Bosh sahifa > KUTUBXONA FAOLIYATI > Bo‘sh ish o‘rinlar haqida ma’lumot

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2017 yil 18 mart xolatiga bo‘sh ish (vakant) o‘rinlari:

Adabiyotlarni berish va dispetcherlik xizmati  axborot-kutubxona texnologiyalari bo‘yicha I-toifali mutaxassisi (1 vakant lavozim)

Lavozim majburiyatlari

 - axborot kutubxona- resurslariga tushgan buyurtmalarni, tez  va sifatli bajarish,  adabiyotlarni berish kafedralariga yetkazib berish  bo‘yicha ish olib boradi;

- adabiyotlarni  berish va qaytarib olish jarayonida adabiyot  butligini tekshirib boradi, yaroqsiz xolga kelgan adabiyotlarni ta’mirlash ishini tashkil etadi;

-istiqbolli, yillik va chorak rejalari  va xizmatda bajarilgan ishlar hisobotini ishlab chiqishda qatnashadi;

-bajariladigan ishning kunlik hisobotini yuritadi;

-foydalanuvchilardan kelib tushgan talabnomalarga berilgan rad javoblari ustida ishlaydi va shu asosda fondlarni komplektlash bo‘yicha takliflar berib boradi;

-adabiyotlarni berish kafedralariga berilgan adabiyotlarni fondga qaytarilishini nazorat qilib boradi;

- kutubxonada muxim va unutulmas sanalarga bag‘ishlab o‘tkaziladigan    kitob-rasmli ko‘rgazmalarni tashkil qilishda qatnashadi;

-Respublika axborot-kutubxona muassasalari va chet el kutubxonalarining ilg‘or ish tajribasini o‘rganadi va ish amaliyotiga yangi shakl va usullarini joriy qiladi;

-ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlarda, konferensiyalar, kengashlar va seminarlarni tayyorlash va o‘tkazishda ishtirok etadi;

-ishlab chiqarishga oid zarur hollarda xizmat majburiyatlaridan tashqari vazifalarni bajaradi.

Malakaviy talablar

Adabiyotlarni berish va dispetcherlik  xizmati axborot-kutubxona texnologiyalari bo‘yicha I-toifali mutaxassisining lavozimiga quyidagi malakaviy talablar qo‘yiladi:

-oliy yoki o‘rta-maxsus kutubxonachilik ma’lumoti;

-axborot-kutubxona sohasi bo‘yicha kamida 2 yil ish stajiga ega;

-yuqori axloq-odob qoidalari;

-chet tili asoslari;

-kompyuter savodxonligi ko‘nikmalari (kutubxonachilik sohasiga oid maxsus dasturlar asoslarini bilishi).

 

 

 

 

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori

Lavozim majburiyatlari


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi umumiy rahbarlik vazifasini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi palatasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekisiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga asoslanib ishni amalga oshiradi va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi to‘g‘risidagi Nizomning bajarilishini tashkil qiladi;
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining moddiy-texnika bazasini saqlash va rivojlantirish, kutubxona foydalanuvchilarini va xodimlari uun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshiradi, axborot-kutubxona fondlari, shu jumladan nodir va alohida qimmatga ega nashrlar to‘plamlari, shuningdek binolar, inshootlar, asbob-anjomlar, Milliy kutubxonaning boshqa mol-mulki saqlanishi va ulardan zarur darajada foydalanishi uchun javob beradi;
axborot-kutubxona faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha davlat dasturlarini, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;
axborot-kutubxona muassasalarining nashriyotlar, kitob sotish tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligini yaxshilash chora-tadbirlarini ta’minlaydi;
kutubxonaning axborot-kutubxona resurslaridan samarali foydalanilishini ta’minlaydi;
kutubxona muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jixozlash) tadbirlari bajarilishini taxlil qiladi va monitoring olib boradi hamda tegishli materiallarni Idoralararo kengashga kiritadi.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM