Bosh sahifa > KUTUBXONA FAOLIYATI > Kutubxona tarkibiy bo‘linmalari

Nashriyoti-matbaa xizmati


  Musaev Farux Fatxovich

  Nashriyoti-matbaa xizmati rahbari
  Tel: (998971) 232-83-94
  Fax: (998971) 239-16-58
  Toshkent, 100017, Navoiy ko'chasi, 1
  E-mail: info@natlib.uz

  Nashriyoti-matbaa xizmati nizomi (.pdf 172 KB)

 

 


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bo‘limlaridan bo‘lgan Nashriyoti matbaa xizmatining asosiy faoliyati, barcha xizmatlarga tegishli bo‘lgan matbaa mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun faoliyat olib boradi. Nashriyot xizmati belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2009 yil 14 avgustdagi №159 sonli LITsENZIYasiga asosan kutubxonachilikka oid o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, uslubiy bibliografik qo‘llanmalar, texnikaviy, badiiy, ma’naviy ma’rifiy adabiyotlar, bolalar uchun badiiy adabiyotlarni nashr etish bilan shug‘illanishga ruxsat etilgan va o‘tgan yillar mobaynida yuqoridagi faoliyat turlaridan foydalanib 519 xildagi kitoblar nashrlarga tayyorlangan.
 
Shu bilan bir qatorda matbachilik faoliyatiga ham keng o‘rin berilgan, ya’ni O‘zekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2014 yil 29 iyulda №10-1289 raqamli reestr bilan matn terish, original maket tayyorlash, matbaa dizayni, broshyura, buklet, katalog, flayer, bloknot, kalendar, kantselariya va blank mahsulotlari hamda muqovalash ishlarini amalga oshirish ro‘yxatga olingan. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asosan Milliy kutubxonaning kitob va davriy nashrlar saqlash bo‘limida saqlanayotgan gazeta va jurnallar to‘plamlarini qattiq muqovalanib kitobxonlarni foydalanishlari uchun arxivga qayta topshiriladi.
 
Undan tashqari kitobxonlar tomonidan foydalanib, yaroqsiz holga kelgan kitob nashrlarini qaytadan ta’mirlash ishlari amalga oshirilib foydalanuvchilarga etkaziladi. Milliy kutubxonaga tashrif buyuruvchi mexmonlarga sovg‘a sifatida, kutubxonadagi xizmatlarni faoliyatini aks etiruvchi tarqatma materiallar, bukletlar, flayr tayyorlanib mehmonlarga taqdim etiladi. Barcha texnologik operatsiyalarni sifatli bajarishda matbaa bo‘limiga xorijdan keltirilgan 20 dan ortiq texnik jixozlar o‘rnatilgan bo‘lib ularga Yaponiya, Italiya, Germaniya, Xitoy, Ukrainada ishlab chiqarilgan texnikalardan tashkil topgan.
 
Quydagi texnologik jixozlarga ofset usulida A3+ formatli 4 rangli Ryobi 524 bosma mashinasi, broshyura va jurnallarni yig‘ish, buklash, tikish ishlariga mo‘ljallangan Horizont, qattiq muqovali kitoblarni karton bilan muqovalaydigan Zechini,  qog‘oz mahsulotlarini qirquvchi Perfekta 76, bloklarni ip bilan tikadigan Purlux avtomatik mashinalar mutaxassislar tomonidan mohirlik bilan boshqarilmoqda.  
 
Milliy kutubxonani ichki matbaa mahsulotlarini chop etish bilan kifoyalanmasdan, buyudjetdan tashqari xisob raqamiga belgilangan tartibda shartomaga asosan noshirlik xizmatlari hamda matbaa mahsulotlarini buyurtmachilarga etkazib berishda ham faoliyat olib borilmoqda.  Kelgusida kitobxonlarimizning talab va istaklarini kengroq doirada o‘rganib, ularga ko‘rsatadigan xizmat turlarini kengaytirish nashriyot matbaa xizmatining asosiy vazifalaridan biri xisoblanadi.  

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM