GULMIRA CHINIQULOVA
BOLALIKKA O‘XSHAYSAN, BAHOR
She`rlar
Alisher Navoiy nomidagi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti
Toshkent – 2009
QISHLOGIM
Yuragimning bir bo’lagi so’lim qishlog’im,
Shifobaxshdir, sut, qatig’ing qaynar bulog’ing.
Durkun yurar yaylovingda qo’zi, ulog’im,
Soy bo’yida rasming chizar sho’x qizalog’ing.
Bog’laringda olma, anor, shaftoli, uzum,
Polizingda ko’pdir qovoq, qovun, tarvuzing.
Tatib ko’rib hiding oldim qaymoq, pishlog’ing,
Hech qaerga alishmasman go’zal qishlog’im.
Soylaringda zilol suving oqadi ravon,
O’sayotgan har giyohing dardlarga darmon.
Toza havoing tanga yoqar, yoqar jonga ham,
Bag’riginang muncha issiq, qishloqjonginam.
полный текст













