Bosh sahifa > KUTUBXONA FAOLIYATI > Kutubxona tarkibiy bo‘linmalari

Devonxona



 Maxmutxanova Dilfuza Qaynarovna
 Tel: (998971) 232-83-90
 Fax: (998971) 239-16-58
 Toshkent, 100017, Navoiy ko'chasi, 1 
 E-mail: info@natlib.uz

 Devonxona nizomi (.pdf 1,63 MB)

 

 


Devonxonaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Kutubxona devonxonasida o‘rnatilgan tartibda ish yuritishni ta’minlash, kutubxonaga kelayotgan hujjatlar ijrosini nazorat qilish;
- O‘zbekiston Respublikasi qonunlari asosida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil qilish, kutubxonada fuqarolar qabulini o‘rnatilgan tartibda tashkil etish;
- o‘rnatilgan tartibda arxiv ishini yuritish, hujjatlar saqlanishini tashkil etish va nusxa olishni ta’minlash.
    Quyidagilar devonxonaning asosiy funksiyalari xisoblanadi:
- ish yuritish, hujjatlarni elektron hujjat almashinuvi (e-ijro) orqali xodimlarga yetkazish;
- kutubxonaga kelib tushayotgan xat, ariza, shikoyatlar va og‘zaki murojaatlarni ro‘yxatga olish va ularni qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
- rahbariyat qabuliga fuqarolar yozuvini tashkil etish, fuqarolarni qabul qilish jadvalini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish;
- rahbariyat tomonidan belgilangan muddatlarda hujjatlarning bajarilishini nazorat kilish;
- yilning har choragida ijro intizomi to‘g‘risidagi ma’lumotni rahbariyatga muntazam ravishda taqdim etish;
kutubxona direktori qabulxonasi ishini tashkil etish va direktorning topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
- nazoratdagi hamda belgilangan muddatlardagi xat va hujjatlarni xizmat rahbarlari orqali nazoratga olish.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM