Bosh sahifa > KUTUBXONA HAQIDA > Respublika yig‘ma elektron katalog markazi

Respublika yig‘ma elektron katalog markazi

 
  Markaz direktori: Gaziev Askar Anvarovich
  
  Faks: (998971) 239-42-81
  Tel: (998971) 239-42-28
  Qabul kunlari: Seshanba kuni 10.00 dan 12.00 gacha, Payshanba kuni 15.00 dan 16.00 gacha

  Respublika yig‘ma elektron katalog markazi nizomi (.pdf 132 KB)

 

 

Respublika yig‘ma elektron katalog markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 fevraldagi «2011-2015 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish choralari to‘g‘risida»gi Qarorga muvofiq tashkil etilgan.

Respublika yig‘ma elektron katalog markazi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va o‘z Nizomiga muvofiq O‘zbekiston Milliy kutubxonasi negizida o‘z faoliyatini olib boradi.
Respublika yig‘ma elektron katalog markazi va axborot-kutubxona muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, a’zolik to‘g‘risidagi bitim va/yoki xizmatlar ko‘rsatish uchun tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida olib boriladi.
 
RYEKM vazifasi:
• Respublika xududidagi barcha axborot-kutubxona muassasalarida yaratilayotgan bibliografik yozuvlarni yig‘ib, O‘zbekiston Respublikasining yig‘ma elektron katalog bazasini shakllantirish.
• O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bo‘limlari va boshqa axborot-kutubxona muassasalaridan keladigan elektron bibliografik yozuvlarni tahrir qilish;
• Elektron bibliografik yozuvlar almashish maqsadida xorijning yetakchi Yig‘ma elektron katalog markazlari va kutubxonalar bilan hamkorlikda  ishlarni olib borish 
• Yig‘ilgan bibliografik yozuvlarni standart asosida bo‘lishligini ta’minlaydi.
 
Markaz bo’limlari :
• Kataloglashtirish va tahrirlash bo‘limining asosiy vazifasi bibliografik yozuvlar sifatini oshirish va takrorlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida kelib tushgan yozuvlarni tahrirlash va nazorat qiladi.Bo’limda 5 nafar mutaxasis faoliyat olib boradi.
• Tashqi aloqa va texnik ta’minot bo’limining asosiy vazifasi axborot almashish va bibliografik yozuvlarni o’zlashtirish maqsadida axborot kutubxona muassasalari o’rtasida faol aloqalarni o’rnatadi.YEK bazasini saqlash uchun uning himoyasini, yozuvlarni arxivlashtirish ruxsatsiz foydalanishlarini nazorat qiladi. Bo’limda 4 nafar mutaxassis faoliyat olib boradi. 
 
Ish tartibi:
 
Dushanbadan –jumagacha: 9.00 dan 18.00 gacha
Tushlik vaqti: 13.00 dan 14.00 gacha
Dam olish kunlari: shanba, yakshanba 
web-sayt: unicat.natlib.uz
 
Manzil:
Toshkent, 100017, Navoiy ko'chasi, 1
Telefon: 8(371) 232-83-94
Email: markaz@natlib.uz
Faks: 8(371) 239-42-81

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM