Bosh sahifa > KUTUBXONA FAOLIYATI > Kutubxona tarkibiy bo‘linmalari

Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirish xizmati

 

  Raximova Shoira Mirxabibullaevna

  Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirish xizmati rahbari
  Tel: (998971) 232-83-94
  Fax: (998971) 239-16-58
  Toshkent, 100017, Navoiy ko'chasi, 1
  E-mail: info@natlib.uz

  Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirish xizmati nizomi (.pdf 252 KB)

 

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Milliy bibliografiya bo‘limi 1965 yil 25 mayda tashkil topgan. 1982 yilgacha ma'lumot-bibliografiya bo‘limi va milliy bibliografiya funksiyalarini bajargan. 1982 yili ma'lumot-axborot bo‘limi tashkil etilgandan keyin, Milliy bibliografiya bo‘limi o‘lkashunoslik bibliografiya ishlari bilan shug‘ullangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi-­­­­axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012 yil 20 martdagi PQ-1729-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4  apreldagi 98-son qarori bilan tasdiqlangan  Nizomga ko‘ra bo‘lim “Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirish xizmati” deb yuritiladi.

Xizmatning asosiy vazifalari:

- O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondiga majburiy nusxa asosida kelib tushadigan nashrlar asosida davlat bibliografik hisobini olib boradi;

- Bibliografik qo‘llanmalar tuzadi va taqdim qilinadigan bibliografik axborot sifatini oshirib boradi.

- Majburiy nusxa nashrlarini hududiy hisobga olish masalalari bo‘yicha axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlik qiladi;

- O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga kelib tushgan O‘zbekistonda va xorijda O‘zbekiston to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan milliy ma’lumotlar bazasini shakllantirib boradi;

- Kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) va davriy nashrning xalqaro standart  (ISSN) bo’yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va O‘zbekiston Respublikasida chop etilgan nashrlarga (ISBN, ISSN) xalqaro standart raqamlarini beradi.

- Foydalanuvchilar, korxona va tashkilotlar ehtiyojiga ko’ra o‘lkashunoslik mavzularida bibliografik so’roqlarga og’zaki va yozma ma’lumotlar bajaradi;

- Respublika axborot-kutubxona muassasalariga bibliografik ishlarini takomillashtirishda bibliografik, o’lkashunoslik, ma’lumot-bibliografik, metodik va amaliy yordam ko’rsatadi;

- Bibliografiya sohasida mutaxassislar uchun seminar, konferensiyalar tashkil qiladi;

Xizmatlar:

- Bibliografik va axborot manbalaridan kerakli adabiyotlarni yig‘ishda maslaxatlar berish;

- Aniq mavzular bo‘yicha adabiyotlar yig‘ib berish va foydalanuvchilar talablariga ko‘ra adabiyotlarning bibliografik ro‘yxatini tuzib berish;

- Foydalanuvchilarga xizmat fondidan o’lkashunoslik mavzusidagi adabiyotlar bilan xizmat ko’rsatish.

Xizmat tomonidan nashr qilingan qo‘llanmalar:

1.“Istiqlol abadiy, shukuhi-bebaho!” : (1 sentabr – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni) : Adabiyotlarning bibliografik ko‘rsatkichi

2.Ro‘yi zamin sayqali = Samarkand - krasa zemli (Samarqandning 2750 yilligiga bibliografik ko‘rsatkich) Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi.; Tuzuvchilar: Sh. Mirhamidova, N. Axmedshina va boshq.; Mas'ul muharrirlar I.Z. Maminova, H. Mamatraimova - T.: A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 2007. - 150 b.

3. Maqsud Shayxzoda: biobibliografiya / Tuzuvchi F. Ro‘ziyeva; Mas'ul muharrir O.A. Umarov; Alisher Navoiy nomi. O‘zbekiston milliy k-nasi., T.: A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 2008. - 66 b.

4. Toshkent 2200 yoshda: bibliogr. ko‘rsatkich  / Tuzuvchilar: F. Ro‘ziyeva, N. Umarova, H. Mamatraimova; Muharrir H. Mamatraimova; Alisher Navoiy nom. O‘zbekiston Milliy k-nasi, Milliy bibliografiya bo‘limi. -T.: Alisher Navoiy nom. O‘zbekiston Milliy k-nasi nashriyoti, 2009. -232 6.

5. Ma'naviyatning o‘lmas bo‘stoni = Velichayshaya sokrovishnitsa duxovnosti: bibliogr. ko‘rsatkich / Tuzuvchilar: F. Ro‘ziyeva, N. Axmedshina, N. Alautdinova; Muharrirlar: J. Qo‘nishev, I. Maminova; Alisher Navoiy nom. O‘z Milliy kutubxonasi, Milliy bibliografiya bo‘limi. -T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010. - 192 b.

6. Giyohvandlik asr vabosi (26 iyun - Giyohvandlikka qarshi kurash kuni)

8. Millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik:(Adabiyotlarning bibliografik ro'yxati)

9. Mirzo Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay: (Mirzo Ulug‘bek tavalludining 620 yillligi): Adabiyotlarning bibliografik ro‘yxati

11. Usmon Nosir=Усман Насыр (Tarixiy-bibliografik solnoma Usmon Nosir tavalludining 100 yilligiga bag'ishlanadi) / тuzuvchilar:  K. Nurjonov, F. Ro’zieva .  - T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2012. - 88 b.

12. «Turkiston viloyatining gazeti» ga tuzilgan bibliografik ko’rsatkich (1870-1916) / тuzuvchil R. Fayzullaev; mas’ul muharrir A.O. Umarov; Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi.  - T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2008. - 107 b.

13. Milliy teatr – ezgulik maskani O‘zbek Milliy akademik drama teatrining 100 yilligiga

14. Muqobil energiya manbalari - taraqqiyot xizmatida

15. O‘zbekistonda investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhiti

16. Zulfiya: (O'zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligiga): Adabiyotlarning biobibliografik ko'rsatkichi

Yillarga bag’ishlangan qo’llanmalar

1. “Keksalari e’zoz topgan yurt”

2.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakat taraqqiyotining mustahkan poydevori

3. Yoshlar kamoli – yurt istiqboli 

4. Qishloq – obodlik, to’kinlik va farovonlik manbai 

5. Insonparvarlik va bag’rikenglik millatimiz fazilati 

6. Homiylik – azaliy qadriyat 

7. Mehr va muruvvat – bebaho qadriyat

8. Alisher Navoiy

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM