Bosh sahifa > Ko‘p beriladigan savollar

Ko‘p beriladigan savollar

  1. Kutubxonaga necha yoshdan a'zo bo‘lish mumkin?

    14 yoshga to‘lgan xar bir fuqaro a'zo bo'lishi mumkin.

  2. Yosh bolalar ham kutubxonaga a'zo bo‘la oladimi?

    Yo‘q, kutubxonaga 14-16 yoshdan boshlab, tug‘ilganlik haqida guvoxnoma va ota-onasining pasporti  asosida a'zo bo‘lishlari mumkin.

  3. Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolar kutubxonaga a'zo bo‘lishlari mumkinmi?

    Mumkin, shaxsini tasdiqlovchi xujjat (pasport) asosida a'zo bo'lishlari mumkin.

  4. Chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kutubxonaga a'zo bo‘lishlari mumkinmi?

    Mumkin, shaxsini tasdiqlovchi xujjat( pasport,O'zbekiston Respublikasida yashash uchun guvohnoma) asosida kutubxonaga a'zo bo'lishlari mumkin.

  5. Qanday xujjatlar asosida kutubxonaga yozilish mumkin?

    Shaxsini tasdiqlovchi hujjat: pasport yoki harbiy guvohnoma asosida a'zo bo'lishlari mumkin. A'zo bo‘layotganda yana:

    O‘rta masxsus o‘quv muassasa o‘quvchilari uchun o‘quvchilik guvohnomasi,

    oliy o‘quv yurti talabalariga talabalik guvohnomasini taqdim etishlari maqsadga muvofiq.

  6. Kutubxonaga a'zo bo'lish (ID karta olish) uchun necha so‘m to'lanadi?

    ID karta narxi 5000 so‘mni tashkil etadi.

  7. ID kartandan foydalanish muddati qancha?

     ID kartadan foydalanish muddati 3 yil.

  8. ID kartani yo‘qotsa kimga murojaat qilish mumkin?

    ID karta yo‘qotgan taqdiringizda ro'yxatdan o'tish xizmatiga telefon orqali  + 998 71 232 83 94  raqamiga murojaat etishingiz mumkin.

  9. Kutubxonaga yosh bola bilan kirsa bo‘ladimi?

    Kutubxonadan foydalanish qoidasi bo‘yicha barcha 14 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolarga pasport asosida xizmat ko‘rsatiladi, 3 yoshdan 8 yoshgacha bolalaruchun bolalar xonasi xizmat ko‘rsatadi.

  10. Bitta ID karta bilan ikkita foydalanuvchi kirish mumkinmi?

    Yo‘q. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining qoidasiga binoan bitta ID karta bilan ikkita foydalanuvchi kirishi yoki boshqa shaxsga ID kartani berish qat'iyan ma'n etiladi.

  11. Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘lmasa bir marotabali ID karta olish mumkinmi?

    Yo‘q , kutubxonada bir marotabali ID karta ishlatilmaydi.

  12. Kutubxona ish tartibi qanday?

    Kutubxona foydalanuvchilariga quyidagi tartibda xizmat ko‘rsatadi: Har kuni: dushanbadan -jumagacha: 9.00 dan 20.00 gacha; shanba, yakshanba: 9.00 dan 17.00 gacha. Davlat bayramlari arafasida - O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, kutubxona direktori tomonidan tasdiqlangan grafik bo‘yicha ishlaydi:

     Kitobxonlarni ro‘yxatga olish: 9.00-18.00, shanba, yakshanba: 9.00- 15.00;

    - “Tafakkur” katta o‘quv zali: 9.00-20.00, shanba, yakshanba: 9.00- 17.00;

    - “Istiqbol”yoshlar va talabalar zali: 9.00-20.00, shanba, yakshanba: 9.00 - 17.00;

    - “Kashfiyot” ilmiy o‘quv zali: 9.00-18.00, shanba, yakshanba: 9.00 - 17.00;

    - “Nodir” qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar o‘quv zali: 9.00-18.00, shanba: 9.00-17.00, yakshanba dam olish kuni;

    - “Jahon” xorijiy adabiyotlar o‘quv zali: 9.00-18.00, shanba: 9.00- 17.00, yakshanba dam olish kuni;

    - Ilmiy texnikaviy adabiyotlar o‘quv zali: 9.00-18.00, shanba, yakshanba: dam olish kuni;

    - “O‘zbekiston” milliy adabiyotlar va davlat tarixi o‘quv zali: 9.00-20.00, shanba, yakshanba: 9.00 - 17.00;

    - an'anaviy katalog va kartotekalar zali, elektron katalog zali: 9.00-20.00, shanba, yakshanba: 9.00 - 17.00;

    - Virtual ma'lumot xizmati: 9.00-19.00, shanba, yakshanba: 9.00- 17.00; Maxsus o‘quv zallari:

    - “Adolat” huquqiy axborot o‘quq zali: 9.00-20.00, shanba, yakshanba: 9.00 - 17.00;

    - “Ijod” nota-musiqa nashrlar zali: 9.00-20.00, shanba, yakshanba: 9.00- 17.00;

    - “Ilm” dissertatsiyalar o‘quv zali: 9.00-20.00, shanba, yakshanba: 9.00 - 17.00;

    - “Media-markaz” media va internet markazi: 9.00-20.00, shanba, yakshanba:9.00- 17.00i;

    - Elektron kutubxona: 9.00-20.00, shanba, yakshanba: dam olish kuni;

    - Kutubxonalaro abonement va xujjatlarni elektron yetkazish: 9.00-18.00, shanba, yakshanba: dam olish kuni;

    - Kitob muzeyi: 9.00 - 18.00, shanba va yakshanba: 11.00-15.00;

    - Bolalar xonasi: 10.00-16.00, shanba va yakshanba dam olish kuni;

    - Ko‘rgazma zali: 9.00-18.00, shanba va yakshanba: 9.00-16.00;

    - Kinomarkaz: 10.00-16.00, shanba va yakshanba: 10.00-16.00;

    Kutubxona davlat bayramlari kunlarida va sanitariya kunlarida (har oyning oxirgi kuni) ishlamaydi. Istisno hollarda (davlat miqyosidagi tadbirlar o‘tkazilishi munosabati bilan) Kutubxona ish tartibiga o‘zgartirish kiritish mumkin. Bu to‘g‘risida foydalanuvchilarga kutubxonaning axborot stendlari orqali xabar beriladi.

    Foydalanuvchilarga virtual xizmat ko‘rsatish kutubxonaning internet-portali

  13. Kutubxonani ekskursiya qilish qanday tartibda amalga oshiriladi?

    Ekskursiyaga keluvchilar oldindan xat orqali murojaat etishlari va xatda keluvchilar ro‘yxati berilishi kerak. Murojaat uchun telefon: 232 83 94

  14. Qanday qilib kutubxona fondida aniq bir nashr bor yo‘qligini bilish mumkin?

    Ma'lumotnoma axborot xizmatlari ko‘rsatish xizmati xodimlariga yoki telefon 232-83-94 orqali murojaat qilishingiz mumkin. Ma'lumot axborot o‘quv zalida katalog va kartatekalar orqali o‘zingiz qidirishingiz mumkin. (2 qavat); Elektron katalog orqali ham qidirib bilish mumkin.

  15. Kutubxonadan kitobni uyga olib ketish mumkinmi?

    Foydalanuvchilarga adabiyot faqat kutubxona zallarida foydalanish uchun beriladi.

  16. Kutubxonada elektron nusxada kitoblar bormi?

    Xozirgi vaqtda kutubxona fondida raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezident asarlarini elektron nusxasi mavjud. Shu qatorda huquqiy ma'lumot xujjatlari, o‘zbek klassik adabiyoti, nodir kitoblar kolleksiyasi mavjud.

  17. Qanday muddatga kitob buyurtma qilish mumkin?

    Kitob buyurtma qilish kutubxona yopilishiga bir soat qolganda to‘xtatiladi, lekin keyingi kunga kitob buyurtma qilish kutubxona yopilishigacha mumkin.

  18. Qanday muddatda buyurtirilgan adabiyotni olish mumkin?

    Buyurtirilgan adabiyotni 15-20 daqiqada olish mumkin.

  19. Kutubxona saytidan yoki telefon orqali kitobga buyurtma bersa bo‘ladimi?

    Ha mumkin, (http//www.natlib.uz) kutubxona internet portali (elektron katalog) orqali. Telefon orqali buyurtma qabul qilinmaydi.

  20. Kutubxonada kitobni rasmga olsa bo‘ladimi?

    Yo‘q. Ayrim hollarda kutubxona rahbarlari ruhsati bilan skanerlash xizmatidan foydalanish mukin.

  21. Kutubxona xududiga fotoapparat bilan kirish mumkinmi?

    Kutubxonaga fotoapparat bilan kirish man etiladi.

  22. Kutubxona binosiga shaxsiy kitoblar bilan kirsa bo‘ladimi?

    Kutubxona binosiga shaxsiy adabiyotlar (5 tagacha) bilan kirish mumkin. Ularni ro'yxatdan o'tqazish kerak.

  23. Shaxsiy elektron hujjatni kutubxonada qog‘ozga chiqarib olish mumkinmi?

    Shaxsiy elektron hujjatni kutubxonaning media markazida (pullik xizmat asosida) qog‘ozga chiqarib olishingiz mumkin.

  24. Kutubxonada noutbukdan foydalanish mumkinmi?

    Mumkin.

  25. Internet xizmatidan qanday foydalansa bo‘ladi?

    O‘quv zallarida internet xizmatidan (bir kunda 45 daqiqa tekin), shuningdek Media va internet markazida (to‘lov preyskuranti asosida) amalga oshiriladi.

  26. Kutubxonada internetga wi-fi orqali ulansa bo‘ladimi?

    Ha. Internetga wi-fi orqali ulansa bo‘ladi.

  27. Kutubxonada oq qora va rangli hujjatlarni nusxasini ko'chirish, skanerlash mumkinmi?

    Ha. (to‘lov preyskurant asosida)

  28. O‘zbekiston Respublikasida ximoya qilingan dissertatsiyalarning nusxalarini olish mumkinmi?

    O‘zR. dissertatsiyasini 15% ni olsa bo‘ladi, faqat qog‘ozga chiqarish yo‘li bilan. Qo‘l yozmali dissertatsiyalarni kitobxon buyurtmasi oldindan ogohlantirgan holda nusxa olish skanerlash yo‘li bilan amalga oshiriladi

  29. Dissertatsiya zalidan foydalanish uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?

    ID kartadan boshqa hech qanday hujjat talab qilinmaydi.

  30. O‘zbekistonda chiqadigan qonun, farmon, huquqiy hujjatlarni qachon va qayerda qidirsa bo‘ladi?

    Kutubxonaning “Adolat” o‘quv zalida shaxsan o‘zingiz kutubxonaga kelgan holda, yoki internetda Lex.uz sayti orqali qidirishingiz mumkin.

  31. Kutubxonada qanday pullik xizmatlar mavjud?

    Nusxa ko‘chirish, skanerlash, matnlarni chop etish, ma'lum bir soha bo‘yicha bibliografik ma'lumot yig‘ish, bibliografik ro‘yxat tuzish, elektron shakldan fleshkaga nusxa olish. (to‘lov preyskurant asosida)

  32. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qayerda joylashgan?

    Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi 1 uy, “Ma'rifat markazi” binosi, kutubxona indeksi 100017.

  33. Kutubxonaning internet portali qanday?

    www.natlib.uz

  34. Katalog bo‘yicha qidirib topgan adabiyotimni qaysi joydan olaman?

    Kutubxonaga a'zo bo‘lganingizda sizning ID kartangizda kitob oladigan kafedrangiz ko‘rsatiladi.

  35. Bir marotaba buyurtma berganda nechtagacha kitobga buyurtma bersa bo‘ladi?

    Har bir foydalanuvchi asosiy fonddan 10 tagacha kitob buyurtma qilsa bo‘ladi. Agar siz undan kup buyurtma bermoqchi bo‘lsangiz, avval buyurtma bergan 10 ta kitobingizni qaytarib keyingilarini buyurtma bersangiz bo‘ladi.(keyinroq ishlatish uchun bron qilish polkasida 10 tagacha kitob qoldirsa bo‘ladi).

  36. Men qidirgan adabiyot, maqola yoki xujjat kutubxonada bo‘lmasa nima qilishim kerak?

    Kutubxonalaro abonement va xujjatlarni elektron yetkazish xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin va kutubxona kompyuterlaridgi  ish stolida  "Xorijiy elektron resurslardan onlayn tarzda foydalnish"ingiz mumkin.

  37. Kutubxonada qaysi mavzulardagi adabiyotlardan foydalansa bo‘ladi?

    Kutubxona fondida universal adabiyotlar mavjud bo'lib, badiiy adabiyotlar, fan va texnikaga oid hamda barcha fan sohalari bo‘yicha nashrlarni olib foydalansa bo'ladi.

  38. Kutubxonada qanday nodir va noyob nashrlar mavjud?

    XVI-XX asrlarda chop etilgan nashrlar. Bular qo‘lyozmalar, sharq litografiyasi, birinchi Turkistonda chop etilgan jurnal va gazetalari, sharqshunoslar monografiyasi va ilmiy ishlari. Jami qo‘lyozmalar xizmatida, 16 ming noyob va alohida qimmatga ega nashrlar mavjud. XIX- asr boshi XX asr qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar fondi 200 mingdan ortiq.

  39. Kutubxona qaysi chet el mamlakatlari kutubxonalari bilan axborot aloqalari o‘rnatgan?

    Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi quyidagi chet el Milliy kutubxonalari - Polsha, AQSH, Yegipet, Eron, Latviya, Litva, MDH davlatlari va boshqa davlatlar bilan faol ma'lumot almashadi.

  40. Elektron katalog bo‘yicha qidiruv qanday amalga oshiriladi?

    Foydalanuvchi adabiyot qidiruvini avtor, kitob nomi, kalit so‘zi orqali qidirishi mumkin.

  41. Elektron formatda qanday o‘zbek shoirlari, mumtoz yozuvchilarining asarlari mavjud?

    Milliy kutubxonada buyuk o‘zbek mumtoz yozuvchisi Mir Alisher Navoiyning to‘liq elektron asarlarini o'qishingiz mumkin.

  42. Kutubxona foydalanuvchisi bo‘lib elektron katalog va internetdan foydalana olmasa kimga murojaat etadi?

    Foydalanuvchilarni elektron katalog bazasi bilan tanishtirish va o‘rgatish kutubxona mutaxassislarining ish vazifasiga kiradi.

  43. Kutubxonada qanday turdagi qo'shimcha darslar bor ?

    Kutubxonamizda, bepul ravishda, ingliz, koreys va boshqa tillar va sohalar o'rgatuvchi valyontorlar xizmati faoliyat yuritadi.Kutubxonaga a'zo bo'lgan foydalanuvchi 2-qavat valyantorlar xonasiga tashrif buyurib qo'shimchalarga a'zolikga yozilishlari mumkin.

  44. Kutubxonada davra so'hbatlar (“Speaking club”) o'tkaziladimi ?

    Haftaning seshanba va payshanba kunlari soat 15:00 da ingliz tilida “Speaking club”lar doimiy ravishda o'tkazilib turiladi. Rejadan tashqari o'tkaziladigan davra so'hbatlari elonlar taxtachasida elon qilinib boriladi.

  45. Kutubxonadan netbuklarni ijaraga olish mumkinmi ?

    Mimkin. Pasport yoki talabalik guvohnomanitaqdim etgan holda, 3000 (uch ming) so'm soliq to'lovini a'malga oshirib, 3 soatga ijaraga olishingiz mumkin. Netbuklar uyga berilmaydi.

  46. Kutubxonada o'tkaziladigan tadbirlarga kimlar qatnasha oladi ?

    Har bir fuqoro va foydalanuvchilar pasport yoki a'zolik kartasi bilan qatnasha oladi.

  47. Masofadan turib ham kutubxonaga a'zo bo'lish mumkinmi?

    Foydalanuvchilar Kutubxonaga tashrif buyurib ham va masofadan turib ham a'zo bo'lishlari mumkin (ONLINE a'zo bo'lish). Buning uchun siz ibs.natlib.uz saytidagi a'zolik kartochkasini to'ldirishingiz kerak. Milliy kutubxona saytida a'zo bo'lib siz elektron foydalanuvchi kartaga ega bo'lasiz va u orqali kutubxona saytidagi elektron katalogdan qidiruvni a'malga oshira olasiz. Chop etilgan kitoblarni buyurtma qilish, o'quv zallari, elektron resurslar, nashrlar va letsenziyali ma'lumotlar bazasidan foydalanish va boshqa turdagi qo'shimcha xizmatlarni amalga oshirish uchun, Siz alabatta kutubxonaning o'zida foydalanuvchi sifatida a'zo bo'lishingiz va a'zolik kartasini olishingiz lozim.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM