Bosh sahifa > KUTUBXONA FAOLIYATI > Kutubxona tarkibiy bo‘linmalari

Skanerlash va raqamlashtirish xizmati

 

Murodov Anvarjon Sobirovich

  Skanerlash va raqamlashtirish xizmati rahbari 
  Tel: (998971) 232-83-94 
  Fax: (998971) 239-16-58 
  Toshkent, 100017, Navoiy ko'chasi, 1
  E-mail: info@natlib.uz

  Skanerlash va raqamlashtirish xizmati nizom (.pdf 256 KB)


Xizmatning asosiy vazifalariga O‘zbekiston Milliy kutubxonasida fondlarni  skanerlash va raqamlashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan sohaviy me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etilib, unda asosiy e’tibor mualiflik huquqini ta’minlagan holda mavjud adabiyotlarni bosqichma-bosqich elektron ko‘rinishga o‘tkazishdan iborat.
Skanerlash va raqamlashtirish xizmati Germaniyada ishlab chiqarilgan zamonaviy 6 turdagi so‘nggi professional skanerlar bilan ta’minlangan.

Jumladan:
1. ZEUTSCHELOS 14000 AOLS markali formati A0, o‘lchami 84x120 sm, gazeta va plakatlar uchun mo‘ljalangan skaner. Uning yordamida nodir va noyob gazeta,  jurnal, chizma va plakatlarni 8-10 soniya davomida skanerlanash imkoniyatiga ega. Ushbu skanerning qulayligi oyoq yordamida yaьni maxsus pedalь yordamida skanerlash imkoniyatiga ega. Uning nurlari skanerlash jarayonida inson salomatligiga zarar etkazmaydi. Bu skaner orqali nashrni elektron ko‘rinishga o‘tkazishda uning yo‘riqnomasiga amal qilgan holda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda nashrni elektron ko‘rinishga o‘tkazishda skanerning maxsus pedalьlari orqali skanerning oynasi ko‘tariladi va pedalь yordamida yopiladi. So‘ng nashrni elektron ko‘rinishda ya’ni qaysi formatda (PDF, JPEG, TIFF) belgilab olinadi va skanerning maxsus dasturi orqali amalga oshiriladi. 
 
2.XINO SCAN S700 markali formati A3, o‘lchami 30x42 sm, ikki tomonlama nusxa ko‘chiruvchi rangli skaner. Mazkur skaner har xil turdagi A3 formatdagi hujjat, hisobot, katalog kartochkalarni 1-1,5 soniya vaqt davomida tezkor skanerlash imkoniyatiga ega. Bu skanerda asosan har xil hisobotlar, hujjatlar, jurnallar, adabiyotlar va katolog kartochkalar elektron ko‘rinishga o‘tkaziladi. Bu skaner orqali nashrni elektron ko‘rinishga o‘tkazishda uning yo‘riqnomasiga amal qilgan holda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda elektron ko‘rinishga o‘tkaziladigan nashr skanerning maxsus joyiga qo‘yiladi va skanerning maxsus dasturi orqali kerakli amallar bajariladi.
 
3. ZEUTSCHEL OS 12000 AOLS markali formati A1, o‘lchami 60x84 sm, gazeta, jurnal, fotoal’bomlar uchun mo‘ljalangan skaner. Bu skaner A1 formatdagi gazeta, jurnal, fotoal’bomlarni 6-8 soniya vaqt davomida skanerlaydi. Bu skaner orqali nashrni elektron ko‘rinishga o‘tkazishda uning yo‘riqnomasiga amal qilgan holda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda nashrni elektron ko‘rinishga o‘tkazishda skanerning maxsus pedalьlari orqali skanerning oynasi ko‘tariladi va pedalь yordamida yopiladi. So‘ng nashrni elektron ko‘rinishda ya’ni qaysi formatda (PDF, JPEG, TIFF) belgilab olinadi va skanerning maxsus dasturi orqali amalga oshiriladi.
 
4.MICROFORM S 395 markali formati A3 gacha bo‘lgan, o‘lchami 30x42 sm, ikki tomonlama nusxa ko‘chiruvchi skaner. Nashrlarni rangli va oq-qora tasvirda 1-3 soniya vaqt davomida tezkor skanerlash imkoniyatiga ega. Bu skanerda asosan har xil adabiyotlar, jurnallar, avtoreferatlar, ditsertatsiyalar elektron ko‘rinishga o‘tkaziladi. Bu skaner orqali nashrni elektron ko‘rinishga o‘tkazishda uning yo‘riqnomasiga amal qilgan holda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda elektron ko‘rinishga o‘tkaziladigan nashr skanerning maxsus joyiga qo‘yiladi va skanerning maxsus dasturi orqali kerakli amallar bajariladi.
 
5.Robotic Book Scanner markali formati A3, o‘lchami 30x42 sm kitob o‘quvchi robot skaner. Uning yordamida kitobning har bir sahifasini o‘rtacha 10-15 soniya vaqt davomida skanerlash imkoniyati mavjud bo‘lib, skanerning qulayligi nodir va noyob kitoblarni asl holatini saqlagan holda sifatli  skanerlash imkoniyatiga ega. Ushbu robot skanerda  3 ta funktsiya mavjud bo‘lib, qo‘l yordamida, yarim avtomat va avtomat yordamida kitobni skanerlash imkoniyatiga ega. Bu skaner orqali nashrni elektron ko‘rinishga o‘tkazishda uning yo‘riqnomasiga amal qilgan holda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda elektron ko‘rinishga o‘tkaziladigan nashr skanerning maxsus joyiga qo‘yiladi va skanerning maxsus dasturi orqali kerakli amallar bajariladi. 
 
6.MEKEL M 200 VIEWSCAN markali fotoplyonka va flishkardlarni elektron ko‘rinishga o‘tkazadigan skaner. Ushbu skaner 1 ta plyonkani 1-2 soniya vaqt davomida skanerlash imkoniyatiga ega bo‘lib, plyonkalarni skanerlash jarayonida har xil formatlardan (PDF, BMP, JPEG, TIFF) foydalanish imkoniga ega. 
 
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida mavjud bo‘lgan yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan, zamonaviy texnik vositalar nashrlarni turli formatdan (PDF, JPEG, TIFF, RTF, EPUB, DOC, BMP) elektron ko‘rinishga o‘tkazish, o‘tkazilgan nashrlarga maxsus Acrobat® 7.0 Professional, Acrobat® 7.0 Elements, ABBYY Fine reader, Scan Tailor dasturlari orqali ishlov berish, materiallarni maxsus dasturlar orqali muhofazalash hamda  elektron ko‘rinishdagi nashrlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi (AAKT) dasturiga sifatli yuklash imkonini beradi.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM