Bosh sahifa > INTERAKTIV XIZMATLAR > Klassifikatsiya indekslarni qo‘yish (UO‘K, KBK)

Nashrlarga Klassifikatsion Indekslarni berish (UO‘K, KBK)

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati O‘zbekiston Respublikasi nashriyotlarida chop etilayotgan o‘zbek, rus va qardosh tillardagi bosma nashrlarga markazlashgan kataloglashtirish va turkumlashtirish ishini bajaradi.
Xizmatning asosiy vazifasiga katalog kartochkasining maketini tayyorlash kiradi: nashrning to‘liq bibliografik tavsifi KBK, UO‘K indeksi va avtor belgisi bilan.
Katalog kartochkasining maketi nashriyotlar tomonidan taqdim etilgan nashrning titul varag‘i va chiqish ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan axborot asosida tuziladi. Nashr uchun tuzilgan katalog kartochkasining maketi nashr qilinayotgan mahsulotning titul varag‘ining orqasida joylashtiriladi. Bu ma’lumot Respublikamizdagi axborot-kutubxona tashkilotlarining ishini yengillashtirishga mo‘ljallangan.
Universal o‘nli klassifikatsiya (UO‘K) hamda Kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi (KBK) jadvallarning asosiy vazifasi – hujjatlarning mazmunini ochib berishdan va ularni bilimlarning ilmiy jihatdan asoslangan mukammal tizimi sifatida tasavvur qilishdan va shu tariqa foydalanuvchining kitoblardan foydalanishini mumkin qadar yengillashtirishdan iborat. Jadvallarda barcha bilimlar yig‘indisi mantiqiy tartibda ketma-ket joylashgandir.

Universal o‘nlik klassifikatsiya (UO‘K) – jahon miqyosida ishlatiladigan axborot klassifikatsiya tizimi bo‘lib, u fan, adabiyot va san’at, vaqtli nashrlar, turli xildagi hujjatlarni tizimlashda va kartotekalar tuzishda qo‘llaniladi.
Klassifikatsiya bo‘linmalarini umumiy tushunchadan (bo‘limdan) xususiy, juz’iy bir ma’nodagi tushunchagacha, ya’ni bo‘lim va bo‘limchalarga o‘tish ierarxik-sistemali tartib deyiladi.
Bo‘lim, bo‘linmalar va bo‘limchalarni ierarxik bog‘lanishi kutubxona-bibliografik klassifikatsiyalar (jadvallarni) asosini tashkil qiladi.
Sistemali klassifikatsiyaning asosiy xususiyatlari shundan iboratki, bunda barcha bilimlar majmuasi fan sohalarining bo‘linishiga asoslanib, alohida bo‘limlarni hosil qiladi. Bo‘lim ichida yanada mayda bo‘linmalar va bo‘limchalar tashkil qilinadi, bu bo‘limlarning har birida muayyan sohaga tegishli masalalardan biriga doir kitoblar jamlanadi. Bo‘linmalar ichida yanada kichik bo‘limchalar hosil qilinadi. Universal o‘nlik klassifikatsiya - universal va o‘nlilik xususiyatiga ko‘ra barcha bilimlarni keng ochib berish imkoniyatiga ega.

Kutubxona-bibliografik klassifikatsiyasi (KBK) – jadvalning asosiy vazifasi matbuot asarlarining mazmunini ochib berishdan va ularning bilimlarni ilmiy jihatdan asoslangan mukammal sistemasi sifatida tasavvur qilishdan va shu tariqa kerakli axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni maksimal darajada yengillashtirishdan iborat. Ularning hammasi yagona nazariy, metodologik va ilmiy prinsiplar asosida tuzilgan. Jadvallarda barcha bilimlar yig‘indisi mantiqiy tartibda ketma-ket joylashgan.
Kutubxona-bibliografik klassifikatsiyasi jadvallari turli darajada detallashtirilgan va har xil tipdagi kutubxonalar uchun mo‘ljallangan jadvallarning variantlaridan iborat bo‘lib, ushbu jadval aholining barcha qatlamlariga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatuvchi axborot-kutubxona markazlari, axborot-resurs markazlari va boshqa muassasalariga qarashli barcha kutubxonalar fondlarini, sistemali katalog va kartotekalar tashkil qilish, shuningdek, nashriyotlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Nashriyotlar KBK va UO‘K raqamlarini olish uchun Milliy kutubxonaning portali orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi

KBK va UO‘K raqamlarini olish uchun ro‘yxatdan o‘tish tugmasi bosiladi

Ro‘yxatdan o‘tish yakunlangandan so‘ng asosiy oyna orqali buyurtmachi o‘zi kiritgan login va paroli yordamida profiliga kiradi

Hujjatlarni yuklab olish

Muhr bosilgan hujjatlarni biriktirish va jo‘natish

Hujjatlarni biriktirish jarayoni

Buyurtma to‘liq jo‘natildi

Buyurmachi «Batafsil» tugmasini bosib bajaruvchi tomonidan muhr va imzo qo‘yilgan shartnoma va schet-fakturani yuklab olish imkoniyatiga ega

Muhr va imzo qo‘yilgan shartnoma, schet-fakturani yuklab olish

Buyurtmachi nashrga KBK va UO‘K indeksini biriktirilganligini ko‘rib chiqib, «Yuklab olish» tugmasi orqali yuklab olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar

Buyurtmachi nashrga KBK va UO‘K indeksini biriktirilganligini ko‘rib chiqib, «Yuklab olish» tugmasi orqali yuklab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi

 

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM