Bosh sahifa > MUTAXASSISLAR UCHUN > Konferensiya va seminarlar

XII Xalqaro konferensiya “Central Asia – 2018: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari"

 

2018 yil 18-20 aprel                                                               Termiz sh.

Konferensiyaning maqsadi - fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot resurslarni rivojlantirish va qo‘llashda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar faoliyatining amaliy natija beradigan va samarali hamkorligini kuchaytirish.

Kontingent: axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalar, nashriyotlar, arxivlar rahbarlar va mutaxassislari, ta’lim muassasalari olimlari, AKT mutaxassislari, jamoat arboblari, vazirlik va idoralar vakillari.

Konferensiyaning asosiy tashkilotchilari:  

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi;

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi;

Madaniyat vazirligi;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Xalq ta’limi vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi;

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi;

“O‘zarxiv” agentligi;

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi;

Surxondaryo viloyat hokimligi

Axborot ko‘magi: O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari, www.natlib.uz veb-sayti, “INFOLIB” axborot-kutubxona xabarnomasi

 

Konferensiyani o‘tkazishdan maqsad:    

  • elektron axborot resurslarini shakllantirish, kutubxona tizimlarini yaratish hamda axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar, muzeylarda ulardan foydalanish muammolari bo‘yicha samarali tajriba almashishga ko‘maklashish.
  • axborot-kutubxona xizmat ko‘rsatish sharoitlarida foydalanuvchilarning axborot madaniyati va mediasavodxonligini rivojlantirishga ko‘mak berish.
  • axborot-kutubxona resurslaridan (avvalo, elektron resurslardan) birgalikda foydalanuvchi ijodiy birlashmalar/konsorsiumlar yaratishga, axborot-kutubxonachilik ishida yangi axborot texnologiyalarini o‘rgatish bo‘yicha o‘quv markazlarini tashkil qilish va ularning ishini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish.
  • kutubxonachilik va ta’lim muassasalarining Internet, elektron ma’lumotlar bazalari imkoniyatlaridan kengroq foydalanish, ularga erkin kirishni ta’minlash hamda ularni mazmunan boyitishga qaratilgan harakatlarni faollashtirish.

Konferensiyaning asosiy seksiyalari:

  • Konferensiyaning yalpi majlisi
  • 1-seksiya. Hududlarda axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishda yangi tendensiyalar: o‘zaro hamkorlik yo‘llari
  • 2-seksiya. Fan va ta’lim rivojida axborot-kutubxona muassasalarining roli
  • 3-seksiya. Axborot-kutubxona muassasalarining nashriyotlar, arxivlar va muzeylar bilan o‘zaro hamkorligi masalalari: hukumat topshiriqlari ijrosi kesimida
  • 4-seksiya. Texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy qilish – aholiga axborot-kutubxona xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda muhim omil.

Мahorat darslari

  • “Jahon axborot resurslari: innovatsion faoliyatda yangicha yondashuv” mahorat darslari

 

Konferensiyada “Central Asia – 2018: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” maqolalar to‘plami chop etildi.

Konferensiya yakunlari bo‘yicha yakuniy hujjatda tavsiyalar berildi.

Konferensiya dasturi (.pdf 186 kb)

Konferensiya maqolalari to‘plami (.pdf 2810 kb)

Yakuniy hujjat (.pdf 282 kb)

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM