Bosh sahifa > KUTUBXONA HAQIDA > O‘quv zallar

“Nodir” noyob manbalar zali

 

«Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar» xizmati kutubxona tarkibida 1917 yildan shakllangan bo‘lib, uning fondida 28 mingdan ortiq noyob adabiyotlar saqlanmoqda.
XVI-XIX asrlarda Movarounnahr va Xurosonda bitilgan qo‘lyozma va toshbosma asarlar, XV-XVIII asrlarda G‘arbiy Evropada chop etilgan kitoblar kutubxonaning nodir yodgorliklaridan sanaladi.

 

Kutubxonaning nodir nashrlar kollektsiyasi-dan Markaziy Osiyo va unga chegaradosh Sharq mamlakatlari tarixi va madaniyatiga oid «Turkiston to‘plami» («Turkestanskiy sbornik») alohida o‘rin egallaydi. Bu to‘plamdan XIX asrning 70 yillaridan 1917 yilgacha bo‘lgan tarix, etnografiya, iqtisod, nabotot va hayvonot, arxeologiya, geologiya, Markaziy Osiyo xalqlarining turmush tarzi va madaniyatiga oid alohida kitoblar, gazeta va jurnal qirqimlari joy olgan bo‘lib, u jami 594 jilddan iborat. 10 jildlik (to‘rt qismdan iborat) «Turkiston albomi» («Turkestanskiy albom»)da o‘lkada yashagan xalqlarning hayoti va turmushiga oid 1300 dan ortiq nodir fotosuratlar bor. Turkistondagi ilk davriy matbuot 1870 yil 28 aprel (10 may)dan 1917 yil 15 dekabrgacha bosilgan «Turkestanskie vedomosti», «Turkiston viloyatining gazeti” va boshqalar.

 

XIZMATNING VAZIFALARI:
- foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish va nodir nashrlar hamda qo‘lyozmalarni “Nodir” o‘quv zalida kitobxonlarga berish, fondda saqlanayotgan bosma va qo‘lyozma materiallar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha yozma va og‘zaki bibliografik ma’lumotnomalarni bajarish va maslahatlar berish;
- fond asosida ko‘rgazmali ish, kitobxonlarni qo‘lyozma va bosma materiallar bilan tanishtirish maqsadida suhbatlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;
- qo‘lyozmalarni, nodir va o‘ta noyob matbuot asarlarini, birinchi navbatda, buyuk ilmiy va madaniy ahamiyatga ega O‘zbekistonning milliy matbuot nashrlarini yig‘ish, to‘plash, hisobga olish va ilmiy ishlov berish;
- o‘lkashunoslik adabiyotlarini ochib beruvchi bibliografik ishlarni tayyorlash;
- milliy kutubxonada saqlanayotgan va respublikaning tarixiy va madaniy yodgorligi hisoblangan hujjatlarga milliy elektron katalog va to‘liq elektron matnlar bazasini yaratish: nodir.natlib.uz;
- mamlakatimiz olim va mutafakkirlari tomonidan o‘tmishda yaratilgan noyob qo‘lyozma, toshbosma va nodir kitoblarni, ellik yil muqaddam chop etilgan gazeta, jurnal, albom va boshqa noyob nashrlarni aniqlash va ularni o‘z fondiga qabul qilish, ularni avaylab asrash, mutaxassis foydalanuvchilarga etkazishdan iborat.

 

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM