Bosh sahifa > MUTAXASSISLAR UCHUN > Konferensiya va seminarlar

“INFOLIB  -  2018” VII Milliy axborot-kutubxona haftaligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-son Farmoni, Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash majlisining 2018 yil 9 aprelda tasdiqlangan 1-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bir qator vazirlik, idoralar va manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning 15-20 oktyabr kunlari “INFOLIB - 2018” VII Milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazdi.

Haftalik respublikadagi axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini zamonaviy, yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan xolda axborot olishning manbai, shakl va metodlari hamda mavjud uslublar va imkoniyatlar asosida aholining, ayniqsa yoshlarning intellektual, bilim, ma’naviy-axloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish hamda soha mutaxassislari bilan axborot-kutubxona faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha fikr almashish maydonchasi hisoblanadi.

Haftalik tashkilotchilari – O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, Kasb-hunar ta’limi markazi.

Milliy axborot-kutubxona haftaligining asosiy maqsadi - axborot madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish hamda respublika milliy madaniy merosini asrash, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish, axborot-kutubxona foydalanuvchilariga internet orqali xizmat ko‘rsatish  imkoniyatlarini kengaytirish, yangi zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish kabi ilmiy bilimlarni ommalashtirish; aholining turli qatlamlariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda kutubxonalarning ijtimoiy-madaniy rolini oshirishdan iborat.

Haftalik doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkazildi:

Axborot-kutubxona mutaxassislari uchun kasbga oid tadbirlar:

“Betgerxonlik – 2018. Milliy kutubxona va axborot-kutubxona markazlari birlashuvi – axborot-kutubxona sohasi rivojiga qo‘yilgan muhim qadam” – davra suhbati.

Davra suhbati davomida axborot-kutubxona markazlarining rivojlanish sur’ati muhokama qilindi: axborot-kutubxona faoliyati tahlili (U.Teshabaeva), hududiy axborot-kutubxona markazlarining asosiy ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlili (A.Qilichboev), nashrlarning majburiy nusxalarini taqdim etishda muammo va yechimlar  (I.Sharapova), axborot-kutubxona markazining innovatsion faoliyati (N.Aznabaeva), O‘zbekistonda axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish istiqbollari (S.Sharopov), axborot-kutubxona markazlari mutaxassislarining malakasini oshirish samaradorligi (Sh.Baqoeva), kataloglashtirish yo‘nalishi rivojlanishining muammolari va yechimlari (V.Borisov), axborot-kutubxona muassasalarida markazlashgan komplektlash tizimi (N.Xoldorova), axborot-kutubxona muassasalarining bibliografik faoliyati (Sh.Raximova) haqida ma’lumotlar tinglandi.

O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-son qarori ijrosi bo‘yicha “Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyati ko‘zgusi” mavzusida respublika seminari;

“Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi –  2018” tanlovining respublika bosqichi;

AQSh Kongress kutubxonasi bilan birgalikda kutubxona fondlarini raqamlashtirish va saqlash sohasida tajriba almashish maqsadida videokonferensiya;

Axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining bibliografik bilimini oshirish bo‘yicha  “Bibliograf maktabi”ning nazariy va amaliy mashg‘ulotlari;

“Katalogizator maktabi” – Axborot-kutubxona resurslarini kataloglashtirish o‘quv treningi;

EBSCO Information Service – xorijiy elektron bazasidan faol foydalangan foydalanuvchilarni taqdirlash marosimi;

“Ko‘hna Turon 100 yoshda” Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazining 100 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tadbiri; 

«Biblionoch» - nazm va navo kechasi (qozoq shoiri Abay Qo‘nonboev va qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov ijodiga bag‘ishlangan musiqiy kecha);

Quyidagi tadbirlar doirasida ma’ruzalar qilindi:

eIFL - ochiq xorijiy elektron bazalardan foydalanish bo‘yicha seminar;

Muzey, arxiv, kutubxonalarda olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish va o‘zaro hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan “Moddiy-madaniy meros ob’ektlarining  o‘zaro integratsiyasi” mavzuida  davra suhbati;

Buyuk Britaniyada ta’lim olish uchun “Chevening” xalqaro dasturi (O‘zbekistondagi Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi elchixonasi hamda Buyuk Britaniya kengashi)

Kitob va o‘quv-metodik qo‘llanmalar taqdimotlari:

Muhammadjon Obidovning “Jurnalist surishtiruvi: tajriba va tahlil” – mualliflik kitob taqdimoti;

“Kitob ziyosidan yaralgan ilm” nomli Milliy kutubxonaning fondlarida saqlanayotgan manbalar asosidagi tadqiqotlar samarasi bo‘lgan kitoblar taqdimoti.

Ijodiy uchrashuvlar:

G‘afur G‘ulom nashriyot matbaa-ijodiy uyi hamda “Akademnashr” karikatura rassomlari bilan “Nashriyotdan - kitobxongacha” nomli ijodiy uchrashuv;

«Millionlarni maftun etgan futbol» mavzusida sportchilar bilan uchrashuv;

"Rassom ustaxonasida" mavzuida rassom Rustam Bozorov bilan ijodiy uchrashuv.

Taqdimotlar:

Amerika kutubxonalari haqida taqdimot;

Expert lawyers muassisligida joriy etilgan respublikamizdagi onlayn ilmiy jurnallar www.tadqiqot.uz taqdimoti va xalqaro ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlariga bag‘ishlangan seminar;

Edu Action tomonidan xalqaro “IELTS” imtihoni va uning imtiyozlari haqida ma’lumotga ega bo‘l” mavzuida  taqdimot va viktorina;

Xitoy tili bo‘yicha HSK xalqaro sertifikati va xitoy madaniyati haqida taqdimot (O‘zbekistondagi Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi bilan hamkorlikda);

Italyan shoiri Djakomo Leopardi tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi.

Mahorat maktablari:

Yapon tili. Kalligrafiya. Yapon  an’anaviy san’ati – “Origami” (Inson resurslarini rivojlantirish o‘zbek-yapon markazi); 

San’atshunos Mashhura Xalilova bilan “Nafis san’at bezagi” nomli mahorat darsi;

“Abru bahor” san’ati yo‘nalishida Nasiba Sativoldieva tomonidan mahorat darsi;

“Kashtachilik” yo‘nalishida Is’haqova Nasiba va Samadova Dilnoza tomonidan mahorat darsi;

Miniatyura rassomchiligi va yog‘och o‘ymakorligi yo‘nalishida Bahodir Yo‘ldoshev, Mirabzal Fayziev tomonidan mahorat darsi;

“Somon san’ati” yo‘nalishida Jasur Jumaev tomonidan mahorat darsi;

“Milliy taqinchoqlar” san’ati yo‘nalishida Ma’mura Inoyatova tomonidan mahorat darsi.

Tanlovlar: 

“Kitobxon ona – kitobxon bola” rukni ostida turkum tadbirlar. Tadbirda “Kitobxon ona” (“Chitayuщaya mama”) klubi a’zolari hamda ularning jajji farzandlari ishtirok etadilar;

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida tanlovlar:

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilamiz!” mavzusida 7-8 sinf maktab o‘quvchilari bilan birgalikda geografiya bo‘yicha viktorina;

“Gazeta – tarixning muhrlangan onlari” Yil davomida eng ko‘p o‘qilgan 5 ta nomdagi gazetalar muharrirlari va foydalanuvchilar bilan ijodiy muloqot. Eng ko‘p o‘qigan foydalanuvchini taqdirlash;

“Bilimlar xazinasi kaliti” - maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘zbek va rus tillarida kvest-o‘yin.

Kitob-rasmli ko‘rgazmalar:

«Dengiz va osmon - cheksizlikning ikki ramzi» XVIII-XIX asrlardagi dengiz geografik noyob xaritalarining ko‘rgazmasi;

O‘zbekiston hududi aks etgan xaritalar va kitoblardan tashkil etilgan ko‘rgazma.

Parallel tadbirlar (hafta davomida har kuni)

Kutubxona bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyalarini o‘tkazish;

Kutubxona foyesida rasmlar ko‘rgazmasi (3-qavat foye);

Foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish (Aksiya: har 27 a’zo bo‘lgan foydalanuvchiga sovg‘a);

San’atshunos Mashhura Xalilova bilan “Nafis san’at bezagi” nomli mahorat darsi;

Milliy hunarmandchilik yo‘nalishida: “Abru bahor”, “Miniatyura rassomchiligi”, “Somon san’ati”, “Yog‘och o‘ymakorligi”, “Milliy taqinchoqlar”, “Kashtachilik ” yo‘nalishlarida qilingan hunarmandlar ishlaridan namunalar ko‘rgazmasi.

"INFOLIB - 2018" DASTURI (.pdf 10 mb)

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM