Bosh sahifa > KUTUBXONA FAOLIYATI > Asosiy va qo'shimcha xizmatlar

Asosiy va qo‘shimcha xizmatlar

Asosiy xizmatlar:
Kataloglar tizimi va kutubxonadan axborot olishning boshqa ko‘rinishlari orqali fondlar va axborot-kutubxona resurslari tarkibi to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotni taklif etish;
Ma’lumot qidirish va manbalarini tanlashda maslahat berish;
Kutubxona fondidan o‘quv zallarida vaqtinchalik foydalanish uchun hujjatlar berish;
Kutubxonalararo abonent bo‘limi orqali hujjatlar yoki ularning nusxasini berish;
Elektron axborot resurslariga kirish imkoniyatini yaratish;
Internet xizmatlari;
Kutubxona tashkil qiladigan ommaviy tadbirlarda qatnashish.

 Asosiy xizmatlar tekin ko‘rsatiladi.

Qo‘shimcha xizmatlar:
• kitobxon bileti berish (Kutubxonaning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish huquqini pullik xizmatlar preyskurantiga muvofiq 3 yil muddatga beriladigan kitobxonning elektron bileti (ID-karta) ta’minlaydi. ID-karta foydalanish muddati tugaganidan keyin, foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tishi shart. Foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tish uchun  to‘lov kvitansiyasi, shaxsini tasdiqlovchi  hujjat:  pasport,  doimiy turar joyi ma’lumoti, harbiy bilet va muddati o‘tgan ID-kartani taqdim etishi lozim);
• nusxa ko‘chirish;
• skanerlash;
• fayllarni chop etish.
• matn terishga mustaqil ishlash uchun shaxsiy kompyuter taqdim etish;
• mavzu bo‘yicha bibliografik ro‘yxat tuzish;
• yangi axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish va o‘tkazish;
• berilgan buyurtmalar bo‘yicha ma'lumotlarni elektron tashuvchilarga yozish;
• shartnomalar asosida tashkilot va muassasalarga axborot-bibliografik xizmat ko‘rsatish. Narxlar qarang: (.pdf 246 КБ)

Qo‘shimcha xizmatlar - pullik.

 

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qo‘shimcha xizmatlaridan foydalanish uchun kvitansiya blanki shaklini yuklab olish, to‘g‘ri to‘ldirish va O‘zbekiston banklarida to‘lovni amalga oshirishingiz kerak.

1. F.I.O. (Abdullaev A.A.)
2. To‘lov turi (kitobxon bileti berish, nusxa ko‘chirish, skanerlash v.k.)
3. Summa

(.pdf 408 Kb)

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM