Bosh sahifa > MUTAXASSISLAR UCHUN > Konferensiya va seminarlar

“INFOLIB  -  2017” VI Milliy axborot-kutubxona haftaligi

2017 yil, 30 oktyabr – 3 noyabr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son qarori (1-ilova, 21-bandi), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 fevraldagi 126-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2017 yilda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi” (2-ilova, 77-bandi) ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bir qator vazirlik, idoralar va manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning 30 oktyabridan 3 noyabrigacha VI Milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazdi.

Haftalik respublikadagi axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini zamonaviy, yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan xolda axborot olishning manbai, shakl va metodlari hamda mavjud uslublar va imkoniyatlar asosida aholining, ayniqsa yoshlarning intellektual, bilim, ma’naviy-ahloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish hamda soha mutaxassislari bilan axborot-kutubxona faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha fikr almashish maydonchasi hisoblanadi.

Haftalik tashkilotchilari – O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi.

Milliy axborot-kutubxona haftaligining asosiy maqsadi - axborot madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish hamda respublika milliy madaniy merosini asrash, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish, axborot-kutubxona foydalanuvchilariga internet orqali xizmat ko‘rsatish  imkoniyatlarini kengaytirish, yangi zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish kabi ilmiy bilimlarni ommalashtirish; aholining turli qatlamlariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda kutubxonalarning ijtimoiy-madaniy rolini oshirishdan iboratdir.

Haftalik doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkazildi:

Axborot-kutubxona mutaxassislari uchun kasbga oid tadbirlar:

  • “O‘zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona sohasi rivoji masalalari” - davra suhbati. Davra suhbati doirasida axborot-kutubxona sohasining bir qancha masalalari va rivojlantirish vazifalari ko‘rib chiqildi. Davra suhbati yakunlari bo‘yicha respublika axborot-kutubxona sohasi vazifalari va istiqboli rivojining bayoni rasmiylashtirildi.

 Davra suhbati ishtirokchilaridan so‘zga chiqqanlar: L.Tangriev - O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktori, A.Abduazizov - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori, A.Otaqo‘ziev – Respublika axborot-kutubxona markazi direktori, H.Karimova - Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi direktori, Z.Berdieva – Fanlar akademiyasi Asosiy kutubxonasi direktori, K. Mavlyanov – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bosh mutaxassisi, G.Berdimbetova – Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasi direktori o‘rinbosari va respublikaning boshqa axborot-kutubxona muassasalari rahbarlari.

  • “Betgerxonlik – 2017: Xalqaro kutubxona hamkorligi: yangi imkoniyatlar va rivojlanish istiqbollari” - davra suhbati doirasida quyidagi chiqishlar tinglandi: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi vakili Stiv Andersonning “O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari”; Nazarboev nomidagi universitet kutubxonasi ekspert-menedjeri, fan doktori Reysa Alenzuelaning “Birlashgan kutubxonalar uchun advokatsiya: madaniy merosni asrash va BMT 2030 uchun kun tartibi bo‘yicha strategik qarash va muhim tashabbuslar”; Kemerovo davlat madaniyat institutining ijtimoiy soha axborot texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti bilan “Rossiya va O‘zbekiston kutubxonalarida “YuNESKOning o‘qituvchilar uchun media va axborot savodxonligi bo‘yicha o‘quv dasturi” yordamida axborot madaniyati g‘oyasini ilgari surish” mavzusida vebinar.
  • “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi – 2017” Respublika tanlovi yakuniy bosqichi;
  • Islom Karimov asarlari bilimdoni” - Respublika axborot-kutubxona mutaxassislari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov;
  • Sharof Rashidov, Erkin Vohidov va Komiljon Otaniyozovlar xotiirasiga bag‘ishlangan “Kutubxonada nasr, nazm va navo kechasi”;
  • “Axborot-kutubxona resurslarini kataloglashtirishning dolzarb masalalari» - trening;
  • “Qo‘lyozmalar va nodir nashrlar – ma’rifat va madaniyat xazinasiga kalit” - seminar-trening;
  • “Virtual va innovatsion xizmat ko‘rsatish hamda AQSh ommaviy kutubxonalarida zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi” - fan doktori, Toshkentdagi AQSh elchixonasining mutaxissisi Devid Tomasning seminari;
  • “O‘zbekistonda EIFL konsorsiumi: fan va ta’lim taraqqiyotida yangi imkoniyatlar” - seminar-trening;
  • Jamoaviy obuna doirasida Web of Science va EBSCO ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish - trening;
  • “80 yoshli muqaddas bilim dargohi” - Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi 80 yoshga to‘lganligi munosabati ma’naviy-ma’rifiy kecha;

 

Kitoblar va o‘quv-metodik qo‘llanmalari taqdimotlari:

“O‘shal Boburmen men...” - O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori Muhammadali Abduqunduzovning kitobi taqdimoti;

  “O‘zbek yozuvining XX asr tarixi” (1-kitob)- A. Umarov, X. Jamolxonov kitobi taqdimoti;

  “Turkiy xalqlarning so‘z san’ati va lahjalari” - Z. Isomiddinov kitobi taqdimoti;

  “YuNESKOning “O‘zbekistonda  sifatli yangilik dasturlariga tegishli bo‘lmagan dasturlarni tayyorlashda mediasavodxonlikni ilgari surish va  OAV salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida “Media va axborot savodxonligi: talabalar uchun o‘quv qo‘llanma” taqdimoti;

  “Media va axborot savodxonligi: o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma” - YuNESKOning “O‘zbekistonda sifatli yangilik dasturlariga tegishli bo‘lmagan dasturlarni tayyorlashda mediasavodxonlikni ilgari surish va  OAV salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida metodik qo‘llanma taqdimoti.

Ijodiy uchrashuvlar:

O‘zbekiston xalq artisti Xayrulla Lutfullaev bilan ijodiy uchrashuv va “Qo‘shiq va san’atkor” kitobi taqdimoti;

“Ikki daryo o‘rtasi” - O‘zbekiston halq shoiri Iqbol Mirzo bilan ijodiy uchrashuv;

            “Baxshisi bor yurtning bolasi botir bo‘lgay” - O‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov bilan ijodiy uchrashuv;

“Kitob – bilim va ma’naviyat manbai” - shoira Umida Abduazimova bilan ijodiy uchrashuv;

“Kitob va mutolaa mening hayotimda” - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari B. Nazarov, S. Negmatov, R. Zohidov, S. Iskandarov, M. Salohiddinov, B. Zaripovlar bilan ijodiy uchrashuv;

“Olam rassom nigohida” - rassom Umar Rajabov bilan ijodiy uchrashuv.

Taqdimotlar:

«Ochiq ta’lim resurslari» - YuNESKOning «O‘zbekistonda o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limini multimedia va ochiq ta’lim resurslari ishlab chiqishni ta’minlash maqsadida qo‘llab-quvvatlash» loyihasi doirasida portal taqdimoti;

«Rus tili boyligi: Rossiya Federatsiyasida ta’lim olish imkoniyatlari» - ta’lim dasturlari taqdimoti (O‘zbekistondagi Rossotrudnichestvo ko‘magida);

            IELTS xalqaro imtihoni haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘l (British Council ko‘magida);

            Yapon tili bo‘yicha halqaro imtihon va grantlar (Inson resurslarini rivojlantirish o‘zbek-yapon markazi ko‘magida);

            Germaniya: tili, ta’lim tizimi va oliy o‘quv yurtlarida ta’lim» – ta’limiy dasturlar taqdimoti, O‘zbekiston Milliy universiteti «TIVning Germaniyada lektorlar dasturi» lektori Simon Krechmer tomonidan o‘tkazildi (Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida o‘tkazildi);

Mahorat darslarini o‘tkazish:

“Ganch o‘ymakorligi san’ati” - O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi Umar Tohirovning mahorat darsi;

“Miniatyura san’ati” – miniatyurachi rassom Ulug‘bek Ibragimovning mahorat darsi;

“Kulolchilik san’ati durdonalari” -  O‘zbekiston xalq ustasi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi ijodkorlar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston hunarmandlar uyushmasi faxriy a’zosi, usta kulol Maxmudjon Mamajonovning mahorat darsi;

“Yog‘och o‘ymakorligi san’ati” – Abdukarim Saidalievning mahorat darsi;

“Xalq cholg‘u asboblarini yasash mahorati” – O‘zbekiston Badiiy akademiyasi ijodiy uyushmasi a’zosi Raxmatilla Zokirovning mahorat darsi;

“An’anaviy yapon san’ati: origami tayyorlash”- mahorat darsi (Inson resurslarini rivojlantirish o‘zbek-yapon markazi ko‘magida)

Treninglar o‘tkazish:

“Sehrli mamlakat” - ertak/kitobterapiyasi bo‘yicha trening (“DAR” trening-studiyasi ko‘magida o‘tkazildi, treningni oilaviy ruhshunos, art-terapevt Inna Orlova olib bordi);

“Masal va ertaklar yordamida “mulohaza” bilan mutolaa qilish ko‘nikmasini rivojlantirish” – trening (treningni oilaviy va o‘smirlar ruhshunosi, trener Gulsanam Karimova);

“Erkaklar va ayollar psixologiyasi” mavzusidagi interfaol trening (interfaol treningni oilaviy ruhshunos, art-terapevt, trener Irina Kungurova olib bordi);

“His-hayajonli holatni jilovlash” - neyrografika bo‘yicha mahorat darsi (kouch va bolalar ruhshunosi, Tatyana Silkina olib bordi);

Mediasavodxonlik va mediaxavfsizlik asoslari” – trening (YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida o‘tkazildi);

“O‘ziga va o‘zgalarga berilgan va’dani bajarish” - jamoaviy kouching (sessiyani kouch va art-amaliyotchi Kamila Ramanova olib bordi)        

Chet tillarini rivojlantirish va ommalashtirish Markazining “E-learning or teacher student traditional way of learning” (Elektron ta’lim yoki talimning an’anviy usuli) mavzusida debatlar o‘tkazish.

Tanlovlar o‘tkazish:

“Kitoblar xazinasi oroli” - kollej va litsey o‘quvchilari uchun adabiy kvest-o‘yin;

“Kitob orqali olamni kashf etaman» - Toshkent shahar maktab o‘quvchilari o‘rtasida didaktik-interfaol o‘yin;

“Kutubxona ijtimoiy tarmoqlarda” – Instagram sahifasida e’lon qilingan “Kutubxonada selfi” aksiyasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi;

“Biz kitobni sevamiz” - shiori ostida bolalar rasmlari tanlovi  (“UMR” Respublika shol kasalligi invalid bolalar va o‘smirlariga yordam berish jamoat markazi bilan hamkorlikda)

Kitob-rasmli ko‘rgazmalarni o‘tkazish: kutubxona o‘qish zallarida yangi adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmalari; nashriyotlar va kitob savdosi majmualari mahsulotlarining kitob yarmarkasi, amaliy hunarmandchilik ustalarining ko‘rgazmalari.  

Parallel tadbirlar (hafta davomida har kuni)

O‘zbekiston nashriyotlarining yangi kitoblari yarmarkasi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Kitob muzeyida ko‘rgazma

Rassom Umar Rajabovning rasmlari ko‘rgazmalari

“Badiiy ustaxona” – an’anaviy hunarmandchilik ustalari ko‘rgazmalari;

“Kamoliddin Behzod - Temuriylar davrining buyuk musavviri" - Amir Temur muzeyi miniatyuralar foto-ko‘rgazmasi (3-qavat);

Kutubxona bo‘ylab mavzuli ekskursiyalar o‘tkazish va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatini yoritib beruvchi videoroliklar namoyishi;

Kutubxonaning kinomarkazida hujjatli va badiiy filmlar namoyishi;

Kutubxona o‘qish zallarida yangi adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmalari;

“Zamon va makon mushtarakligi” deb nomlangan XVIII-XIX asrlardagi  o‘lkashunoslikka oid  nodir va qimmatbaho geografik xaritalarning ko‘rgazmasi.

 

"INFOLIB – 2017" DASTURI

 

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM