta chiqadi.

 Ommaviy kasbga oid, bezakli jurnal. Nashrda turli turdagi kutubxonalar ishlarining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘qish sotsiologiyasi muammolari, fondni o‘rganish, kutubxona xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish, kutubxona o‘lkashunosligi, kutubxonachilik ishi tarixi va nazariyasi bo‘yicha ma’lumotlar chop etiladi.

 

 

 

 

 

Библиотека и закон : jurnal-ma’lumotnoma. Hujjatlar, sharhlar, konsultatsiyalar. - Moskva : Libereya-Bibinform.
1996 yili tashkil qilingan. Bir yilda 2 marta chiqadi.
 «Biblioteka» jurnaliga ilova hisoblanadi.

Jurnalda bevosita kutubxonachilik sohasiga tegishli qonunchilik va qonunosti hujjatlar e’lon qilinadi. Iqtisodiyot bo‘limi kutubxonachilar xo‘jalik muammolarini yechish jarayonida foydalaniladigan huquqiy hujjatlardan iborat.
Maxsus bo‘lim mehnat munosabatlarini amalga oshirish tartibini aniq belgilovchi me’yoriy hujjatlardan tashkil topgan. Kitobxonlar xatlariga javoblarda malakaviy yuridik maslahatlar beriladi. «Ilovalar» bo‘limi yo‘riqnomalar va ustav xarakteridagi hujjatlar bilan tanishtiradi. Kutubxonalar shu asosda o‘zlarining funksiyalarini amalga oshiradigan DSt (GOST)lar berilgan. Bo‘lim tavsiya vazifalarini bajaradi.

 

 

 

 

 

Библиотековедение [Matn] : ilmiy-amaliy jurnal. - Moskva : Pashkov dom.

1952 yilda tashkil qilingan.  - 1952 yildan 1966 yilgacha Biblioteki SSSR. Opit raboti». - 1967 yildan 1972 yilgacha nomi “Biblioteki SSSR”. - 1973 yildan 1992 yilgacha nomi “Sov. bibliotekovedenie”. - Ilova: «Bibl. delo - XXI v.» ilmiy-amaliy to‘plami. - Ilova: “Novosti”. - Bir yilda 6 marta chiqadi.

Axborot madaniyati makonidagi kutubxonachilik va kitob ishi to‘g‘risida ilmiy-amaliy jurnal. Jurnal ilm-fan, ta’lim, axborot sohasida muhim ijtimoiy institutlar sifatida kutubxonalar faoliyatining keng doiradagi muommolariga bag‘ishlangan. Ijtimoiy-madaniy sohada kutubxonachilik ishi masalalari ko‘rib chiqiladi.  

 

 

 


Библиотечное дело [Matn] : mutaxassislar uchun jurnal. - Sankt-Peterburg : Agentstvo Inform-Planeta.

2003 yilda tashkil qilingan. Bir yilda 24 marta chiqadi.  

Barcha turdagi kutubxona, arxiv, axborot markazlari xodimlari, o‘qituvchilar, ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari talabalari va aspirantlari, muzey va kutubxona kollektorlari uchun ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy jurnal.

Jurnalning asosiy mazmuni: innovatsiyalar, axborot texnologiyalari, kutubxona fondlari, intellektual mulk, fondlarni komplektlash muammolari, bibliografiya, kitob noshirchiligi, kutubxonalarning jihozlari va zamonaviy dizayni, kutubxonachilik ishi tarixi va amaliyoti.

 

 

 

 

 

Мир библиографии [Matn] : ilmiy-amaliy va madaniy-ma’rifiy jurnal. - Moskva : Libereya- Bibinform.

1998 yildan «Biblioteka» jurnaliga ilova sifatida mustaqil chiqa boshlagan. - Bir yilda 6 marta chiqadi.

«Mir bibliografii» jurnali 1998 yili tashkil qilingan ilmiy-amaliy va madaniy-ma’rifiy jurnal hisoblanadi. Ilmiy jurnal sifatida bibliografiyaning jiddiy nazariy masalalarini yoritadi, yangi standartlar, me’yoriy metodik hujjatlar haqida ma’lumotlar beriladi.

Bibliograflar va kutubxonachilar uchun “Hududiy tajriba”, “Faktografik ma’lumot” bo‘limlari amaliy yordam ko‘rsatadilar. “Informo” bo‘limida amaliy ma’lumotlar: o‘yinlar, tanlovlar va axborot ma’lumotlari: kutubxonachilik hayoti yangiliklari beriladi.

«Studium bibliographikum» bo‘limi turli mavzular bo‘yicha qiziqarli bibliografik ro‘yxatlarni taqdim qiladi. Chiqayotgan yangi bibliografik ko‘rsatkichlar bilan “Retsenziya” bo‘limi tanishtiradi. Jurnal madaniy-ma’rifiy yo‘nalishlarni ham yoritadi. Bibliografiyaga o‘zaro bog‘liq va yaqin sohalar: arxivshunoslik, hujjatshunoslik, kitob va nashriyotchilik ishi, arxeografiya va fanshunoslik bo‘yicha maqolalar chop etiladi.

 


Научные и технические библиотеки [Matn] : axborot-kutubxona va o‘zaro bog‘langan sohalar mutaxassislari uchun oylik ilmiy-amaliy jurnal. - Moskva : GPNTB.

1961 yilda tashkil qilingan. - 1961 yildan 1968 yilgacha nomi «Texnicheskie biblioteki SSSR. Opit raboti». - 1969 yildan 1991 yilgacha nomi «Nauchnie i texnicheskie biblioteki SSSR». - 1992 yildan nomi «Nauchnie i texnicheskie biblioteki».

Bir yilda 12 marta chiqadi.

Jurnal kutubxonachilik ishi va amaliyoti masalalari bo‘yicha ilmiy-amaliy nashr hisoblanadi.

Jurnal sahifalarida Rossiya va chet el kutubxonalarining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha katta ko‘lamdagi ma’lumotlar e’lon qilinadi.

Axborot jamiyati va kutubxonachilik kasbi shakllanishi; kutubxonachilik ishi, tarixi, kutubxonachilik ishini tashkil qilish va iqtisodiyoti sohasida davlat siyosati, kutubxonachilik va ma’lumot-axborot xizmat ko‘rsatish, kutubxona fondlarini shakllantirish, tashkil qilish va saqlash, kutubxona kataloglari va axborot-qidiruv tizimlarini tashkil qilish, kutubxonalarda yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish  muammolari yoritiladi.

 

 

Независимый библиотечный адвокат [Matn] : kutubxonalar uchun yuridik jurnal. - Moskva : Libereya-Bibinform.

1999 yilda tashkil qilingan. - Bir yilda 6 marta chiqadi.

Barcha tizim va idoralar kutubxonalari uchun maxsus yuridik jurnal.

Madaniyat sohasiga tegishli qonun loyihalari; huquqiy masalalar bo‘yicha yangi kitoblarga retsenziyalar; qonunchilik ishlariga sharhlar; kitobxonlar xatlariga javoblar; huquq bo‘yicha yangi kitoblar ro‘yxatlari e’lon qilinadi.

Jurnal kutubxona sohasiga tegishli qonunchilikdagi barcha o‘zgarishlar; huquqning o‘zaro bog‘langan sohalari ishlarining vaziyati: huquqiy murakkab ishlarni bartaraf qilishda kutubxonalarning amaliy tajribasi haqida xabardor qiladi.  

 

 

 


 

Национальная библиотека [Matn] : kitob madaniyati va milliy matbuot mahsulotlari muammolariga bag‘ishlangan sohaviy kasbiy bezakli jurnal. Sankt-Peterburg: Rossiya milliy kutubxonasi nashriyoti.
2014 yilda tashkil qilingan. Bir yilda 3 marta chiqadi.
Jurnal barcha kitob birlashmalari, kutubxonashunoslik va nashriyotchilik ishi sohasi mutaxassislaridan tortib, kitob san’ati, nashr grafikasi va dizayni, mediamakon va axborot texnologiyalari, boshqa turdosh sohalar, shuningdek kitob ishi, fan, adabiyot, san’at sohasida xizmat qiluvchi tashkilot va uyushmalar faollariga mo‘ljallangan.
Jurnalning kitob va kutubxonachilik mavzulariga to‘xtaladigan boshqa nashrlardan farqi, kitob va matbuot dunyosini barcha tashkil qiladigan jihatlarining o‘zaro bir-biri bilan bog‘liqligini ko‘rsatib beradi.

 

 

 

 

 

Школьная библиотека [Matn]: bolalar va o‘smirlar uchun kutubxona xizmat ko‘rsatishni tashkil etadigan mutaxassislar uchun axborot-metodik jurnal. Moskva: Rossiya maktab kutubxonachilik assotsiatsiyasi.
Muassis RF ta’lim va madaniyat vazirligi. Rossiya maktab kutubxonachilik assotsiatsiyasining nashri.
2000 yilda tashkil qilingan. Bir yilda 10 marta chiqadi.
Jurnalning maqsadi maktab kutubxonalarini rivojlantirish, metodistlar faoliyati muammolarini yoritish, ish tajribalarini jamlash, mutaxassislarga axborot va metodik yordam berishdan iborat.
Jurnal ikkita katta bo‘limdan iborat: 1) maktab kutubxonachilari va metodistlari ishiga yordam uchun materiallar; 2) “RF Xalq ta’limi vazirligi tavsiya qilgan o‘quv nashrlari ro‘yxati va bibliografik ro‘yxatlar”ga kiruvchi nashrlarning xarakteristikalarini o‘z ichiga olgan axborot qismi.
Jurnalning asosiy rubrikalari: “Konferensiyalar, yig‘ilishlar, seminarlar”, “Kutubxonachining ijtimoiy himoyasi”, “O‘zimizning malakamizni oshiramiz”, “O‘qish madaniyati”, “Xorij hamkasblarnikida mehmonda”, “Ssenariylar”, “Festivallar, konkurslar”, “Shaxs axborot madaniyati”, “Tajriba manzili”, “Ko‘ngil uchun apteka”, “Au, partner” va boshq. “Maktab raqamli kutubxonasi”, “Federal davlat standartini amalga oshirish sharoitlarida maktabning axborot-kutubxona markazi”, “Axborot xavfsizligi va bizning bolalarimiz” yangi qo‘shilgan rubrikalardan hisoblanadi.

 

Школьная библиотека: сегодня и завтра [Matn] : maktab kutubxonachilari, metodistlari, bolalar kutubxonalari mutaxassislari uchun axborot-metodik jurnal. Moskva: BiblioMir.
2013 yilda tashkil qilingan. Bir yilda 12 marta chiqadi.
Jurnalda amaliy-yo‘naltirilgan materiallar: kutubxona ishini tashkil qilish: darsliklar, hisobga olish shakli, belgilangan me’yorlar, fond bilan ishlash, mualliflik huquqi, tanlovlar va tarmoq loyihalari axborot ko‘magi, Federal davlat ta’lim standartlari sharoitlarida o‘qish texnologiyalari va strategiyalari, kutubxonalar uchun g‘oyalar, kutubxonachi va pedagoglarning hamkorligi, maktab kutubxonachilari uchun internet-servislar, hududlarning innovatsion amaliyoti va loyihalari yoritiladi.
Jurnalning rubrikalari: “Kun tartibi”, “Dolzarb hujjatlar”, “Rivojlanish vektori”, “Bibliomir: yangilik daydjesti”, “Kutubxona makoni: uyg‘unlikni izlab” (maktab kutubxonalarining dizayni haqida), “Barcha uchun ta’lim”, “Ravnaq uchun hamkorlik (Rossiya bolalar kutubxonalari loyihalari)”, “Maxsus loyiha”, “Prezident kutubxonasi maktab uchun”, “Hududiy kompas: xaritadagi nuqta”, “Tirik kutubxona”, “Kitob senga”, “Zamonaviy maktab kutubxonachisining IT-maktabi”, “Bloglar birlashmalari”, “Ularda qanaqa: xorij tajribasi”, “Kutubxonachi portreti”, “Pedagog-kutubxonachi”, “Bolalik hududi”, “Maktab va kutubxonada bayram”.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM