Bosh sahifa > KUTUBXONA FAOLIYATI > Kutubxona tarkibiy bo‘linmalari

Foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish hizmati

 

 

  Kim Marina Nikolaevna
  Foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish xizmat rahbari

  Tel: (998971) 232-83-90
  Fax: (998971) 239-16-58
  Toshkent, 100017, Navoiy ko‘chasi, 1
  E-mail:info@natlib.uz

  Foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish xizmat nizomi (.pdf 244 KB)


Xizmatning asosiy vazifasi – foydalanuvchilarni ro‘yxatga olishni ta’minlash.
Kutubxonaning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish huquqini ta’minlovchi elektron kitobxon bileti (ID karta) Kutubxonaning pullik xizmatlar preyskurantiga muvofiq, 3 yil muddatga beriladi.
Kutubxonaga a’zo bo‘lish uchun fuqarodan shaxsni tasdiqlovchi hujjat: pasport, harbiylik guvohnomasi, (xujjatning nusxasi, xaydovchilik guvohnomasi, ish joyidan guvohnoma bundan mustasno) 14 dan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun esa tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bilan ota yoki onasining pasporti,o‘qish joyidan ma’lumotnoma kerak bo‘ladi. ID karta foydalanish uchun o‘zga shaxsga berilishi mumkin emas.
A’zo bo‘lish uchun zarur bo‘lgan hujjat taqdim etilganidan va ID karta uchun (rangli tasvir- 9000 so‘m, oq-qora tasvir 5000 so‘m, qog‘oz ko‘rinishida 4000 so‘m) badal puli to‘langanidan so‘ng ro‘yxatga olish xizmatining mutaxassislari foydalanuvchini suratga tushiradi va 5 daqiqada ID karta tayyorlab beradi.
Elektron kitobxon bileti (ID)ga haq to‘lash bo‘yicha quyidagi imtiyozlar nazarda tutilgan:
imkoniyatlari cheklangan shaxslar (1 va 2-guruh nogironlari) tegishli hujjatni taqdim etganlari taqdirda elektron kitobxon bileti (ID)ni bepul oladilar.
ID karta topshirish chog‘ida foydalanuvchiga birlamchi maslahat beriladi.
Foydalanuvchilar toifalariga qarab kitob berish kafedralariga biriktiriladi.

Foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish xizmati:
Dushanba-juma: 9.00-19.00 Shanba-yakshanba: 9.00-16.00
 

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM