Bosh sahifa > KUTUBXONA HAQIDA > O‘quv zallar

“Adolat” yuridik adabiyotlar zali

Zalda o‘zbek va rus tillarida yuridik sohaga oid adabiyotlar hamda respublikamiz va xorijda nashr qilingan yuridik jurnallar jamlangan. Zalda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foyda­langan holda, mustaqil ravishda kutubxonaning elektron katalogini ko‘rib chiqishi va buyurtmalarni rasmiylashtirishi, elektron resurslardan erkin foydalanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qabul qilingan yuridik sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni foydalanuvchilarga tezkor etkazish maqsadida o‘quv zalida «Me’yoriy-huquqiy nashrlar» burchagi tashkil qilingan bo‘lib, foydalanuvchi zarur bo‘lgan axborotni tarqatma material sifatida o‘zi bilan olib ketishi mumkin.

«Adolat» zali 50 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, shundan 10 tasi kompyuterlashtirilgan va Internet tarmog‘iga ulangan. Zalda turli tadbirlar: davra suhbatlari, seminarlar, treninglar, turli o‘qishlar tashkil qilish mumkin.

AN’ANAVIY XIZMAT TURLARI:

- bosma nusxadagi hujjatlar (kitob, jurnal, gazeta);
- elektron hujjatlar;
- kitob ko‘rgazmalari;
- kompyuterdan foydalanish (dasturlarda ishlash – Word, Excel, elektron katalog, Internet, ZiyoNet va boshq.); 
- Lex.UZ qonun xujjatlari milliy bazasidan foydalanish.

QO‘ShIMChA XIZMAT TURLARI:

- nusxa ko‘chirish;
- skanerlash;
- fayllarni chop etish;
- elektron ma’lumotni CD, fleshkaga ko‘chirish.

ISh VAQTI:

Dushanba - juma: 9ºº - 20ºº
Shanba - yakshanba: 9ºº - 17ºº
Toshkent sh, 100017, Navoiy ko‘chasi,1
Zal 2-qavatda joylashgan  

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM