Bosh sahifa > KUTUBXONA FAOLIYATI > Kutubxona tarkibiy bo‘linmalari

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy axborot-kutubxona fondlariga ulanish xizmati

 

  Usmonaliev Dilshod Dilmuradovich
  Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy axborot-kutubxona fondlariga ulanish
  xizmati rahbar
  Tel: (998971) 232-83-94
  Fax: (998971) 239-16-58
  Toshkent, 100017, Navoiy ko'chasi, 1
  E-mail: d.usmanaliev@natlib.uz
 
 
Xizmatning asosiy vazifalariga kutubxonaning avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimlarini rejalashtirish, loyihalashtirish va ishga layoqatli holatda saqlash kiradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy axborot-kutubxona fondlariga ulanish xizmati integratsiyalashgan, avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimini qo‘llab rivojlantiradi, Milliy elektron katalogini shakllantirish va undan foydalanish metodlari va vositalarini tadqiq qilish, elektron katalog va elektron ma'lumotlar bazasini yaratish, Milliy kutubxonaning Web-sayti, uning dizayni va ichidagi materiallarni doimo takomillashtirib borish va yuqori darajada saqlash, mahalliy tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha va xorijiy kutubxona resurslariga ulanishni faollashtirish bo‘yicha hamkorlik ishlarini olib boradi.
- Kutubxonani  avtomatlashtirishning eng muhim yo‘nalishlariga ko‘ra funksional va texnik talablarni tayyorlash;
- Kutubxona xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnika vositalari bilan ishlash asoslarini o‘rgatish, maslahatlar o‘tkazish. Foydalanuvchilarga kutubxonaning axborot tarmog‘idan maslahatlar berish. 
- Kutubxonada avtomatlashtirilgan axborot kutubxonachilik tizimini joriy qilish bo‘yicha muvofiqlashtirish ishlari;
- Kutubxona xizmat bo‘linmalari ishini avtomatlashtirilgan rejimdagi texnologik jarayonlar sxemasini (kutubxonachilik texnologiyalari xizmati bilan hamkorlikda) ishlab chiqish. Kutubxonaning boshqa texnologik uchastkalariga avtomalashtirish dasturini yozish va keyinchalik qo‘llab-quvvatlash;
- Namunaviy dasturiy ta'minotni o‘rnatish.
- MK WWW serverini yaratish, uni o‘z vaqtida axborotlar bilan to‘ldirishni nazorat qilish, HTML  sahifasini yaratish, MK ma'lumotlar bazasi va boshqa turdagi axborot massivlaridan foydalanishni ta'minlash.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM