Bosh sahifa > MUTAXASSISLAR UCHUN > Konferensiya va seminarlar

“Central Asia – 2019”: “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XIII Xalqaro konferensiya

2019 yil 24-26 aprel                                   Urgаnch sh.

Konferensiyaning maqsadi - fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot resurslarni rivojlantirish va qo‘llashda axborot-kutubxona muassasalari, oliy ta’lim muassasalari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar faoliyatining amaliy natija beradigan va samarali hamkorligini kuchaytirish.

Kontingent: axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalar, nashriyotlar, arxivlar, muzeylar rahbarlari va mutaxassislari, olimlar, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, AKT mutaxassislari, jamoat arboblari, vazirlik va idoralar vakillari.

Konferensiyaning asosiy tashkilotchilari:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi;

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi;

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi;

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

Kasb-hunar ta’limi markazi;

Xorazm viloyati hokimligi

Axborot ko‘magi: O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari, www.natlib.uz veb-sayti, “INFOLIB” axborot-kutubxona xabarnomasi

Konferensiyani o‘tkazishdan maqsad:       

  • axborot texnologiyalari asrida ta’lim berishning ilg‘or usullari va vositalari orqali yoshlarning mutolaa madaniyatini oshirish;
  • elektron axborot resurslarini shakllantirish, kutubxona tizimlarini yaratish hamda axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar, muzeylarda ulardan foydalanish muammolari bo‘yicha samarali tajriba almashishga ko‘maklashish.
  • axborot-kutubxona xizmat ko‘rsatish sharoitlarida foydalanuvchilarning axborot madaniyati va mediasavodxonligini rivojlantirishga ko‘mak berish.
  • axborot-kutubxona (avvalo, elektron) resurslardan birgalikda foydalanuvchi ijodiy birlashmalar/konsorsiumlar yaratishga, axborot-kutubxonachilik ishida yangi axborot texnologiyalarini o‘rgatish bo‘yicha o‘quv markazlarini tashkil qilish va ularning ishini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish.
  • kutubxonachilik va ta’lim muassasalarining Internet, elektron ma’lumotlar bazalari imkoniyatlaridan kengroq foydalanish, ularga erkin kirishni ta’minlash hamda ularni mazmunan boyitishga qaratilgan harakatlarni faollashtirish.

Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, rus va ingliz tillari

Konferensiyada “Central Asia – 2019: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” maqolalar to‘plami chop etiladi.

Konferensiya natijalari bo‘yicha yakuniy hujjatda o‘z aksini topishi rejalashtirilayotgan tavsiyalar beriladi.

 

Barcha savollar bo‘yicha konferensiyaning tashkiliy

qo‘mitasiga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

100017, O‘zbekiston, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 1

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi,

Ilmiy-metodik va tadqiqot xizmati

Faks: +99871 239-16-58 Telefon: +99871 239-41-18, +99871 232-83-90

E-mail: conf2019@natlib.uz Internet-sayt: www.natlib.uz

 

DASTUR

Konferensiya maqolalari to‘plami (.pdf 2810 kb)

Yakuniy hujjat (.pdf 282 kb) 

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM