Bosh sahifa > KUTUBXONA FAOLIYATI > Kutubxona tarkibiy bo‘linmalari

Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati

 
  Borisov Vladimir Anatolevich
 
  Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati rahbari
  Tel: (998971) 239-40-56
  Fax: (998971) 239-16-58
  Toshkent, 100017, Navoiy ko'chasi, 1
  E-mail: info@natlib.uz
 
 
 
Kataloglashtirish va turkumlashtirish  xizmati kutubxonaning mustaqil tuzilmasi bo‘lib 1921 yilda tashkil topgan.
Xizmatning asosiy vazifasi:
- axborot-kutubxona resurslariga texnik ishlov berish, kitoblarni sohasi bo‘yicha klassifikatsiya qilish va bibliografik tavsifini tuzish, kutubxona axborot apparatining bir qismi sifatida elektron katalogni hamda imidj-katalogni tashkil qilish va shu orqali kutubxona fondini zamonaviy ilmiy-amaliy talablarga javob beradigan qilib ochib berish.
- elektron katalogni tahrirlash ishini olib borish, avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi dasturidagi bibliografik yozuvlarga to‘liq matnli hujjatlarni ulash.
- Respublika miqyosidagi nashriyotlarda chop etiladigan o‘zbek, rus va qardosh tillardagi bosma nashrlarga markazlashgan kataloglashtirish va turkumlashtirish (KBK, UO‘K asosida) ishini hamda bibliografik tavsifini tuzish ishi bilan shug‘ullanadi.
O‘zbekistonning yirik axborot-kutubxonalari fondi orqali yagona axborot-qidiruv sistemasini tashkil qilish uchun yig‘ma katalog tashkil qilishda ishtirok etadi.
Respublikamizdagi axborot-kutubxona markazlariga va axborot-resurs markazlariga axborot-kutubxona resurslarini turkumlashtirish ularga kataloglar tashkil qilish, avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimiga resurslarni kiritish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatadi. 
Kataloglashtirish va turkumlashtirish bo‘yicha instruktiv-metodik hujjatlar va standartlar tayyorlashda qatnashadi.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM