Bosh sahifa > MUTAXASSISLAR UCHUN > Muhim va unutilmas sanalar taqvimi

Hurmatli do‘stlar, aziz kasbdoshlar!

 

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston  Milliy kutubxonasi Sizlarni chin dildan Yangi 2019 yil bilan muborakbod etadi! Barchangizga  kirib kelayotgan yilda baxt, quvonch, omad yor bo‘lsin va barcha ezgu niyatlaringiz ro‘yobga chiqsin! Yangi yilning har bir kuni sizlarga tetiklik, g‘ayrat va yaxshi kayfiyat, har bir daqiqasi esa unutilmas, zavqli damlarni in’om etsin!

Aziz kasbdoshlar, mamlakatimizda kitobxonlikni targ‘ib etish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish va kutubxona sohasini zamonaviy darajaga ko‘tarishda barchangizning xizmatingiz beqiyosdir. Sizlarga ziyo taratishdek olijanob ishingizda yuksak kamolot va kasbiy mahorat tilaymiz. Yangi 2019 yilda ma’rifat va ma’naviyat o‘chog‘i hisoblanmish kutubxonalar fondlari yanada boyib, kitobxonlar soni ko‘payishini, sizlarga esa ularga xizmat qilishda kuch-quvvat va ko‘tarinki ruh tilaymiz. Yangi 2019 yilda kutubxonangiz o‘z oldiga qo‘ygan barcha rejalarining amalga oshishini, murakkab muammolar o‘z yechimini topishini va har bir mehnat kuni maroqli o‘tishini tilaymiz! Barchamizni birlashtirgan “Milliy umumta’lim elektron kutubxona” loyihasi doirasidagi faoliyatimiz xayrli boshlanib, muvaffaqiyatli davom etishini tilaymiz!  

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! Barchangizni oilangizga salomatlik, baraka, xotirjamlik, baxt, omad va farovonlik tilaymiz.

 

Alisher Navoiy nomidagi

O‘zbekiston  Milliy kutubxonasi jamoasi

 

 

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM