Bosh sahifa > KUTUBXONA HAQIDA > O‘quv zallar

“Alisher Navoiy” adabiy meroslar zali

«Alisher Navoiy» zali kutubxonaning yangi zali hisoblanadi. Ushbu zal 24 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 4 tasi kompyuterlashtirilgan. Zal keng qamrovli foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadi. Adabiy meroslar zalida Alisher Navoiy kitoblarining to‘liq elektron nusxasi, uning hayoti va ijodiga oid adabiyotlar hamda mumtoz adabiyotimiz namoyondalarining asarlari o‘rin olgan. Shuningdek, respublikamizda chop etilgan vaqtli matbuot nashrlari bilan boyitib boriladi. «Alisher Navoiy» zalida turli tadbirlar: davra suhbatlari, seminar-treninglar, bahs-munozara va adabiy uchrashuvlar o‘tkazib boriladi.

AN’ANAVIY XIZMAT TURLARI:
- bosma nusxadagi hujjatlar (kitob, jurnal, gazeta);
- elektron hujjatlar;
- kompyuterdan foydalanish (dasturlarda ishlash - Word, Excel, elektron katalog,  Internet va boshq.);
- Lex.UZ qonun xujjatlari milliy bazasidan foydalanish;
- ma’lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat berish.
QO‘ShIMChA XIZMAT TURLARI:
- fayllarni chop etish;
- elektron ma’lumotni CD, fleshkaga ko‘chirish. 
ISh VAQTI:
Dushanba - juma: 9ºº - 20ºº
Shanba - yakshanba: 9ºº - 17ºº
Toshkent sh, 100017, Navoiy ko‘chasi,1
Zal 2-qavatda  joylashgan.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM