Bosh sahifa > KUTUBXONA HAQIDA > O‘quv zallar

“Tafakkur” bosh o‘qish zali

«Tafakkur» bosh o‘qish zali foydalanuvchilar uchun xizmat ko‘rsatib turgan zallarning eng kattasi hisoblanadi. Zaldan bir vaqtning o‘zida 100 kishi foydalanishi mumkin, uning 20 tasi zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan. 
«Tafakkur»  zalining yordamchi fondi 35 mingga yaqin bo‘lib, unda foydalanuvchilar tomonidan ko‘p so‘raladigan, eng yangi va dolzarb mavzularga bag‘ishlangan o‘zbek va rus tillaridagi adabiyotlar jamlangan. Shuningdek, respublikamiz va xorijda (Rossiyada)  chop etilgan vaqtli matbuot nashrlari ham bor. 
O‘quv zalida ma’lumotnoma nashrlar: ensiklopediyalar (sohalarga oid), lug‘atlar ochiq fondda joylashgan.



Zalda har bir bayramlarga, mashhur shaxslarning tavallud topgan kunlariga bag‘ishlangan yangi adabiyotlarning ko‘rgazmalari tashkil qilinadi. Shuningdek, imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan maxsus Brayl yozuvli kitoblar  hamda kompyuterlar ham mavjud.


AN’ANAVIY XIZMAT TURLARI: 
- bosma nusxadagi hujjatlar (kitob, jurnal, gazeta);
- elektron hujjatlar;
- kitob ko‘rgazmalari;
-kompyuterdan foydalanish (dasturlarda ishlash - Word, Excel, elektron katalog, Internet, ZiyoNet va boshqalar);  
- Lex.UZ qonun hujjatlari milliy bazasidan foydalanish;
- ma’lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat berish.



QO‘ShIMChA XIZMAT TURLARI:
- skanerlash;
- fayllarni chop etish (rangli va qora-oq);
- elektron ma’lumotni CD, fleshkaga ko‘chirish;
- internetdan, Wi-Fi dan foydalanish.



ISh VAQTI:
Dushanba - juma: 9ºº - 20ºº
Shanba - yakshanba: 9ºº - 17ºº
Toshkent sh, 100017, Navoiy ko‘chasi, 1
Zal 3-qavatda  joylashgan.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM