НАЦИОНАЛЬНАЯ БИБЛИОТЕКА УЗБЕКИСТАНА
ИМЕНИ АЛИШЕРА НАВОИ


Контакты
Тел.: (998+71) 239 47 09,
239 11 38,
239 48 75,
Факс: (998+71) 233 09 08.
Узбекистан, 100047,
Ташкент, ул. Хорезмская, 51.
E-mail: navoi@natlib.uz

Namanganda kitob bayrami - Вернуться в раздел

Namangan shahrida 2010-2011 o’quv yilida umumta’lim maktablari uchun mo’ljallangan darsliklar va o’quv-uslubiy qo’llanmalarning ko’rgazma-yarmarkasi bo’lib o’tdi. 

Joriy yilda mamlakatimiz bo’ylab o’tkazib kelinayotgan bunday yarmarkalar matbaachilik sohasida erishilayotgan yutuqlarni keng targ’ib etish, yoshlarning kitobga qiziqish va ishtiyoqini oshirish, chop etilayotgan darsliklar haqida o’qituvchilar va o’quvchilarning fikrini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Ko’rgazmada Cho’lpon, G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa bir qator nashriyotlarda chop etilgan darslik va qo’llanmalar, badiiy va ilmiy adabiyotlar, turli matbaa mahsulotlari namoyish etildi.

Kitob bayramiga aylanib ketgan ushbu ko’rgazmada viloyatning barcha shahar va tumanlaridagi ta’lim muassasalari xodimlari, o’qituvchi va o’quvchilar, adabiyot ixlosmandlari qatnashdi. So’zga chiqqanlar mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlarimizni har jihatdan barkamol etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, chop etilayotgan darsliklarning sifati, yutuq va kamchiliklari xususida fikr-mulohaza bildirdi.

O'zA, A.Sattorov, 15.12.2009 16:10 

http://uza.uz/uz/culture/10606/
 

     След

Профессионалам


Важные дни этого месяца

Март


 

ХРОНИКА СОБЫТИЙ
В 2009 ГОДУ ИСПОЛНЯЕТСЯ

 

КАЛЕНДАРЬ 
ЗНАМЕНАТЕЛЬНЫХ И ПАМЯТНЫХ ДАТ 
НЕЗАВИСИМОЙ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН 
НА 2010 ГОД

 

ХРОНИКА СОБЫТИЙ
В 2010 ГОДУ ИСПОЛНЯЕТСЯ


 

©1999-2010 Национальная библиотека Узбекистана
Форма обратной связи
Топ рейтинг www.uz
Developed by