Bosh sahifa > KUTUBXONA HAQIDA > O‘quv zallar

“Ijod” musiqiy adabiyotlar zali

«Ijod» musiqiy adabiyotlar zali ixtisoslashtirilgan zallardan bo‘lib, musiqa san’ati  bilan  qiziquvchi  foydalanuvchilarga  xizmat ko‘rsatadi.
Zalda musiqiy nashrlar: notalar, gramplastinkalar, audiodisklar bilan birgalikda san’atning turli jabhalari: kino,  teatr,  balet san’atiga, shuningdek, tasviriy san’at va arxitekturaga oid  nashrlar ham mavjud. 
Zalda foydalanuvchilarga o‘zlarini qiziqtirgan nashrlarini olib o‘qish, nusxa ko‘chirish, tinglash imkoniyati yaratilgan. Musiqiy adabiyotlar fondida  67 000 nota, 11 000 dan ziyod gramplastinkalar mavjud bo‘lib, foydalanuvchilar ulardan nusxa ko‘paytirish imkoniga ega.
«Ijod» musiqiy adabiyotlar zalida ko‘rgazmalar, turli tadbirlar: musiqiy kechalar, musiqaga oid tanlovlar, adabiy kechalar tashkil qilib boriladi.
 
 
 
AN’ANAVIY XIZMAT TURLARI:
 
- bosma nusxadagi hujjatlar (nota, kitob, jurnal, gazeta);
- audiovizual nashrlar (gramplastinka, CD va DVD disklar);  
- elektron hujjatlar;
- kitob ko‘rgazmalari;
- kompyuterdan foydalanish (dasturlarda ishlash - Word, Excel, elektron katalog, Internet, ZiyoNet va boshq.);  
- Lex.UZ qonun xujjatlari milliy bazasidan foydalanish;
- ma’lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat berish. 
 
 
 
QO‘ShIMChA XIZMAT TURLARI:
 
- nusxa ko‘chirish;
- fayllarni chop etish;
- elektron ma’lumotni CD, fleshkaga ko‘chirish. 
 
 
ISh VAQTI:                                                                                 
 
Dushanba - juma: 9ºº - 20ºº 
Shanba - yakshanba: 9ºº - 17ºº 
Toshkent sh, 100017, Navoiy  ko‘chasi,1
Zal 3-qavatda joylashgan 
 

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM