НАЦИОНАЛЬНАЯ БИБЛИОТЕКА УЗБЕКИСТАНА
ИМЕНИ АЛИШЕРА НАВОИ


Контакты
Тел.: (998+71) 239 47 09,
239 11 38,
239 48 75,
Факс: (998+71) 233 09 08.
Узбекистан, 100047,
Ташкент, ул. Хорезмская, 51.
E-mail: navoi@natlib.uz

1
Изданы следующие книги в издательстве Национальной библиотеки Узбекистана:

1. A. Mirzaahmedov, F.R. Usmonov, Sh. Aripova. MATEMATIKADAN MASALALAR TO‘PLAMI, 6- sinf. Tashkent - 2009.

Mazkur to‘plam iqtidorli, matematikaga qiziqishi bor o‘quvchilarga mo‘ljallangan. U matematikadan 6- sinf uchun amaldagi dastur asosida yozilgan. To‘plamdagi mashqlarni idrok etib, ongli ravishda ishlagan, uddalagan o‘quvchi, tabiiyki, dastur va DTS talablarini yuqori darajada o‘zlashtirgan va bajargan bo‘ladi.
To‘plam o‘quvchilarning DTS talablaridan oshadigan chuqur ta’lim tayyorgarligini ta’minlay oladi, ularning ijodiy salohiyatini namoyon etib, tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda foydali bo‘ladi.
To‘plamdan matematika bo‘yicha sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ham foydalanish mumkin.

2. M.A. Mirzaahmedov, F.R. Usmonov. MATEMATIKADAN MASALALAR TO‘PLAMI. 5-sinf. Tashkent - 2009.

Mazkur to‘plam iqtidorli, matematikaga qiziqishi bor o‘quvchilarga mo‘ljallangan. U matematikadan 5-sinf uchun amaldagi dastur asosida yozilgan. To‘plamdagi mashqlarni idrok etib, ongli ravishda ishlagan, uddalagan o‘quvchi, tabiiyki, dastur va DTS talablarini yuqori darajada o‘zlashtirgan va bajargan hisoblanadi. To‘plamdan matematika bo‘yicha sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ham foydalanish mumkin.

3. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI DAVLAT VA JAMIYAT QURILISHI AKADEMIYASI O‘ZBEKISTONNING YANGI TARIXI MARKAZI.

Prezident Islom Karimov asarlari bibliografiyasi.
Prezident Islom Karimov asarlari bibliografiyasi/ Mas'ul muharrir A. Sagdullayev; tuzuvchilar: N.Jo‘rayev, N. Abduazizova, X.Xidirov va boshq.; kirish so‘zi N. Jo‘rayevniki. Tashkent - 2009.

4. ALISHER NAVOIY NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI. Toshkent 2200 yoshda. Adabiyotlarning bibliografik ko‘rsatkichi.

Ushbu ko‘rsatkichda qadimiy shaharlardan biri Toshkentning tarixi, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayoti, mashhur shaxslari va boshqalar to‘g‘risadagi adabiyotlarning ro‘yxati berilgan. Tuzuvchilar Toshkent bilan bog‘liq ikki mingdan ziyod adabiyotlarning bibliografik ko‘rsatkichlarini jamlab, keng kitobxonlar ommasiga taqdim etadi.

5. Sherzod BARLOS. Qadimiy ilhom. She'rlar va drama. Tashkent - 2009.

Ushbu kitobdan Sherzod Barlosning muhabbat, tarix, vatanga sadoqat haqidagi she'rlari va ishqiy sarguzasht dunyosiga xayolan yetaklovchi tarixiy-badiiy she'riy dramasi o‘rin olgan. O‘ylaymizki, mazkur she'rlar Siz aziz kitobxonlarni befarq qoldirmaydi.

6. Muhabbat HAMIDOVA. QASHQADARYO VOHASI HUNARMANDCHILIGI TARIXI (XIX - XX ASR BOSHLARI). Tashkent - 2009.

Ushbu monografiyada XIX - XX asr boshlarida o‘zbek xalq hunarmandchiligiga doir bir qator masalalar, jumladan, Qashqadaryo vohasi hunarmandchilik markazlari tarixi, turlari, ishlab chiqarish munosabatlari, jarayonlari, ustoz - shogird an'analari, hunarmandchilik uyushmalari o‘rganilgan va tahlil etilgan. Monografiya soha mutaxassislari, shuningdek oliy o‘quv yurtlarining ijtimoiy-gumanitar fakultetlari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari talabalari hamda mazkur mavzu bilan qiziquvchi kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

7. М.А. Рахматуллаев. Семь аспектов дистанционного образования. 2008г. изд. Национальная Библиотека Узбекистана. Ташкент.
Дистанционное образование изложено как технология представления и получения знаний. На основе анализа передового опыта автор выделил семь аспектов дистанционного образования, которые в наибольшей степени отражают эту все больше развивающуюся технологию. Приведены результаты исследований работ, проделанных некоторыми ведущими учеными мира, которые непосредственно занимались и работают в сфере развития дистанционного образования, имеют многолетний опыт использования Интернет в этой сфере. Раскрыты аспекты влияния новой системы получения знаний на организационную структуру учебных заведений, на эффективность повышения уровня образования и другие важные факторы, связанные с учебным процессом.
Система дистанционного образования здесь рассматривается не только как некоторая изолированная образовательная система, но и как структура, которая тесно связана с вопросами информационного обеспечения и стратегического планирования учебных заведений. На основе проделанного анализа, опыта ведущих университетов и исследований даны некоторые рекомендации по различным направлениям развития дистанционного образования.
Представленные результаты исследований ориентированы на руководителей учебных заведений, где проводятся работы по внедрению системы дистанционного образования, а также для преподавателей и студентов вузов.

8. RESPUBLIKA MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT KENGASHI MILLIY G‘OYA VA MAFKURA ILMIY-AMALIY MARKAZI

Shuhrat Rizayev. QALBGA YO‘L. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. Toshkent - 2009

Qalb va unga boradigan yo‘l. Bu yo‘lning o‘ziga xosligi, zamonga aloqadorligi, xalq taqdiriga chambarchas bog‘liqligi... Qo‘limizdagi risolada Yurtboshimiz Islom Karimovning “Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch” asari bois ana shular to‘g‘risida fikr yuritiladi. Hayotiy dalillar va misollar keltirilib, kitobxonni atrof-tevarakdagi hodisalarga faol munosabat bildirishga undaydi.

9. Nodira Egamberdiyeva. IJTIMOIY PEDAGOGIKA. Darslik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida chop etishga tavsiya etilgan. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. Toshkent - 2009

Mazkur darslik pedagogika oliy ta'lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishida ta'lim oluvchi bakalavriatlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kitobda ijtimoiy pedagogika fanining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy pedagogika fanining nazariy asoslari, ijtimoiylashuv jarayonlari va ularning shaxs rivojlanishiga ta'siri, ijtimoiy pedagogik faoliyatning mohiyati, mazmuni, ijtimoiy pedagogik faoliyat turlari, shakl, metod va vositalari kabi masalalar yoritilgan.

10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta'lim vazirligi. Nizomiddin Mahmudov. O‘Qituvchi nutQi madaniyati. Bakalavriatning “O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani” bilim sohasi talabalari uchun darslik. 2-nashri. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. Toshkent - 2009.

Darslikda nutq madaniyatining nazariy asoslari, amaliy masalalari yoritilgan, bunda bevosita o‘qituvchining nutqiy faoliyatiga alohida urQu berilgan. Nutq madaniyatining boshqa fanlar bilan aloqasi ko‘rsatilgan. Nutqning to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, sofligi, boyligi, jo‘yaliligi, ifodaliligi kabi asosiy kommunikativ sifatlari batafsil ta'riflangan, juda ko‘plab faktik misollar tahlili asosida tegishli tavsiyalar umumlashtirilgan. O‘qituvchining nutq texnikasidagi norasolik oqibatida yuzaga keladigan nuqsonlarga ham e'tibor qaratilgan, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy maslahatlar berilgan.

11. Shahzoda Negmatova. Jamiyat va davlatni boshqarishning ma'naviy-ahloqiy asoslari. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. Toshkent - 2009.

Risola ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni boshqarishda ma'naviy-axloqiy norma va tamoyillarning ahamiyatini, rolini tadqiq qilishga bag‘ishlangan. Falsafiy tafakkur tarixida axloqning regulyativ funksiyasi haqidagi Sharq va g‘arb mutafakkirlarining qarashlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning xususiyatlari ko‘rsatib berilgan. Ma'naviy-axloqiy munosabatlarning harakatlantiruvchi motivlari, mexanizmlari, o‘zgarish dialektikasi va dinamikasi haqidagi zamonaviy muqobil ilmiy qarashlar, ta'limotlar o‘rganilgan va umumlashtiruvchi xulosalar chiqarilgan. Milliy ma'naviy-axloqiy qadriyatlar tarixini tiklash zaruriyati va ularni ijodiy rivojlantirishning usullari hamda vositalarini takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Risola ma'naviy madaniyat, ma'rifat, mafkura targ‘iboti bilan shuQg‘llanuvchi mutaxassislarga, ma'naviy-axloqiy munosabat tadqiqotchilariga, ta'lim tizimining turli bo‘g‘inlarida tahsil olayotgan bakalavriat, magistratura talabalariga, aspirantlarga va shu mavzuga qiziquvchi keng kitobxonlarga mo‘ljallangan.

12. O‘ZBEKISTON “MAHALLA” HAYRIYA JAMG‘ARMASI RESPUBLIKA BOSHQARUVI, O‘ZBEKISTON XOTIN-QIZLAR QO‘MITASI, RESPUBLIKA “OILA” ILMIY-AMALIY MARKAZI, MILLIY G‘OYA VA MAFKURA ILMIY-AMALIY MARKAZI
V. Karimova, F. Akramova, N. Xonqulova. mustaHkam OILA -MAHALLA TAYANCHI.

Fuqarolar yig‘inlarida faoliyat yuritayotgan diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar uchun qo‘llanma. Alisher Navoiy nomidagi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. Toshkent - 2009

Ushbu qo‘llanmada bayon etilgan materiallar fuqarolar yig‘inlarida faoliyat yuritayotgan diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilarining faoliyatida foydalanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch” kitobida keltirilgan g‘oyalarning xalq ommasi orasida targ‘ib etilishi va Prezidentimizning “O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonidan kelib chiqadigan vazifalarning ijrosini ta'minlashga oid ilmiy-amaliy tavsiyalar va fikrlar keltirilgan.
 

Профессионалам


Важные дни этого месяца

Март


 

ХРОНИКА СОБЫТИЙ
В 2009 ГОДУ ИСПОЛНЯЕТСЯ

 

КАЛЕНДАРЬ 
ЗНАМЕНАТЕЛЬНЫХ И ПАМЯТНЫХ ДАТ 
НЕЗАВИСИМОЙ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН 
НА 2010 ГОД

 

ХРОНИКА СОБЫТИЙ
В 2010 ГОДУ ИСПОЛНЯЕТСЯ


 

©1999-2010 Национальная библиотека Узбекистана
Форма обратной связи
Топ рейтинг www.uz
Developed by