Bosh sahifa > KUTUBXONA HAQIDA > O‘quv zallar

“Kashfiyot” ilmiy zali

«Kashfiyot» ilmiy zali 50 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, undan 10 tasi kompyuterlar bilan ta’minlangan. O‘quv zalidan asosan ilmiy xodimlar, magistrlar, stajyor-tadqiqotchilar foydalanadi. Zalda foydalanuvchilar uchun zarur  ma’lumotnoma nashrlar: entsiklopediyalar, lug‘atlar, ochiq tarzda joylashgan. Ko‘p so‘raladigan gazeta va jurnallar ham foydalanuvchilarga taqdim qilinadi. Mavjud kompyuterlar Internet tarmog‘iga ulangan. Shuningdek, zalda foydalanuvchilarga shaxsiy kompyuterlari, planshetlari orqali simsiz Internetga ulanish imkoni yaratilgan.
«Kashfiyot» ilmiy zalida turli tadbirlar: davra-suhbati, seminar-trening, bahs-munozara, tanlovlar, mahorat maktablari o‘tkazish mumkin. Tadbirlarni muvaffaqiyatli o‘tishi uchun zal proektor, ekran kabi texnika vositalari bilan ta’minlangan.
 
 
 
AN’ANAVIY XIZMAT TURLARI:
- bosma nusxadagi hujjatlar (kitob, jurnal, gazeta);
- elektron hujjatlar;
- kitob ko‘rgazmalari;
- kompyuterdan foydalanish (dasturlarda ishlash - Word, Excel, elektron katalog, Internet, Ziyo net va boshq;
- Lex.UZ qonun hujjatlari milliy bazasidan foydalanish;
- Ma’lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat berish
 
 
 
QO‘ShIMChA XIZMAT TURLARI:
- fayllarni chop etish;
- elektron ma’lumotni CD, fleshkaga ko‘chirish.
 
 
ISh VAQTI:
Dushanba - juma:  9ºº - 20ºº
Shanba - yakshanba:  9ºº - 17ºº
Toshkent sh, 100017, Navoiy ko‘chasi ,1
Zal 3-qavatda joylashgan

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM