Bosh sahifa > KUTUBXONA FAOLIYATI > Kutubxona tarkibiy bo‘linmalari

Umumiy fondlarni saqlash xizmati

 

  Mirxodjaeva Matluba Balatabaevna
  Umumiy fondlarni saqlash xizmati rahbari
  Tel: (998971) 232-83-93
  Fax: (998971) 239-16-58
  Toshkent, 100017, Navoiy ko'chasi, 1
  E-mail: info@natlib.uz

  Umumiy fondlarni saqlash xizmati nizomi (.pdf 248 KB)

 

 

Umumiy fondlarni saqlash xizmati - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining tuzilmaviy bo‘linmasi bo‘lib, axborot-kutubxona resurslarining saqlanishini ta’minlaydi hamda foydalanuvchilarning buyurtmalariga asosan xizmat ko‘rsatadi.

Xizmat tarkibiga quyidagi fondlar kiradi

Asosiy fond (kitoblar, albomlar, avtoreferatlar, gazetalar, jurnallar)

Asosiy fond kutubxonaning asosiy qismi bo‘lib, unda 4,5 milliondan ortiq nusxada axborot-kutubxona resurslari jamlangan.

I-VII formatgacha turli mavzudagi, ijtimoiy -siyosiy hamda fanning barcha tarmoqlariga oid rus tilidagi adabiyotlar, o‘zbek va rus tillaridagi o‘lkashunoslikka oid adabiyotlar,  chet el yozuvchilarining o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlari, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik, qrim, uyg‘ur tillaridagi turli mavzudagi adabiyotlar, badiiy bezatilishi bilan farq qiladigan, alohida ajaralib turadigan albomlar, o‘lkashunoslik fondiga mavzusi inqilob revolyusiyasidan ilgarigi Turkistonga va O‘rta Osiyodagi butun respublikalarga bag‘ishlangan barcha rus G‘arbiy Yevropa va sharq tillaridagi kitoblar, texnikaga oid alohida adabiyotlar fondi, geografik, geologik kartalar, tarxiy va boshqa ayrim nashr etilgan harita hamda atlaslar, dissertatsiyalar avtoreferatlarining katta kolleksiyasi to‘plangan va ehtiyotlab saqlanib kelinmoqda. Adabiyotlar formatiga qarab tartib raqami ketma-ketligida joylashtirilgan. Bugungi kunga kelib foydalanuvchilarning talab va takliflarini inobatga olgan holda fondning mustaqillik davrini (1991 yildan shu bugungi kungacha) o‘z ichiga olgan adabiyotlarini sohalari bo‘yicha, ya’ni O‘nlik klassifikatsiya jadvali (O‘KJ) asosida joylashtirish yo‘lga qo‘yilgan.  

Bundan tashqari asosiy fondlarda saqlanib kelinayotgan va foydalanuvchilar tomonidan ko‘p so‘raladigan davom etuvchi nashrlardan bu, vaqtli matbuot nashrlar fondidir, bularga jurnallar va gazetalar kiradi.

Fondda respublika, viloyat, tuman gazetalari hamda respublikadagi korxona va tashkilotlar tasarrufidagi vaqtli matbuot nashrlari rus o‘zbek tillarida, Rossiyada chop etilgan jurnal va gazetalar eng ko‘p miqdorda jamlangan va saqlanib kelinmoqda.

Majburiy nusxalar fondi (kitoblar, gazetalar, jurnallar, kartalar, plakatlar) 

Majburiy nusxa fondi –  kutubxonaning ixtisoslashtirilgan alohida fondi bo‘lib, bu yerga respublika miqyosida chop etilayotgan barcha axborot-resurslari va matbuot nashrlarining majburiy nusxasi kelib tushadi. Majburiy nusxani olish mamlakatdagi kutubxonalar fondini to‘ldirishning alohida usulidir. Millatimizning matbuot boyligi bo‘lgan axborot-kutubxona fondi milliy madaniy qadriyatlar hisoblanadi va moddiy madaniy meros  sifatida saqlanadi.

Nota va musiqa nashrlari, gramplastinkalar fondi.

Nota nashrlari fondi 72 mingdan ortiq nusxada musiqa-nota nashrlari, o‘zbek mumtoz va jahon musiqasining 12 mingdan ziyod gramyozuvlaridan iborat. Bu respublikadaga notalar va ovoz yozuvlarini o‘z ichiga olgan eng yirik kolleksiyalardan biri hisoblanadi. Fondda o‘zbek xalq musiqasi  hamda  XIX asrdan boshlab jahon musiqasi san’atida paydo bo‘lgan eng muhim asarlar o‘z aksini topgan.

Depozitar fond (kitoblar jurnallar)

Depozit fond- uning javonlaridan 260 mingdan ortiq nashr joy olgan. Bu yerga jamlangan kitob va risolalar, jurnallar fond tashkil etilgandan boshlab unga kelib tushgan ilk nashrlar kolleksiyasi haqida to‘la tasavvur beradi. Bular XVI-XIX asrlarga oid nashrlar bo‘lib, ularning orasida mazmuni va to‘liqligi jihatidan vaqtli matbuot nashrlari noyobdir. Ular ko‘proq harbiy, tarixiy, jug‘rofiy va filologik mazmundagi rus va g‘arbiy yevropa tillarida chop qilingan nashrlardir.

Xizmatning asosiy vazifalari - axborot kutubxona fondlarini to‘plash, texnik ishov berish, belgilangan tartibda joylashtirish, foydalanuvchi buyurtmasiga muvofiq xizmat ko‘rsatish, fondlarni umumiy va fizik holatini nazorat qilish, qabul qilingan davlat standartlari va me’ѐrlarga muvofiq fondlardagi adabiѐtlarni saqlash uchun belgilangan havo harorati normalarini nazorat qilish, davriy hamda vaqtli nashrlarni uzoq vaqt saqlanishini ta’minlash maqsadida ularni muqovalashga berish, adabiyotlarni tashqi va ichki varaqlarini shikastlanganligini doimiy nazorat qilish va ta’mirlashga tayѐrlash, uzoq vaqt saqlashga mo‘ljallangan axborot-kutubxona resurslarini elektron nusxalarini yaratish (raqamlashtirish) maqsadida skanerlash uchun raqamlashtirish xizmatiga reja, va so‘rovlar  asosida taqdim etish, Respublika axborot-kutubxona muassasalariga axborot-kutubxona fondlarini saqlash va ulardan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha metodik ѐrdam ko‘rsatish.

Adabiyotlar statsionar va mobil stellajlarda saqlanadi.

Statsionar stellaj – bu kutubxona muassasalari uchun mo‘ljallangan oraliq masofasi 75 sm ga teng bo‘lgan xarakatlanmaydigan ochiq qurilma.

Mobil stellaj - bu kutubxona muassasalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, oraliq masofasi 75 sm ga teng, yig‘iladigan, relsda xarakatlanuvchi yopiq qurilma.

Uning statsionar stellajlarida turli mavzudagi kitoblar, albomlar, avtoreferatlar saqlansa, mobil stellajlarida esa gazeta va jurnallarning muqovalangan yillik to‘plamlari, shuningdek notalar, grammplastinkalar, geografik haritalar saqlanadi.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM