Bosh sahifa > KUTUBXONA FAOLIYATI > Asosiy va qo'shimcha xizmatlar

Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish tartibi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish tartibini takomillashtirdi va yuridik shaxslarga o‘z xodimlarini Milliy kutubxonaga a’zo qildirganda ID-kartlarni masofadan olish imkoniyatini yaratdi.
Kutubxonaga a’zo qilishda belgilangan klassifikatsiyaga binoan
ID-kartlarga tartib raqamlari va harfli belgilar beriladi.
Masalan: AAA 130000. AAA shifri – O‘zbekiston Milliy kutubxonasi: 1) A-Toshkent 2) A-tuman 3) A-kutubxonani bildiradi.

ID kart narxi:

- 4000 so‘m (qog‘oz);
- 5000 so‘m (oq qora plastik karta);
- 9000 so‘m (rangli plastik karta).
To‘lov plastik karta va pul o‘tkazish yo‘li orqali amalga oshiriladi.

A’ZO BO‘LISh TURLARI:
1. Kutubxonaning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish huquqini pullik xizmatlar preyskurantiga muvofiq 3 yil muddatga beriladigan kitobxonning elektron bileti (ID-karta) ta’minlaydi. ID-karta foydalanish muddati tugaganidan keyin, foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tishi shart. Foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tish uchun  to‘lov kvitansiyasi, shaxsini tasdiqlovchi  hujjat:  pasport,  doimiy turar joyi ma’lumoti, harbiy bilet va muddati o‘tgan ID-kartani taqdim etishi lozim.
 
2. Elektron pochtaga hujjatlarni yuborish orqali a’zo bo‘lish uchun quyida ko‘rsatilgan jadvalni yuklab olib, to‘ldirib, info@natlib.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.
 

3. Onlayn a’zo bo‘lish uchun ibs.natlib.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish zarur.
Saytda ro‘yxatdan o‘tish Sizga elektron kitobxonlik biletini olish va kutubxonaning elektron katalogidan qidiruvni amalga oshirish imkonini beradi.
Sizga nashrning qog‘oz shakli, kutubxonaning o‘qish zallaridan, elektron manbalaridan foydalanish, litsenziyalangan ma’lumotlar bazalari va ulardagi nashrlarning elektron shakllari kerak bo‘lsa, unday holatda Siz foydalanuvchi sifatida kutubxonaga kelib ro‘yxatdan o‘tib, plastik ID-kartni olishingiz shart.

4. Foydalanuvchilarni yagona ro‘yxatga olish tizimida a’zo bo‘lish.
Viloyatlardagi foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish huquqiga ega mintaqaviy ma’murlarning ro‘yxatdan o‘tishi
Kutubxonaga a’zo qilishda belgilangan klassifikatsiyaga binoan
ID-kartlarga tartib raqamlari va harfli belgilar beriladi.
Masalan: VAA 7777 . VAA shifri – Turon ARM: 1) V-Tosh.viloyati 2) A-shahar 3) A (B,D,E,F…)- kutubxona

 

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM