Biografiya

Teshabayeva Umida Alimdjanovna

1975 yilda  Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahrida tug‘ilgan.

Millati-o‘zbek.

Ma'lumoti oliy. 1996 yilda Toshkent Davlat madaniyat institutini kutubxonachi-bibliograf mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.

1996-2001 yillarda Toshkent viloyat o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti Kutubxonasi kutubxonachisi, Kutubxona mudiri;

2000-2006 yillarda  Toshkent davlat Madaniyat instituti aspiranti, Bibliografiya kafedrasi o‘qituvchisi;

2006-2012 yillarda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Ilmiy-metodika bo‘limi bosh kutubxonachisi, Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi mudiri, Axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish bo‘limi mudiri;

2012-2013 yillarda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi O‘qish zallari xizmati rahbari;

20132014 yillarda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktorining axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilgan.

2014 yilning fevral oyidan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktorining axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

U. Teshabayeva  oilali, uch nafar farzandning onasi.

 

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM