Bosh sahifa > MUTAXASSISLAR UCHUN > Konferensiya va seminarlar

“Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va nashr ettirish faolligi” II Milliy ilmiy-ta’limiy forum

O‘zbekiston Respublikasida ilmiy tadqiqotlar va nashr ettirish faolligi sifatini yanada oshirish va strategiyasini birgalikda ishlab chiqish maqsadida 2017 yilning 21-22 fevralida Toshkent shahrida “Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va nashr ettirish faolligi” II Milliy ilmiy-ta’limiy forum bo‘lib o‘tdi.

Forumda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari, Fanlar akademiyasi ilmiy institutlari, respublikaning yetakchi ilmiy nashriyotlariva axborot-kutubxona muassasalari vakillari, o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, Clarivate Analytics, EBSCO information services, Springer Nature kabi yetakchi ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalari va nashriyotlar vakillaridan iborat 368 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad - forum ishtirokchilarini jahon ilmiy-ta’limiy manbalari ma’lumotlari bilan va yuqori reytingli jurnallarda maqolalar nashr ettirish imkoniyatlari bilan tanishtirish orqali O‘zbekiston Respublikasida ilmiy tadqiqotlarning sifatini yaxshilash va nashr ettirish faolligini oshirishdan iborat.

Forumda O‘zbekistonda ilm-fan va nashr ettirish faolligini rivojlantirish bo‘yicha dolzarb mavzular to‘g‘risida gapirib o‘tildi. Bular: 

  • Ilmiy tadqiqotlar, nashrlar va doktorlik dissertatsiyalari samaradorligi va sifatini oshirish yo‘llari;
  • 2017-2018 yillarda Clarivate Analytics, EBSCO Information Services resurslari va boshqa xorijiy manbalardan ilmiy va ta’lim muassasalarining milliy foydalanishi;
  • Dunyoning yetakchi nashriyotlarining elektron ilmiy-ta’limiy resurslarining dolzarb manbalari va ulardan O‘zbekiston ilmiy-ta’limiy va axborot-kutubxona muassasalarida foydalanish.

Forum doirasida quyidagi mavzular bo‘yicha doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun tahliliy va ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar manbalari bo‘yicha jahonning yetakchi kompaniya-nashriyotlarining ilmiy-ta’limiy bazalaridan foydalanish bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tdi:

“Jahonning yetakchi axborot platformasi Web of Science bilan ishlash”:

yuqori reytingli jurnallar obzori;

WOS bazasida qidiruv imkoniyatlari;

olim va tashkilotning reytingini aniqlash;

ilmiy yutuqlar rivojining monitoringi.

“EBSCO information services ma’lumotlar bazalaridan jamoaviy obuna bo‘lish doirasida foydalanish”;

jamoaviy obuna bo‘lish doirasida ma’lumotlar bazalaridan foydalanish statistikasi (tashkilotlar va yo‘nalishlar bo‘yicha);

EBSCO ma’lumotlar bazalari obzori;

yangi qidiruv imkoniyatlari va resurslari;

multimediali ilmiy-ta’limiy resurslar.

“Ilm-fan va ta’lim taraqqiyotida “Springer Nature nashriyoti axborot mahsulotlaridan foylalanish imkoniyatlari”:

Springer Nature nashriyoti axborot mahsulotlari obzori;

nashr ettirish faolligini rivojlantirishda Springer Nature nashriyoti obzori;

reytingli jurnalda ilmiy maqolani chop ettirishni rasmiylashtirish masalalari.

Shuningdek, “Ilmiy tadqiqotlar va nashr ettirishni qo‘llab-quvvatlashda O‘zbekiston Milliy kutubxonasida elektron axborot-ta’lim resurslaridan foydalanish” mavzusi bo‘yicha axborot taqdim etildi. Axborotda quyidagi yo‘nalishlar yoritildi:

kutubxonaning elektron ilmiy-talimiy ma’lumotlar bazalari obzori;

diss.natlib.uz dissertatsiyalar bazasi obzori;

ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalaridan jamoaviy foydalanishni tashkil qilish masalalari.

“Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va nashr ettirish faolligini oshirishni ta’minlash bo‘yicha takliflar muhokamasi” davra suhbatining mavzusi mahorat darslari va treninglar yakunlari, yalpi majlis doirasida muhokama qilish va tasdiqlash uchun forumning yakuniy hujjatini tayyorlashni ham o‘z ichiga oldi.

Forum tashkilotchilari va qatnashchilari ilmiy tadqiqotlarni axborot bilan ta’minlash saviyasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat ekanligini qayd etishdi:

- muhim ahamiyatli xorijiy ilmiy-ta’limiy resurslardan foydalanishni ta’minlash. Yetakchi ilmiy-ta’limiy ma’lumotlarga, elektron ilmiy jurnallarga obuna bo‘lish.

- resurslar va qidiruv texnologiyalari doimiy taqdimotini tashkil qilish, ko‘rgazmalar, forumlar, tarqatishlar, jahon axborot resurslarini o‘rganish bo‘yicha fanlarni kiritish bilan oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar xodimlari xabardorligini oshirish va h.k.z.

- yuqori reytingli jurnallarda ilmiy xodimlarning nashr ettirishlarini kuchaytirish;

- muhim ahamiyatli axborotdan kelajakda foydalanish uchun oliy ta’lim muassasalari, axborot-kutubxona muassasalari va ilmiy markazlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish.

- vijdonan sinchiklab taqriz qilish, tanlash, ilmiy jurnallarni  Web of Science (WOS) ma’lumotlar bazasiga kiritish hisobiga ilmiy nashrlar va to‘plamlarning nufuzini ko‘tarish.

FORUMNING SAMARADORLIGI

- vazirlik, idora, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar rahbarlari respublika oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari jahon axborot resurslaridan foydalanishning tahliliy natijalari, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy muassasalar reytingini ko‘tarish va ilmiy faoliyatni tashkil qilishning samaradorligini bilib olishdi;

- o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar - jahonning yetakchi nashriyotlari elektron ilmiy-ta’limiy resurslaridan foydalanish va yuqori reytingli jurnallarda ilmiy maqolalarni chop etish imkoniyatlarian xabardor bo‘lishdi. Bu ilmiy darajadagi tadqiqotchilarga o‘zlarining dissertatsiya ishlarini jahon talablariga mos yuqori darajada tayyorlash va rasmiylashtirishga imkon beradi;  

 Axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari ilmiy-ta’limiy resurslarning yangi manbalari, muvofiq muassasalarning ilmiy va ta’limiy jarayonlarini ta’minlash uchun shakllantirish texnologiyalari to‘g‘risida ma’lumot olishdi.

Forum yakunlari bo‘yicha yakuniy hujjat tayyorlandi. Unda respublika ilmiy-ta’limiy sohasini rivojlantirishning asosiy masalalari belgilandi, turli vazirlik va idoralarning fan va ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan yechimlarini shakllantirish va konsolidatsiya qilingan yechimlarni rivojlantirish bo‘yicha kuchlarni faollashtirish yo‘llari belgilab olindi.   

Forumning yakuniy hujjatlari va forum taqdimotlari bilan quyidagi havolalarda tanishishingiz mumkin:

FORUM MATERIALLARI

FORUMNING YaKUNIY HUJJATI

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM