Bosh sahifa > KUTUBXONA FAOLIYATI > Asosiy va qo'shimcha xizmatlar

O’zbekiston Milliy Kutubxonasida netbuklarni ijaraga berish va ichki resurslardan simsiz foydalanish xizmati yo‘lga qo`yildi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy qilish orqali foydalanuvchilarga keng imkoniyatlar yaratish hamda ularga xizmat ko‘rsatish turlarini ko‘paytirish bo‘yicha bildirilayotgan takliflar etiborga olinib, foydalanuvchilarga O‘zbekiston Milliy kutubxonasi balans hisobida bo‘lgan netbuklardan shartnoma asosida kompyuter dasturlaridan va internet tarmog‘iga Wi-Fi orqali ulanish bo‘yicha pullik xizmat turi joriy etildi. Netbuklardan foydalanish  1 soatiga 1000,0 so‘m miqdorida, eng maksimal foydalanish muddati 3 soat qilib belgilangan.

Shuningdek foydalanuvchiga netbukdan foydalanish xizmati shartnoma asosida hamda foydalanuvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilar netbukdan quyidagi maqsadlarda foydalanishlari mumkin: - Kompyuter dasturlari asosida axborot-resurslardan foydalanish. - Internet tarmog‘iga Wi-Fi orqali ulanish. - Axborot-resurslaridan foydalangan holda matnlarni elektron ko‘rinishda tayyorlash. - Litsenziyaga ega bo‘lgan kompyuter dasturlaridan va qonunda belgilangan axborot-resurslaridan foydalanish.  

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM