Vazifalari

Axborot-kutubxona muassasalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish, ularni muvofiqlashtirish, axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshirish doirasida, shu jumladan axborot resurslarini almashtirish va o‘zaro foydalanish borasida ular bilan samarali o‘zaro hamkorlikni ta’minlashni tashkil qiladi;

      aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlarini, shakl va metodlarini takomillashtirish, maxsus dasturiy komplekslarni joriy etish, elektron axborot-ma’lumot xizmatlar yaratish, zamonaviy kompyuter vositalaridan va ma’lumotlar uzatish texnologiyalaridan foydalanish asosida axborot-kutubxona faoliyati jarayonlarining avtomatlashtirilishini ta’minlashni tashkil qiladi;

      axborot-kutubxona sohasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik faoliyatini, shu jumladan tadqiqot ishlarini o‘tkazishni hamda innovatsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarishni, kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik va kitobshunoslik sohasida metodik qo‘llanmalar hamda tavsiyalar tayyorlashni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;

      O‘zbekiston Respublikasida chiqarilgan nashrlarning davlat bibliografik hisobini va statistika hisobini yuritilishini nazoratini amalga oshiradi;

      zamonaviy usullar va texnologiyalar asosida nodir va alohida qimmatga ega bo‘lgan nashrlarni saqlash, restavratsiya va konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirilishini ta’minlaydi;

     xorijiy axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar, axborot markazlari bilan ilg‘or ish tajribasini o‘rganish va joriy etish bo‘yicha xalqaro kutubxonalararo axborot almashuvlarni rivojlantirish, xalqaro kutubxona anjumanlari va tashkilotlarida qatnashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqadi;

       Milliy kutubxona huzuridagi o‘quv-maslaxat kurslarida va mintaqaviy axborot-kutubxona markazlarida axborot-kutubxona muassasalari kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi hamda chora-tadbirlarni muvofiqlashtiradi.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM