Bosh sahifa > KUTUBXONA HAQIDA > O‘quv zallar

“O‘zbekiston” milliy adabiyotlar zali

 

«O‘zbekiston» o‘quv zali keng qamrovli foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadi. Zaldan bir vaqtning o‘zida 62  kishi foydalanishi mumkin bo‘lib, 13  tasi zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan. «O‘zbekiston» o‘quv zalida o‘zbek va rus tillaridagi mamlakatimiz tarixi va o‘zbek milliy adabiyotini aks ettiruvchi nashrlar hamda folklor, tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid adabiyotlar  jamlangan. Foydalanuvchilar ochiq fonddan mustaqil ravishda foydalanishlari mumkin. Shuningdek, zalda  Milliy kutubxonada tayyorlangan va nashr etilgan o‘lkashunoslik qo‘llanmalari, o‘zbek va rus tillaridagi vaqtli matbuot nashrlari, axborot-kutubxona va bibliografiyaga oid adabiyotlar mavjud.

«O‘zbekiston» o‘quv zalida  o‘zbek va rus tilidagi vaqtli matbuot nashrlari hamda imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun Brayl yozuvidagi kitoblar mavjud. «O‘zbekiston» zali mutaxassislari yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda, o‘zbek va rus tillarida nashr qilingan vaqtli matbuot nashrlarining elektron bazasidan O‘zbekiston Respublikasi o‘lkashunosligiga oid ma’lumotlarni taqdim qilishadi.

AN’ANAVIY XIZMAT TURLARI:
- bosma nusxadagi hujjatlar (kitob, jurnal, gazeta);

- elektron hujjatlar;
- kitob ko‘rgazmalari;
- kompyuterdan foydalanish (dasturlarda ishlash - Word, Excel, elektron katalog, Internet,  ZiyoNet va boshqalar);
- Lex.UZ qonun hujjatlari milliy bazasidan foydalanish;
- imkoniyati cheklanganlar uchun maxsus kompyuterlardan foydalanish;
- ma’lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat berish.

QO‘ShIMChA XIZMAT TURLARI:
- nusxa ko‘chirish;

- fayllarni chop etish;
- elektron ma’lumotni SD, fleshkaga ko‘chirish.

ISh TARTIBI:
Dushanba - juma: 9ºº - 20ºº 

Shanba: 9ºº - 17ºº 
Toshkent sh, 100017, Navoiy ko‘chasi, 1
Zal 2-qavatda joylashgan

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM