Bosh sahifa > MUTAXASSISLAR UCHUN > Konferensiya va seminarlar

XI Xalqaro konferensiya “Central Asia – 2017: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari"

  2017 yil 26-27 aprel                             Namangan sh.

O‘tkazishning asosi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 fevraldagi 126-f sonli Farmoyishi va ushbu farmoyishda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2017 yilda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi” (1-ilova, 30-band);

2017 yil 2 martdagi Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash majlisining 11-sonli bayoni (10-band).

Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi:

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

Namangan viloyati hokimligi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligi

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Hamkorlik qilish uchun homiylar va boshqa tashkilotchilar taklif qilinadi.

 

Konferensiyaning maqsadi - fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot resurslarni rivojlantirish va qo‘llashda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar faoliyatining amaliy natija beradigan va samarali hamkorligini kuchaytirish.

Konferensiya quyidagilarga undaydi:     

  • elektron axborot resurslarini shakllantirish, kutubxona tizimlarini yaratish hamda axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar, muzeylarda ulardan foydalanish muammolari bo‘yicha samarali tajriba almashishga ko‘maklashish.
  • axborot-kutubxona xizmat ko‘rsatish sharoitlarida foydalanuvchilarning axborot madaniyati va mediasavodxonligini rivojlantirishga ko‘mak berish.
  • axborot-kutubxona resurslaridan (avvalo, elektron resurslardan) birgalikda foydalanuvchi ijodiy birlashmalar/konsorsiumlar yaratishga, axborot-kutubxonachilik ishida yangi axborot texnologiyalarini o‘rgatish bo‘yicha o‘quv markazlarini tashkil qilish va ularning ishini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish.
  • kutubxonachilik va ta’lim muassasalarining Internet, elektron ma’lumotlar bazalari imkoniyatlaridan kengroq foydalanish, ularga erkin kirishni ta’minlash hamda ularni mazmunan boyitishga qaratilgan harakatlarni faollashtirish.

Konferensiyaning asosiy seksiyalari:

  • 1-seksiya. Axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar, OAV: kitobxonlik madaniyatini oshirish va targ‘ibot qilishda hamkorlik masalalari
  • 2-seksiya. Fan va ta’lim rivojida axborot-kutubxona faoliyatining ahamiyati
  • 3-seksiya. Madaniyat va san’at sohasida yagona axborot makoni. Axborot-kutubxona muassasalarining nashriyotlar, arxivlar va muzeylar bilan o‘zaro hamkorligi.
  • 4-seksiya. Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxonachilik tizimlari va texnologiyalarini rivojlantirish masalalari

Davra suhbatlari, seminarlar, mahorat darslari mavzular majmui:

  • “Maktab kutubxonasi ishiga “Maktab o‘quvchisining axborot madaniyati” o‘quv-metodik majmuasini joriy qilish masalalari” seminar-treningi
  • “EBSCO va ProQuest elektron ma’lumotlar bazalari bilan ishlash asoslari” mahorat darslari va vebinar
  • “O‘zbekiston Respublikasi yig‘ma elektron katalogini shakllantirish masalalari” davra suhbati
  • “UZMARC formatida bibliografik yozuvlarni shakllantirish“ treningi

Davra suhbatlari, seminarlar, mahorat darslari va qo‘shimcha tadbirlarning mavzular majmui tayyorgarlik darajasi bo‘yicha shakllantiriladi va konferensiyaning tashkiliy qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.  

Konferensiyada qatnashish shartlari

Konferensiyada qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish arizasini to‘ldirish va tashkiliy qo‘mita manziliga ro‘yxatdan o‘tish badal pulini o‘z vaqtida to‘lash uchun 2017 yil 1 apreldan kechiktirmasdan jo‘natish lozim.

Konferensiya o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.

Axborot ko‘magi: 

O‘zbekiston Respublikasi OAV,

www.natlib.uz veb-sayti

“INFOLIB” axborot-kutubxona xabarnomasi

 

Barcha savollar bo‘yicha konferensiyaning tashkiliy qo‘mitasiga murojaat qilishingiz mumkin:

100017, O‘zbekiston, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 1

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi,

Ilmiy-metodik va tadqiqot xizmati

Faks: +99871 239-16-58 Telefon: +99871 232-83-90

E-mail: conf2017@natlib.uz

Internet-sayt: www.natlib.uz

 

 

KONFERENSIYA DASTURI

YAKUNIY HUJJAT

Central Asia – 2017 xalqaro konferensiya materiallari (.pdf 1,92 MB)

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM