Bosh sahifa > KUTUBXONA FAOLIYATI > Kutubxona tarkibiy bo‘linmalari

Elektron buyurtmalarni muvofiqlashtirish va resurslarni masofaga yetkazib berish xizmati

 

 

   Zakirov Rahim Tursunbayevich
   Elektron buyurtmalarni muvofiqlashtirish va resurslarni masofaga yetkazib berish xizmati v.v. b. rahbar
   Tel: (998971) 232-83-94

   Fax: (998971) 239-16-58
   Toshkent, 100017, Navoiy ko'chasi, 1
   E-mail: info@natlib.uz

   Elektron buyurtmalarni muvofiqlashtirish va resurslarni masofaga yetkazib berish xizmat nizom (.pdf 172 KB)

 

Xizmatning asosiy vazifasi foydalanuvchilarga Kutubxonaning axborot-kutubxona fondi axborot-kutubxona resurslarining ma’lum qism (15%)ni masofadan turib elektron pochta orqali yetkazib berish.
Elektron buyurtmalarni muvofiqlashtirish va resurslarni masofaga yetkazib berish xizmati an`anaviy hamda masofadan turib Milliy kutubxona xodimlariga, respublikaning barcha axborot-kutubxonalari, yuridik maqomga ega bo`lgan korxona va tashkilotlar, professor-doktorlar, akademiklarga shuningdek, chet el fuqarolari va xorijiy korxona xodimlariga xizmat ko`rsatadi.

An`anaviy xizmat ko`rsatishda foydalanuvchi ma`lumotdan vaqtincha foydalanish uchun  elektron yoki an`anaviy tarzda  buyurtma berishi mumkin. 

Masofadan xizmat ko`rsatishda buyurtmalar elektron shaklda qabul qilinadi, tayyorlanadi hamda sifatli va tezkorlik bilan foydalanuvchiga yuboriladi.

Ma`lumotlar asl nusxada, ko`chirma nusxa yoki elektron ko`rinishda taqdim etilishi mumkin.

Kutubxonalararo xizmat ko`rsatishning yangi shakli – elektron resurslarni masofaga yetkazib berish xizmati bo’lib, ushbu xizmat turidan foydalanish buyurtmalar bajarish muddatini sezilarli darajada qisqartiradi.

Elektron resurslarni masofaga yetkazib berish xizmati – pullik xizmat ko`rsatish turi bo`lib, foydalanuvchiga (yuridik va jismoniy shaxslarga) kutubxona fondidagi nashrlarning elektron nusxasini qo`lga kiritishga imkon yaratadi.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM