Bosh sahifa > KUTUBXONA FAOLIYATI > Kutubxona tarkibiy bo‘linmalari

Ilmiy metodika va tadqiqot xizmati

 

   Ruzieva Fazila Muxtarovna

  Ilmiy metodik va tadqiqot xizmati axborot-kutubxona texnologiyalari bo‘yicha bosh mutaxassisi
  Tel: (998971) 232-83-94
  Fax: (998971) 239-16-58
  Toshkent, 100017, Navoiy ko'chasi, 1
  E-mail: info@natlib.uz

  Ilmiy metodika va tadqiqot xizmat nizomi (.pdf 180 KB)

 

Xizmatning asosiy vazifalari:

Axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi huquqiy, tashkiliy va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va uni respublika kutubxona va axborot-kutubxona muassasalari amaliyotiga tatbiq qilishda qatnashadi.
Axborot-kutubxona muassasalari faoliyati sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi.
Kutubxonaning ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Axborot-kutubxona faoliyatida innovatsiya jarayonlarini boshqaradi, innovatikani rivojlantirish uchun axborot-metodik bazani tashkil qiladi.
Milliy madaniy meros, shaxsning axborot madaniyatini yuksaltirish, axborot-kutubxona xizmat ko‘rsatilishi, shakllanishi, hisobga olinishi,  axborot-kutubxona fondlaridan foydalanish va saqlanishining shakl va usullarini ishlab chiqadi va tatbiq qiladi.
Axborot-kutubxona muasssasalari mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqadi va ishlarni tashkil qiladi.
Ilmiy metodika bo‘limi 1955 yil aprelda tashkil qilingan. Hozirda Ilmiy metodika va tadqiqot xizmati deb yuritiladi. Xizmat respublika axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlari (AKM, ARM) va kutubxonalar uchun respublika metodika markazi hisoblanadi.

Ilmiy metodika va tadqiqot xizmatining asosiy yo‘nalishlari:
• Respublika AKM, ARM va kutubxonalarini rivojlantirish yo‘nalishlari va dasturlarini ishlabchiqishda ishtirok etadi.
• Rahbar hujjatlar, ma'lumotnomalar, axborot va metodik- bibliografik qo‘llanmalartayyorlaydi.
• Respublika AKM, ARM va kutubxonalardagi ilg‘or tajribalarni aniqlaydi, moslashtiradi va amaliyotga joriy etadi.
• AKM, ARM va kutubxonalar ishining samaradorligini oshirish maqsadida AKM, ARM va kutubxonalar ishi to‘g‘risida axborot yig‘adi, tahliliy ishlov beradi va ma'lumotnoma, metodik tavsiyanomalar tayyorlaydi.
• Xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash dasturlarini, yangi shakl va usullarini ishlab chiqadi va amaliyotga tatbiq etadi.
• Kutubxonachilik ishi bo‘yicha seminarlar, konferensiyalar, taqdimotlarni rejalashtiradi, tashkil etadi va o‘tkazadi.
 
Ilmiy metodika va tadqiqot xizmati fondi:
• Kutubxonachilik, bibliografiya va informatika sohasiga oid kitoblar (ma'lumotnomalar, o‘quv qo‘llanmalari, monografiyalar, ilmiy va statistik to‘plamlar), jurnallar va gazetalardan iborat.
 
Xizmatlar:
• Axborot-kutubxona muassasalari ishining barcha masalalari bo‘yicha maslahat va tavsiyalar beradi.
• Talabnoma asosidajoylarda xodimlarning malakasini oshiradi va qayta tayyorlash tadbirlarini o‘tkazadi.
 
Ish vaqti:
Dushanba-juma: 9.00-18.00
Zal 4-qavatda joylashgan 
Toshkent shahar, 100017  
Istiqlol ko‘chasi
info@natlib.uz
Tel.: +998 (71) 232-83-90

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM