Bosh sahifa > KUTUBXONA HAQIDA > O‘quv zallar

“Internet va media markazi”

Internet va Media markazi barcha toifadagi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadi. Zalda foydalanuvchilar uchun 36 ish joyi mavjud bo‘lib, shundan 22 tasi kompyuterlar bilan jihozlangan. Shuningdek, foydalanuvchilar shaxsiy kompyuterlaridan foydalanishlari uchun qo‘shimcha ish joylari ham ajratilgan. Kutubxona kompyuterlari yoki shaxsiy kompyuterlari orqali Internet tarmog‘iga ulanish mumkin. Media markazi zalida ochiq fondda kutubxona elektron resurslari, CD va DVD shaklidagi resurslar va kompyuter texnologiyasi bo‘yicha adabiyotlar jamlangan. Imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun MR3 formatdagi audio  kitoblar ham mavjud. Shuningdek, o‘zbek va rus tillarida elektron darsliklar va videolavhalar ham foydalanuvchiga taqdim qilinadi.
AN’ANAVIY XIZMAT TURLARI:
- elektron hujjatlar;
-audio kitoblar, elektron darsliklar;
- kompyuterdan foydalanish (dasturlarda ishlash - Word, Excel, elektron katalog, Internet, ZiyoNet va boshqalar.);  
- Lex.Uz qonun hujjatlari milliy bazasi-dan foydalanish;
- ma’lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat berish;
    
QO‘ShIMChA XIZMAT TURLARI:
- nusxa ko‘chirish;  
- fayllarni chop etish;
- elektron ma’lumotni CD, fleshkaga ko‘chirish.
ISh VAQTI:
Dushanba - juma: 9ºº - 20ºº
Shanba - yakshanba: 9ºº - 17ºº
Toshkent sh. 100017, Navoiy ko‘chasi,1 
Zal 3-qavatda joylashgan

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM