Bosh sahifa > MUTAXASSISLAR UCHUN > Konferensiya va seminarlar

X Xalqaro konferensiya “Central Asia – 2016: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari"

 

2016 yil 21-23 aprel                                                  Samarqand shahri

 

O‘tkazishning asosi – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 fevraldagi № 33-F-sonli Farmoyishi va ushbu Farmoyishda tasdiqlangan “2015 yilda O‘zbekiston Respublikasida o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy konferensiyalar rejasi” (1-ilova, 23-bandga doir).

Konferensiyaning maqsadi - fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot resurslarni rivojlantirish va qo‘llashda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar faoliyatining amaliy natija beradigan va samarali hamkorligini kuchaytirish.

Qatnashuvchilar soni – jami 322 nafar qatnashuvchilar: 304 nafari respublika qatnashuvchilari, 18 nafari xorijiy qatnashuvchilar.

Qatnashuvchi davlatlar – O‘zbekiston, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Gruziya, Qozog‘iston, Koreya Respublikasi, Latviya, Rossiya, AQSh, Chexiya.

Kontingent: axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlari, kutubxonalar, arxivlar rahbar va mutaxassislari, olimlar, ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari, AKT mutaxassislari, jamoat arboblari, vazirlik va idoralar vakillari.

Konferensiya tadbirlari soni – yalpi va sho‘ba yig‘ilishlarida tinglangan 77 ta ma’ruza, seminar-trening, trening, 4 ta mahorat darslari.

Asosiy tashkilotchilar:

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Madaniyat va sport ishlari vazirligi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Xalq ta’limi vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi

“O‘zarxiv” agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi

Samarqand viloyati hokimiyati

Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti

Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti

Axborot ko‘magi: O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari, www.natlib.uz sayti, “INFOLIB” axborot-kutubxona xabarnomasi.

 

Konferensiyaning vazifasi:

  • elektron axborot resurslarni shakllantirish, axborot-kutubxona tarmoqlarini yaratish va ularni axborot-kutubxona muassasalari, ta’lim tizimi muassasalari, arxivlar va muzeylarda foydalanish muammolari bo‘yicha tajribalarni samarali almashishga imkoniyat  tug‘dirish.
  • axborot-kutubxona (eng avvalo elektron) resurslarni hamkorlikda qo‘llash bo‘yicha ijodiy birlashmalar/konsorsiumlar, axborot-kutubxona ishida yangi axborot texnologiyalarini o‘rgatish bo‘yicha o‘quv markazlarini tashkil qilish va foydalanishga ko‘maklashish.
  • Internet, elektron ma’lumotlar bazalari imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanish, axborot resurslaridan ochiq foydalanishni ta’minlash va ularning mazmunini shakllantirish.
  • axborot-kutubxona xizmat ko‘rsatish sharoitlarida foydalanuvchilarning axborot madaniyati va mediasavodxonligini rivojlantirishga yordam berish.

Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, rus, ingliz.

Konferensiyaning asosiy seksiyalari:

  • Konferensiyaning yalpi majlisi
    Moderator: Xodjaev Asadjon Azatbekovich - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori.
  • 1-seksiya. Axborot-kutubxona faoliyati nazariyasi va amaliyoti: vazifa va istiqbollari.
    Moderator: Teshabaeva Umida Alimdjanovna - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari
  • 2-seksiya. Fan va ta’lim rivojida axborot-kutubxona faoliyatining o‘rni va ahamiyati
    Moderator: Ganieva Barno Ilxamovna - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Axborot-kutubxona tizimlari” kafedrasi mudiri
  • 3-seksiya. Madaniyat va san’at sohasida yagona axborot makoni. Axborot-kutubxona muassasalarining nashriyotlar, arxivlar va muzeylar bilan o‘zaro hamkorligi.
    Moderator: Aliev Anvarjon Orifjonovich - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi Elektron arxivlar va hujjatshunoslik bo‘limi boshlig‘i
  • 4-seksiya. Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxonachilik tizimlari va texnologiyalarini rivojlantirish masalalari
    Moderator: Aslonov Shoxidbek Farxodovich - Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi direktori
  • Seminar-trening: Axborot-kutubxona xizmat ko‘rsatish sharoitida foydalanuvchilarning axborot madaniyati va mediasavodxonligini shakllantirish masalalari.
    Moderator: Gendina Natalya Ivanovna - Kemerovo davlat madaniyat institutining ijtimoiy soha ilmiy-tadqiqot instituti direktori
  • Mahorat darslari va vebinar: EBSCO va ProQuest elektron ma’lumotlar bazalari bilan ishlash asoslari
  • Trening: Elektron kutubxona strategiyalari: hududiydan milliyga qarab.
    Trener: Charlz Tomas - Merilend kutubxonalari konsotsiumi direktori, «Fulbright Specialist» dasturi stipendiati.

Konferensiyaga “Central Asia – 2016”. Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” materiallari to‘plami nashr qilindi.

Konferensiya ishlari yakunlari bo‘yicha tavsiyalar yakuniy hujjatda  o‘z aksini topgan.

 

KONFERENSIYANING YAKUNIY HUJJATI

KONFERENSIYA MATERIALLARI TO‘PLAMI (.pdf 3,20 MB)

KONFERENSIYANING TAQDIMOT MATERIALLARI

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM