Bosh sahifa > KUTUBXONA HAQIDA > O‘quv zallar

“Ilm” dissertatsiyalar zali

«Ilm» zali kutubxonadagi ilm bilan shug‘ullanuvchi foydalanuvchilarga: magistr, stajyor-tadqiqotchi, fan nomzodi, doktor, professor va akademiklarga xizmat ko'rsatadi. Mazkur zalning fondi 13 500 dan ortiq bo‘lib, respublikamizda 1991 yildan keyin fanning barcha sohalari bo'yicha himoya qilingan, Oliy Attestatsiya Komissiyasi tasdig‘idan o‘tgan nomzodlik va doktorlik dissertasiyalari mavjud. Shuningdek, dissertasiyalar zalida 54 nomdagi ilmiy va aniq fanlar bo‘yicha 46 nomdagi Referativ jurnallar ham jamlangan. Fonddagi dissertasiyalar qo‘lyozma va to‘liq elektron shaklda.

«Ilm» zali Rossiya davlat kutubxonasining virtual zali hisoblanadi. Virtual zalida  Rossiyada  himoya qilingan 760 ming dan ziyod nomzodlik va doktorlik dissertasiyalari, avtoreferatlar bilan tanishish imkoniyati mavjud. Shuningdek, ushbu zalda foydalanuvchilar tomonidan ko‘p so‘raladigan 50 dan ortiq nashrlar: ensiklopediyalar, lug‘atlar, ma’lumotnomalar ochiq tarzda joylashgan.

AN’ANAVIY XIZMAT TURLARI:
- bosma nusxadagi hujjatlar (kitob, jurnal, gazeta);

- elektron hujjatlar;
- kompyuterdan foydalanish (dasturlarda ishlash - Word, Excel, elektron katalog  va boshqalar);  

- Lex.UZ qonun xujjatlari milliy bazasidan foydalanish;
- ma’lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat berish.

QO‘ShIMChA XIZMAT TURLARI:
- nusxa ko‘chirish;

- fayllarni chop etish;
- elektron ma’lumotni CD, fleshkaga ko‘chirish. 

ISh VAQTI:
Dushanba - juma: 9ºº - 20ºº

Shanba - yakshanba: 9ºº - 17ºº
Toshkent sh, 100017, Navoiy ko‘chasi, 1
Zal 4-qavatda  joylashgan.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM