Bosh sahifa > KUTUBXONA FAOLIYATI > Kutubxona tarkibiy bo‘linmalari

Qo’lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati

 

 

 Zaitova Nargiza Sabirovna

 Tel: (998971) 232-83-94
 Fax: (998971) 239-16-58
 Toshkent, 100017, Navoiy ko'chasi, 1
 E-mail: info@natlib.uz

 Qo’lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati nizomi (.pdf 180 KB)

 

Qo’lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati kutubxona tarkibida 1917 yildan shakllangan bo’lib, uning fondida yigirma bir mingdan ortiq noyob adabiyotlar saqlanmoqda.
Xizmatning asosiy vazifasi mamlakatimiz olim va mutafakkirlari tomonidan o’tmishda yaratilgan noyob qo’lyozma, toshbosma va nodir kitoblarni, ellik yil muqaddam chop etilgan gazeta, jurnal, albom va boshqa noyob nashrlarni aniqlash va ularni o’z fondiga qabul qilish, ularni avaylab asrash, mutaxassis foydalanuvchilarga yetkazishdan iborat.
Xizmatning vazifalari:
Foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish va nodir nashrlar hamda qo’lyozmalarni Nodir o’quv zalida kitobxonlarga berish, fondda saqlanayotgan bosma va qo’lyozma materiallar bilan bog’liq masalalar bo’yicha yozma va og’zaki bibliografik ma’lumotnomalarni bajarish va maslahatlar berish;
Fond asosida ko’rgazmali ish, kitobxonlarni qo’lyozma va bosma materiallar bilan tanishtirish maqsadida suhbatlar va boshqa tadbirlarni o’tkazish;
Qo’lyozmalarni, nodir va o’ta noyob matbuot asarlarini, birinchi navbatda, buyuk ilmiy va madaniy ahamiyatga ega O’zbekistonning milliy matbuot nashrlarini yig’ish, to’plash, hisobga olish va ilmiy ishlov berish. O’lkashunoslik adabiyotlarini ochib beruvchi bibliografik ishlarni tayyorlash;
Tarixiy va madaniy yodgorliklar, milliy hujjatli boyliklar hisoblangan o’ta noyob kolleksiyalarning holatini tekshirish, tavsiflash;
Milliy kutubxonada saqlanayotgan va Respublikaning tarixiy va madaniy yodgorligi hisoblangan hujjatlarga milliy elektron katalog va to’liq elektron matnlar bazasini yaratish (nodir.natlib.uz)
Kitob tarixi, fondni shakllantirish, o’ta nodir nashrlar va qo’lyozmalarni o’rganish va tavsiflash masalalari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boorish;
O’ta noyob kolleksiyalarni saqlash va konservasiyalashni ta’minlash.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM