Bosh sahifa > KUTUBXONA FAOLIYATI > Kutubxona tarkibiy bo‘linmalari

Adabiyotlarni berish va dispetcherlik xizmati


    Adabiyotlarni berish va dispetcherlik xizmati rahbari 

  Tel: (998971) 232-83-94
  Fax: (998971) 239-16-58
  Toshkent, 100017, Navoiy ko‘chasi, 1
  E-mail:info@natlib.uz

  Adabiyotlarni berish va dispetcherlik xizmati nizomi (.pdf 172 KB)

 


Xizmatning asosiy vazifasi: foydalanuvchilarga kutubxonaning umumiy fondlaridagi hujjatlarni (kitob, jurnal, gazeta, nota, gramplastinka, karta va boshq.) yetkazib berish, foydalanuvchilarning ta’limiy maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarda elektron kutubxona va elektron resurslardan foydalanish ehtiyojini rivojlantirish, foydalanuvchilarning bilim olishi uchun axborotdan foydalanish imkonini yaratish, kelib tushgan buyurtmani avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimlari orqali bajarilishini ta’minlash.
Xizmat axborot-kutubxona texnologiyalariga tayangan holda, foydalanuvchilarga kutubxonaning 2, 3, 4 - qavatlarida joylashgan kitob berish kafedralarida axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatadi:
2 –kafedra: abiturient, kollej, litsey, maktab o‘quvchilari;
3 –kafedra: talaba, xizmatchi, uy bekasi, nafaqaxo‘r;
4 –kafedra: professor, dotsent, ilmiy xodim, magistr, chet el fuqarolari.
Foydalanuvchilar kutubxonaga bevosita kelish orqali va masofadan turib foydalanish rejimida internet orqali buyurtma berishlari mumkin. U elektron katalog va an’anaviy kataloglardan foydalangan holda buyurtmasini tanlab oladi va buyurtma beradi. Kitob berish kafedrasidagi mutaxassislar buyurtmalarni qayta ishlaydi va fondlarga yuboradi. Foydalanuvchi bir vaqtning o‘zida 10 tagacha adabiyotglarga buyurtma berish imkoniyatiga ega. Har bir buyurtma 15-20 daqiqa vaqt oralig‘ida bajariladi. Foydalanuvchi kitobni mutolaa qilib bo‘lganidan so‘ng, yana o‘z kitob berish kafedrasiga topshiradi. Manbadan yana foydalanish zarurati bo‘lganda kitob berish kafedrasida 10 kun mobaynida saqlashga qoldirishi mumkin. Kitoblar uyga berilmaydi.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM