Bosh sahifa > KUTUBXONA HAQIDA > O‘quv zallar

“Jahon” xorijiy adabiyot zali

 

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kutubxona ochilgan kundan to bugungi kungacha shakllanib kelgan boy xorijiy adabiyotlarga ega. Ushbu adabiyotlar kutubxonaning 4 qavatida joylashgan “Jahon”  o‘quv zalida foydalanish uchun taqdim etiladi. Adabiyotlarning 60% ini ingliz, 30% ini boshqa evropa tillari va 10% ini sharq, avstroosiyo, afrika va boshqa tillardagi hujjatlar tashkil etadi.

50 o‘ringa mo‘ljallangan “Jahon” o‘quv zali eng qimmatli va foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p so‘raladigan nashrlar, jumladan, entsiklopediyalar, lug‘atlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, badiiy adabiyot va o‘lkashunoslik bo‘yicha nashrlardan ochiq foydalanishni tashkil etgan.
Barcha kompyuterlarning ishchi stolida “Зарубежные электронные ресурсы” nomli papka joylashgan.  Xorijiy elektron resurslardan sizni qiziqtirgan mavzular bo‘yicha hamda elektron ilmiy nashrlardan qulaylik bilan foydalanishingiz mumkin.

BIZNING RESURSLAR:
• 375 000 nashr, dunyoning 75 tilida;

• TOEFL, IELTS, GRE, GMAT, SAT, LSAT, MCAT, ACT, CUTTING EDGE va boshqalar;
• Cambridge Journals, East View, EBSCO HOST, eLibrary, DOAB (Directory of Open Access Books), Institute of Physics,  iqeib.ru,  J-STOR, Library Pressdisplay, OECD iLibrary, PtroQuest, Royal Society Publishing, Arxiv.org, BioMed Central, DOAJ, Science Books Online va boshqa xorijiy elektron resurslar;

XIZMATLAR:
• adabiyotlar saralab berish xizmati;

• nusxa ko‘chirish xizmati;
• tasvirlarni skanerlash;
• matnni chop etish;
• ma’lumotlarni fleshkaga va diskka yozish;
• horijiy elektron ma’lumot bazasidan axborot berish.

Ish tartibi:
Dushanba - juma: 9ºº - 20ºº
Shanba - yakshanba: 9ºº - 17ºº

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM