ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
O`ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI

 

 


  
 



Bog'lanish
Tel: (998+71) 239 47 09,
239 11 38,
239 48 75,
Faks: (998+71) 233 09 08.
O`zbekiston, 100047,
Toshkent, Xorazm ko`ch., 51.
E-mail: navoi@natlib.uz

Umumiy xizmatlar

I. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan bepul ko‘rsatiladigan xizmatlar

Milliy kutubxona o‘z kitobxonlariga an'anaviy xizmatlarning quyidagi turlarini ko‘rsatadi: 

1. Kutubxonaning o‘quv zallaridagi fondlardan erkin foydalanish, noyob va qimmatli fondlar bundan mustasno; 
2. Kutubxonaning ma'lumot-qidiruv apparatidan (kataloglar va kartotekalaridan) foydalanish; 
3. Kitobxonlarni qiziqtiradigan mavzular bo‘yicha ularga maslahat berish, axborot tanlashda yordam berish;
4. Bibliografik ma'lumotlar, shu jumladan telefon orqali bibliografik ma'lumotlar; 
5. Elektron kataloglar va ilmiy-ta'lim ma'lumotlar bazasi bilan ishlash bo‘yicha o‘quv tadbirlari va treninglar o‘tkazish; 
6. Internet va elektron axborot resurslaridan foydalanish, elektron pochta bilan ishlash - 1 soat bepul;
7. Kutubxona elektron kataloglari va boshqa kutubxonalar, shu jumladan xorijiy kutubxonalar elektron kataloglari bilan ishlash; 
8. Axborot-kutubxona muassasalari xodimlari uchun bir martalik o‘quv seminarlari, malaka oshirish kurslari o‘tkazish;
9. Maslahatlar berish va bir martalik tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatish;
10. Axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona faoliyati yo‘nalishlari asoslari bo‘yicha metodik-bibliografik qo‘llanmalar, tavsiyanomalar, yozma maslahatlashuvlar, sharhlash, dayjestlar tarqatish;
11. Tashrif buyuruvchlar uchun kutubxona, ma'lumot-qidiruv apparati bo‘yicha bir martalik ekskursiyalar o‘tkazish. Kitob va rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etish.  


II. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan pulli ko‘rsatiladigan xizmatlar

Milliy kutubxona quyidagi xizmat turlarini kitobxonlarga pulli ko‘rsatadi:

 
1.KITOBXON BILETI BERISH;
2.KSERONUSXA KO‘CHIRISH va CHOP ETISH;
3.AVTOMATLASHTIRISH BO‘LIMIDAGI XIZMATLAR:
-Tasvirlarni skanirlash;
-Fayllarni chop etish.
4.INTERNET-MARKAZDAGI XIZMATLAR:
- Matn terish, tahrir qilish bo‘yicha mustaqil ishlash uchun shaxsiy kompyuter berish.
5.ELEKTRON MA'LUMOTLAR BAZASI VA INTERNETDAGI MATERIALLARNI SARALASH BO‘YICHA XIZMATLAR;
6.AXBOROT-KUTUBXONA XIZMATLARI:
- Kutubxona kataloglari va kartotekalariga doir mavzu bo‘yicha bibliografik ro‘yxat tuzish:
- Adabiyotlar tanlash va dissertatsiya, diplom va ilmiy ishlarga ilova qilinadigan bibliografik ro‘yxatlarni rasmiylashtirish;
- Shartnomalar tuzish asosida tashkilotlar va muassasalarga axborot-bibliografik xizmat ko‘rsatish.
7. O‘QITISH:
- Boshlovchilar uchun 16 soatlik kompyuter savodxonligi kurslari;
- Kutubxonachilar uchun 16 soatlik kompyuter savodxonligi kurslari;
- IRBIS kutubxona tizimi bilan ishlashga o‘qitish- 30 soat;
- INTERNETda ishlash asoslari - 8 soat;
  - EBSCO ma'lumotlar bazasi va Milliy kutubxonaning ixtisoslashgan ma'lumotlar bazasi (avtoreferatlar ma'lumotlar bazasi, Turkiston to‘plami va hokazolar) bilan ishlashga o‘qitish - 8 soat.
 
8.Kutubxona hududida boshqa tashkilotlarning ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-texnik va ta'lim xususiyatiga ega bo‘lgan TADBIRLARINI, «Ma'naviyat va ma'rifat» kunini TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH;
9.MATBAA ISHLARI;
10.KUTUBXONANING ELEKTRON VA BOSMA AXBOROT MAHSULOTLARINI SOTISH;
11.ME'YORIY-TEXNIK HUJJATLAR BO‘YICHA AXBOROT XIZMATLARI.










Mutaxassislar uchun


Bu oyning muhim kunlari

Sentabr
Нет данных

   Ҳурматли китобхонлар!

 Кутубхонанинг диссертациялар залида Россия Давлат кутубхонаси (РГБ) нинг диссертациялар электрон кутубхонасидан (130 мингдан ортиқ электрон диссертациялар) фойдаланиш имконияти мавжуд. ДЭКдан фойдаланиш учун Сизга администратордан: Логин ва Пароль олиш зарур бўлади (3-қават, 37-хона) 
 

 

   

  Мустақил Ўзбекистоннинг 2010 йилги муҳим ва унутилмас саналар тақвими

2010 йилнинг муҳим саналар

O’zbekiston Respublikasi yirik kutubxona va axborot-kutubxona markazlari  

 

 


   Norma.uz

©1999-2010 O`zbekiston milliy kutubxonasi.
Bizga yozing
Топ рейтинг www.uz
Developed by