Bosh sahifa > INTERAKTIV XIZMATLAR > Nashrlarga elektron buyurtma berish

“IBS” Axborot-kutubxona tizimi orqali bosma nashrlarni izlash va ularga buyurtma berish

Nashrlarni izlash va ularga buyurtma berishuchun avtorizatsiya jarayonini amalga oshirish kerak (ibs.natlib.uz)

Kirgach, foydalanuvchi o‘ziga kerakli ma’lumotni qidirish jarayonini boshlashi mumkin

Qidiruv ikki usulda amalga oshiriladi:

-  Barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha

-  Kengaytirilgan qidiruv

 Barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha qidiruv quyidagicha amalga oshiriladi:

Topilgan nashrga buyurtma berish uchun uning ustida tugmani bosish kerak. Undan so‘ng tizim sizni nashr to‘g‘risidagi ma’lumot bilan tanishtiradi. Siz nashrning bosma yoki elektron variantiga buyurtma berishingiz mumkin.

Buyurtmalar savatiga buyurtma uchun kerakli ma’lumotlarni yig‘ib bo‘lgach savatcha belgisi ustida tugmachani bosing  va siz keyingi sahifaga o‘tasiz. 
Agar siz kutubxona binosida bo‘la turib tizimda kerakli nashrni topa olmagan

bo‘lsangiz, maslahatchilarga murojaat eting. Ular sizga kerakli kartoteka orqali topib beradilar, shundan so‘ng siz u haqidagi ma’lumotlarni “Offlayn-buyurtma” shaklida qo‘ldan to‘ldirib berishingiz kerak.

Buyurtma savatchaga tushgach u yuqorida tasvirlangan jarayon bo‘yicha amalga oshiriladi.
Agar siz masofadan turib buyurtma bermoqchi bo‘lsangiz, lekin kerakli nashrni tizimdan topa olmasangiz “aloqa” belgisi yordamida buyurtma berishingiz mumkin.

Foydalanuvchi buyurtmasi 20 daqiqa davomida amalga oshiriladi.
Bajarilgan buyurtma haqida shaxsiy kabinet yoki kitob berish kafedrasi mutaxassisidan bilib olsangiz bo‘ladi. Foydalanuvchi o‘z buyurtmasini o‘zi biriktirilgan va ID kartasida ko‘rsatilgan kafedradan olishi mumkin.

yuklab olish uchun (.pdf 538 Kb)

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM