Bosh sahifa > KUTUBXONA HAQIDA > O‘quv zallar

“Istiqbol” talaba va yoshlar zali

Kutubxona foydalanuvchilarining 80%foizini yoshlar tashkil qilganligi uchun «Istiqbol»  zali talaba yoshlarga xizmat ko‘rsatadi. «Istiqbol» o‘quv zali 50 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib,  shundan 6 tasi kompyuterlashtirilgan va Internet tarmog‘iga ulangan.  
«Istiqbol»  zalida yordamchi  fond ochiq tarzda foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadi. Foydalanuvchi o‘zini qiziqtirgan mavzu bo‘yicha fonddan kitoblarni mustaqil ravishda tanlab olishi va foydalanishi mumkin. Fond o‘zbek va rus tillarida  fan sohalari bo‘yicha joylashtirilgan.  Fondning ochiq tarzda joylashishi foydalanuvchi uchun juda qulay hisoblanadi va yangi kelgan kitoblar bilan bevosita yaqindan tanishish imkonini beradi. 
O‘quv zaliga foydalanuvchilarning bir kundagi tashrifi o‘rtacha 100-150 kishini tashkil qiladi. 

AN’ANAVIY XIZMAT TURLARI:
- bosma nusxadagi hujjatlar (kitob, jurnal, gazeta);

- elektron hujjatlar;
- kitob ko‘rgazmalari;
- kompyuterdan foydalanish (dasturlarda ishlash - Word, Excel, elektron katalog, Internet, ZiyoNet );  
- Lex.UZ qonun hujjatlari milliy bazasidan foydalanish;
ma’lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat berish 


QO‘ShIMChA XIZMAT TURLARI:
- fayllarni chop etish;

- elektron ma’lumotni CD, fleshkaga ko‘chirish.

ISh VAQTI:
Dushanba - juma: 9ºº - 20ºº

Shanba - yakshanba: 9ºº - 17ºº
Toshkent sh, 100017, Navoiy ko‘chasi,1
Zal 3-qavatda joylashgan.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM